Istanbul

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Shahar
Istanbul
İstanbul Istanbul collage 6e.jpg
Mamlakat Turkiya
Il Istanbul
Koordinatalari 41°0′36″N 28°57′37″E / 41.01000°N 28.96028°E / 41.01000; 28.96028Koordinatalari: 41°0′36″N 28°57′37″E / 41.01000°N 28.96028°E / 41.01000; 28.96028
Ichki boʻlinishi Almati, Sariarqa, Esil
Mer Qodir Toʻpbash
Asos solingan mil. av. 667
Avvalgi nomlari 330-yilgacha — Vizantiya
450-yilgacha Yangi Rim

1453-yilgacha — Konstantinopol

Maydoni 5343 km²
Markazi balandligi 100 m
Rasmiy tili turk tili
Aholisi il — 13 854 740 kishi (2012)[1]
shahar — 6 536 862 kishi (2011)[2] nafar (2012)
Zichlik 2480,9 kishi/km²
Vaqt mintaqasi UTC+2, yozda UTC+3
Telefon kodi +90 212 (Yevropa)
+90 216 (Osiyo)
Pochta indekslari 34010-34850
80000-81800
Rasmiy sayti http://www.ibb.gov.tr/
Istanbul (Turkiya)
Istanbul

Istanbul — Turkiyadagi eng katta shahar, Istanbul elining maʼmuriy markazi. Aholisi 6 536 862 kishi (2011-yil oʻrtalari). I. Marmardengizi va Bosfor boʻgʻozining past-baland sohillarida joylashgan. Boʻgʻoz shaharni ikkiga — Osiyo (kichikroq qismi) va Yevropa qismiga boʻlib turadi. Yevropa qismi Oltin Shox qoʻltigʻi sohillarida joylashgan. 1970—72 yillarda Bosfor boʻtoziga Istanbulning har ikkala qismini birlashtiradigan koʻprik qurilgan. Iqlimi subtropik oʻrta dengiz iqdimi, yanvarning oʻrtacha harorati 5,2 °C, avgustniki 23,6 °C, oʻrtacha yillik yogʻin 633 mm[3].

Tarixi[tahrir]

Istanbulga mil. av. 660 yilda Vizantii shahri sifatida asos solingan. 330-yildan Rim imperatori Konstantin nomi bilan atalgan[4][5]. 395-yilgacha Rim imperiyasi tarkibida, 395—1453 yillar Vizantiya poytaxti. 1453-yilda Istanbul turklar tasarrufiga oʻtgan va Usmonli turklar saltanatining poytaxtiga aylantirilgan; oʻsha vaqtdan shahar Istanbul deb atala boshladi. Usmonli turklar saltanatining kuchsizlanganidan foydalanib, 18-asr oxiridan Yevropa davlatlari shaharni va boʻgʻozlarnivbosib olishga harakat qilib keldilar. Turkiyaning birinchi jahon urushida harbiy qudrati kamaygach, Istanbulni Antanta davlatlarining qurolli kuchlari bosib oldi. 1923-yilda shahar bosqinchilardan ozod qilindi va oʻsha yilning oktyabrda Turkiya poytaxti Istanbuldan Anqaraga koʻchirildi.

Sanoati[tahrir]

Shahar qulay geografik oʻrinda joylashgan. Istanbul — mamlakatning muhim sanoat, savdo-moliya va madaniyat markazi. Mamlakat sanoatining 60% i Istanbulda joylashgan. Toʻqimachilik, oziq-ovqat, metallsozlik, yogʻochsozlik, elektrotexnika, kimyo, mashinasozlik, sement, koʻn poyabzal, tikuvchilik, harbiy va boshqa sanoat korxonalari, milliy va’chet el savdo firmalari, kompaniyalar, banklar, birjalar bor. Hunarmandchilik (yogʻoch, metall, teridan turli buyumlar yasaladi) rivojlangan. Turkiyadagi barcha savdo operatsiyalarining yarmi Istanbulga toʻgʻri keladi.

Transport yoʻllari[tahrir]

Istanbul — dengiz, quruqlik va havo yoʻllarining tuguni. Turkiyaning asosiy porti. Bu yerdan xalqaro kema yoʻllari oʻtgan. Temir yoʻl orqali Yevropadagi koʻpgina poytaxt shaharlar va mamlakatning ichki rayonlari bilan bogʻlangan. Bosfor boʻgʻozi orqali Istanbulning har ikki tomoniga yoʻlovchilar tashuvchi kemalar va yuk paromlari oʻtib turadi. Xalqaro aeroport bor.

Ijtimoiy soha[tahrir]

Shaharni, ayniqsa, uning qadimgi qismini 500 ga yaqin masjid, shuningdek, ibodatxonalar, saroylar, favvoralar va oʻrta asrlarda qurilgan hamda yangi davrga oid meʼmoriy inshootlar (mudofaa devorlari, ippodrom, saroylar, Ayo Sofiya ibodatxonasi, oʻrta asr masjidlari va 15—16-asr saroy binolari) bezab turadi. Shaharga turistlar koʻp keladi. 3 ta universitet, institutlar, Badiiy akademiya, Iqtisodiyot va savdo akademiyasi, muzeylar, kutubxona, opera va boshqa teatrlar bor.[6]

Manbalar[tahrir]

  1. The Results of Address Based Population Registration System, 2012. The Turkish Statistical Institute (28 января 2013 г.). Asl nusxadan arxivlandi (2013-02-01). 28 января 2013 г..
  2. Büyükşehir belediyeleri ve bağlı belediyelerin nüfusları — 2011 Население илов (провинций) и ильче (районов-муниципалитетов). ADRESE DAYALI NÜFUS KAYIT SİSTEMİ (ADNKS) VERİ TABANI. TÜRKİYE İSTATİSTİK KURUMU (Турецкий институт статистики) (2011). Asl nusxadan arxivlandi (2012-08-05). 9 May 2012.(turk.)
  3. World Weather Information Service — Istanbul
  4. (turk.) İstanbul Bölge Müdürlüğü'ne Bağlı İstasyonlarda Ölçülen Ekstrem Değerler (Extreme Values Measured in Istanbul Regional Directorate). Meteor.gov.org. Asl nusxadan arxivlandi (2012-06-23). 27 июля 2010. Page 2 Göztepe (Istanbul) Weather Station Data
  5. Extreme Temperature Records Worldwide — Istanbul
  6. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil