Kontent qismiga oʻtish

Çamlıca masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Çamlıca masjidi
turkcha: Büyük Çamlıca Camii
Çamlıca masjidi
Mamlakat  Turkiya
Hudud Istanbul
Masjid turi Masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Usmonli meʼmorchiligi
Meʼmor Bahar Mizrak, Hayriye Gül Totu
Binokorlik sanasi 2019 yil
Gumbazlar soni 70
Gumbazlar soni 70
Gumbaz balandligi 72 m (236 ft)
Minoralar soni 6
Minoralar soni 6
Minoralar balandligi 107.1 m (351 ft)
Holati amaldagi

Katta Çamlıca masjidi (turkcha: Büyük Çamlıca Camii) – bugungi kunda Turkiyada joylashgan eng katta masjid. Bino 2019-yil 7-martda qurib bitkazilgan va foydalanishga topshirilgan[1]. Masjid Istanbulning Üsküdar tumanidagi Çamlıca tepaligida joylashgan boʻlib, shahar markazidan koʻrinib turadi. Majmua sanʼat galereyasi, kutubxona va konferensiya zalini oʻz ichiga oladi[2]. Masjid bir vaqtning oʻzida 63 000 nafargacha namozxonni (zilzila vatida 100 000 kishini) sigʻdira oladi[2].

Masjidning qurilish ishlari narxi 110 million AQSH dollarini (oʻsha paytda taxminan 550 million turk lirasi) tashkil qilgan. Çamlıca masjidining qurilish ishlarini rejalashtirish 2000-yilda boshlangan va ikki ayol meʼmor Bahar Mizrak va Hayriye Gül Totu tomonidan olib borilgan[2][3].

Masjid rasman 2019-yil 3-may kuni Turkiyaning amaldagi prezidenti Recep Tayyip Erdoğan tomonidan ochib berilgan[2]. Marosimda bir qancha xalqaro yetakchi tashkilot rahbarlari, jumladan, Senegal prezidenti Macky Sall, Gvineya prezidenti Alpha Conde, Albaniya prezidenti Ilir Meta, Falastin Bosh vaziri Mohammad Shtayyeh va boshqa xorijiy davlatlarning rasmiy vakillari ishtirok etishgan[4].

Çamlıca masjidi Istanbuldagi Ahmadiya masjidi va Adanadagi Sabancı Merkez masjididan keyin Turkiyadagi olti minorali uchinchi masjid boʻlgan.

2022-yilda Çamlıca masjidida toʻxtash joyi sifatida Üsküdardan M5 metro liniyasiga shpal qoʻshish ishlari olib borilgan.

Arxitekturasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Masjid dizayni klassik Usmonli meʼmorchiligi va Xoʻja Sinon asarlaridan ilhomlanib yaratilgan[2].

Çamlıca masjidining old koʻrinishi
Masjidning tungi koʻrinishi

Masjidning tashqi dizaynini yaratishda meʼmorlar Xoʻja Sinonning loyihalaridan ilhomlangan boʻlishlari mumkin. Masjid Istanbulning Yevropa tomonida, Bosfor boʻgʻozining narigi tomonida joylashgan Sinonning mashhur loyihalaridan biri hisoblanmish Sulaymoniya masjidiga raqobatdosh masjid sifatida bunyod etilgan[5].

72 metr balandlikda qurilgan Çamlıca masjidining bosh gumbazi Turkiyaning Istanbul shahrida yashovchi 72 millatni, 34 metrli gumbaz Istanbul shahrini ifodalaydi (34 – shaharda harakatlanuvchi avtomobillar raqami)[2][6]. Asosiy gumbazning kengligi 3,12 metr, balandligi 7,77 metr, ogʻirligi 4,5 tonnani tashkil qiladi[2]. Masjid darvozalari dunyodagi eng katta darvozalar hisoblanadi, asosiy darvozaning uzunligi 5 metr, balandligi 6,5 metr, ogʻirligi 6 tonna[2].

Dunyodagi eng katta masjid – Çamlıca masjidiga nanotexnologiya yordamida rang berilgan[2].

Çamlıca masjidining olti minorasidan ikkitasining balandligi 107,1 metr. Masjidning turistlar tomonidan yer sathida olingan surati

Çamlıca masjidining oltita minorasi mavjud[7]. Olti minoradan toʻrttasida 1071-yilda Saljuqiylarning Malazgirt jangidagi gʻalabasini ifodalovchi balandligi 107,1 metr boʻlgan uchta balkon mavjud[2]. Qolgan ikkita minora ikkita balkonga ega boʻlib, balandligi 90 metrni tashkil qiladi[2]. Minoralarning toʻrttasi markaziy gumbaz atrofida, qolgan ikkitasi esa masjidning tashqi burchaklarida joylashgan[2].

Ichki koʻrinishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Masjidning ichki qismi sodda uslubda yaratilgan[8]. Masjid Qurilish assotsiatsiyasi prezidenti Ergin Külünk masjidga tashrif buyuruvchilar bu yerdan maʼnaviy ozuqa olishlari maqsadida dizaynerlar binoning ichki dizaynini ishlab chiqishda yorugʻlik, rang, shisha, bezak va xattotlikdan foydalanganligini aytib oʻtgan[8].

Çamlıca masjidida muzey, 3500 ta mashinaga moʻljallangan yerosti avtoturargohi, sanʼat galereyasi, kutubxona, konferensiya zali va bolalar bogʻchasi mavjud[9]. Sanʼat galereyasi 3500 kvadrat metrni, kutubxona esa 3000 kvadrat metrni egallaydi[2]. Konferensiya zali 1071 kishiga moʻljallangan. Masjidda sakkizta sanʼat ustaxonasi mavjud[2].

2022-yilning aprel oyida masjid majmuasi tarkibida yangi Islom sivilizatsiyalari muzeyi ochilgan[10].

Masjid qurilishida ayol dizaynerlarning oʻrni

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Çamlıca masjidining dizayni ikki ayol meʼmor Bahar Mızrak va Hayriye Gül Totu tomonidan loyihalashtirilgan boʻlib, meʼmorlar ayollar ham bemalol foydala oladigan masjid qurishni rejalashtirishgan[11]. Qurilish rejasida ayollar uchun namozdan oldin tahorat olishlari uchun alohida joy, namozxonalarga olib boruvchi alohida lift va bolalar bogʻchasi mavjud[11]. Ayollar uchun alohida namozxona masjidning markaziy zalida joylashgan boʻlib, 600 nafargacha namozxonga moʻljallangan[11]. Bolalar bogʻchasida oʻyin maydonchasi va avtoturargoh mavjud[11]. Arxitektorlar Çamlıca masjidini ayollarga mos qilib loyihalash orqali masjidga ayollardan koʻra koʻproq erkaklar tashrif buyuradigan anʼanani oʻzgartirishga harakat qilganliklarini taʼkidlaydilar[11].

Dafn marosimlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Masjidga olomonni jalb qilgan birinchi diqqatga sazovor marosim 2019-yil 6-may kuni Kadir Mısıroğluning dafn marosimi boʻlgan[12].

2010-yillarning ikkinchi yarmida Adolat va Taraqqiyot partiyasi tomonidan boshlangan bir qancha megaloyihalardan biri sifatida Çamlıca masjidi doimiy ravishda jamoatchilik muhokamalariga sabab boʻlgan.

Kurdlarning Rudaw Media Network vakili Namo Abdulla masjidning qurilishi Turkiyadagi dunyoviylik tamoyiliga zid ekanligini daʼvo qilgan[13].

  1. „New Istanbul mosque becomes largest in Turkey“. Anadolu Agency. Qaraldi: 2020-yil 21-aprel.
  2. 2,00 2,01 2,02 2,03 2,04 2,05 2,06 2,07 2,08 2,09 2,10 2,11 2,12 2,13 „Çamlıca Mosque: The most modern complex of its kind in Turkey“. Daily Sabah (2019-yil 8-oktyabr). Qaraldi: 2020-yil 20-aprel.„Çamlıca Mosque: The most modern complex of its kind in Turkey“. Daily Sabah. 8 October 2019. Retrieved 20 April 2020.
  3. „Istanbul Camlica Mosque Second Prize Winning Proposal / SN Architects“ (en-US). ArchDaily (2012-yil 5-dekabr). Qaraldi: 2022-yil 28-may.
  4. „Erdogan opens Turkey's largest mosque in Istanbul“. Al Jazeera English (2019-yil 4-may). Qaraldi: 2019-yil 4-may.
  5. Gole, Nilufer. The Daily Lives of Muslims: Islam and public confrontation in contemporary Europe. London: Zed Books, 2017 — 20–64 bet. 
  6. „Turkey’s largest mosque opens for worship in Istanbul“. www.aa.com.tr.
  7. „Çamlıca Mosque welcomes 7 million visitors“ (en). Hürriyet Daily News. Qaraldi: 2020-yil 17-iyul.
  8. 8,0 8,1 Dixon, Emily (2019). "Some of Istanbul's mosques may carry a political message". CNN. https://edition.cnn.com/style/article/turkey-new-ottoman-mosques/index.html. Qaraldi: 20 April 2020. Çamlıca masjidi]]
  9. „Erdogan officially opens Turkey's largest mosque“. Euro News (2019-yil 4-may). Qaraldi: 2020-yil 21-aprel.
  10. „Turkey: Museum of Islamic civilisations opens in Camlica Mosque“ (en-US). The Siasat Daily (2022-yil 8-aprel). Qaraldi: 2022-yil 28-may.
  11. 11,0 11,1 11,2 11,3 11,4 „Istanbul's giant mosque to be 'women-friendly,' architects say“. Hurriyet Daily. Qaraldi: 2020-yil 21-aprel.
  12. „Kadir Mısıroğlu hayatını kaybetti (Cenazesi Çamlıca Camii'nden kaldırılacak)“. www.ntv.com.tr.
  13. Namo Abdulla. „Decline of Turkish Secularism“. Rudaw (2018-yil 17-mart). Qaraldi: 2023-yil 18-aprel.