İskender posho masjidi (Fotih)
Masjid | |
İskender posho masjidi | |
Mamlakat | Turkiya |
Istanbul | Fotih tumani |
Manzil | İskenderpaşa mahallasi, Sarıgüzel koʻchasi |
Koordinatalar | 41°01′00″N 28°56′52″E / 41.01667°N 28.94788°E |
Yoʻnalishi | sunniy |
Masjid turi | Masjid |
Meʼmoriy uslub | Klassik Usmonli meʼmorchiligi |
Homiylar | İskender posho |
Binokorlik sanasi | XV—XVI asrlar |
Oʻlchami | Uzunligi: 10.90 m (35.8 ft) Eni: 10.90 + 4.25 m (35.8 + 13.9 ft) |
Gumbazlar soni | 1 ta asosiy, 3 ta yon gumbazlar |
Gumbazlar soni | 1 ta asosiy, 3 ta yon gumbazlar |
Minoralar soni | 1 |
Minoralar soni | 1 |
Qurilish materiali | ashlar tosh |
Holati | amaldagi |
İskender posho masjidi (Fotih) Vikiomborda |
İskender posho masjidi (turkcha: İskender Paşa Cami) yoki Terkim Masjidi (turkcha: Terkim Mescidi) – Turkiyaning Istanbul shahri, Fotih tumanida joylashgan tarixiy masjid[1].
Manzili
[tahrir | manbasini tahrirlash]Masjid Fotih tumani, İskenderpaşa mahallasi, Sarıgüzel koʻchasida joylashgan boʻlib, 1505–1506-yillarda Mehmed II Fatih (1432–1481) davrida yashagan, Boyazid II (hukmronligi: 1481–1512-yillar) vaziri boʻlib xizmat qilgan İskender posho tomonidan vaqf qilingan.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vizening Çakallı qishlogʻida tavallud topgan Iskender Posho 1507-yilda vafot etgan, shunga koʻra masjid XV asr oxiri yoki XVI asr boshlarida qurilgan deb taxmin qilinadi. Masjid oʻzining „Terkim masjidi“ nomini oʻtmishda shu yaqin atrofda joylashgan yangicharlar kazarmasi nomidan olgan.
Masjid 1756, 1887, 1945 va 1956-yillarda bir necha bor taʼmirlangan va qayta tiklangan. 1989-yilda 360 m2 (3,900 kv ft) sonli ikki qavatli qoʻshimcha bino namoz xonasini kattalashtirish uchun qurilgan. 1999-yilgi İzmit zilzilasi minora shpilining asosiy gumbaz ustiga qulashiga, natijada gumbazning katta zarar koʻrishiga olib kelgan[2]. 2006-yilda masjidda kapital taʼmirlash va qayta tiklash ishlari olib borilgan.
Arxitekturasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Masjid hovlisiga shimol va janub tomonda joylashgan ikkita darvoza orqali kiriladi. Hovli atrofida dars xonalari joylashgan. Uning markazida esa yangi qurilgan marmar shodirvon mavjud.
4.25 m (13.9 ft) oʻlchamli portiklardan iborat ayvon bir vaqtlar shisha derazalar bilan oʻralgan yopiq joy boʻlgan. Ayvonning chap tomonida mehrob joylashgan. Masjidning kirish eshigi toʻrtburchak ramka bilan oʻralgan, tepa qismi esa marmar muqarnas bilan bezatilgan.
Masjid 10.90 m × 10.90 m (35.8 ft × 35.8 ft) oʻlchamli kvadrat rejaga ega boʻlib, gumbaz bilan qoplangan. Devorlarini qurishda toshdan foydalanilgan.
Masjidning ikki tomonida birin-ketin joylashgan ikki qator derazalar mavjud. Ikkala tomonda joylashgan ikkita pastki derazalar toʻrtburchak shaklda. Har ikki tomondagi uchta ustki derazalar biroz kemerli. Barcha derazalarga qoʻlda ishlangan bezaklar bilan ishlov berilgan boʻlib, dastlab koʻk rangga, keyinchalik uning ustidan oq rangga boʻyalgan.
Mehrob yumshoq ohaktoshdan yasalgan boʻlib, muqarnas bilan bezatilgan. Masjid minbari esa marmardan qurilgan. Gumbaz shiftining markaziy qismiga Qur’on oyatlari bitilgan, uning atrofiga esa qoʻlda ishlangan bezaklar bilan ishlov berilgan.
Masjid minorasi ayvon devorining oʻng tomoniga tutashgan boʻlib, u yerga ayvon ichida joylashgan eshik orqali kiriladi. Minoraning ostki qismida muqarnasli bitta balkon joylashgan. Oradan bir qancha vaqt oʻtgach, minoraning tepa qismi qayta tiklangan.
Naqshbandiya tariqati markazi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mehmet Zahit Kotku (1897–1980), naqshbandiya tariqatining taniqli shayxi, tasavvufning asosiy ahl as-Sunna val-Jamoa maʼnaviy yoʻnalishga eʼtiqod qilgan, masjid imomi boʻlib xizmat qilgan. Mehmet Zahit Kotku oʻz davrida masjidni va uning atrofini xalq orasida „Iskandarposho jamoati“ (turkcha: İskenderpaşa Cemaati) vakillari toʻplanishi mumkin boʻlgan joyga aylantirgan[3][4].
Kotku izdoshlari orasida Recai Kutan (1930-yilda tugʻilgan), Necmettin Erbakan (1926–2011), Turgut Özal (1927–1993), Süleyman Demirel (1924–2015) va Recep Tayyip Erdoğan (1954-yilda tugʻilgan) kabi bosh vazir va prezident sifatida xizmat qilgan taniqli siyosiy partiya rahbarlari, islomiy siyosatchilar bor edi[5][6]. Kotku Necmettin Erbakanni 1969-yilda Milliy tartib partiyasi (MNP) (turkcha: Milli Nizam Partisi) asoschisi sifatida qoʻllab-quvvatlagan. Kotku rahbarligida naqshbandiya tariqati turk siyosiy hayotida muhim oʻrin tutgan. 1971-yilgi Turkiya harbiy memorandumidan soʻng, MNP Turkiya Konstitutsiyasining dunyoviylik bilan bogʻliq moddalarini buzganligi sababli taqiqlangan edi. Partiya tarafdorlari keyinchalik 1972-yilda Milliy Najot partiyasini (MSP) (turkcha: Millî Selâmet Partisi) tuzganlar, 1974-yilda partiya parlament tarkibiga kirgan, ammo 1980-yilgi Turkiya davlat toʻntarishidan keyin yopilib ketgan.
1980-yilda Kotku vafot etgach, tariqatning markaziy tuzilmasi yemirilib, siyosatdagi kuchini yoʻqota boshlagan boʻlsa ham, masjid Naqshbandiya tariqati markazi sifatidagi mavqeini hamon saqlab kelmoqda.
Maʼlum qilinishicha, yuqori oʻrta tabaqadagi dindorlar jamoat namozlarida doimiy ishtirok etish va tariqat yoʻnalishi jamoatiga aʼzo boʻlish uchun oʻz mazhabiga mos masjidlarga yaqin joyda istiqomat qilishni maʼqul koʻradilar. Ular bunday joylarga sarmoya kiritadilar va shu sababli ham İskender posho masjidi joylashgan mahalladagi uylarning ijara va ularni sotish narxlari juda yuqori hisoblanadi[7].
-
İskender posho masjidining shodirvondan koʻrinishi
-
İskender posho masjidining yon tomondan koʻrinishi
-
İskender posho masjidining kirish qismi
-
İskender posho masjidining ichki koʻrinishi
-
İskender posho masjidi mehrobi ichki koʻrinishi
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „İskenderpaşa Camii , Fatih“ (Turkish). İstanbuldaki Camiler (2014-yil 10-sentyabr). Qaraldi: 2016-yil 14-iyun.
- ↑ „Beyazıd Camii ibadete kapandı“ (Turkish) (1999-yil 19-avgust). Qaraldi: 2016-yil 19-iyun.
- ↑ Konuralp, Okan.. „Türkiye'nin tarikat ve cemaat haritası“ (Turkish) (2006-yil 17-sentyabr). Qaraldi: 2016-yil 19-iyun.
- ↑ Atal, Nevzat; Erdal Şimşek. „Siyasetin gözde dergâhı İskenderpaşa cemaati“ (Turkish) (2006-yil 20-sentyabr). Qaraldi: 2016-yil 19-iyun.
- ↑ „Siyasete damgasını vuran tarikat“ (Turkish) (2006-yil 19-sentyabr). Qaraldi: 2016-yil 19-iyun.
- ↑ „İslami Burjuvazi Parasını Cami Manzaralı Evlere Yatırıyor!“ (Turkish) (2008-yil 12-fevral). Qaraldi: 2016-yil 19-iyun.
- ↑ Soykan, Timur.. „Nakşibendi şeyhi öldü“ (Turkish) (2001-yil 5-fevral). Qaraldi: 2016-yil 20-iyun.