Firuz ogʻa masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Firuz ogʻa masjidi
turkcha: Firuz Ağa Camii
Istanbul Fotih tumani
Koordinatalar 41°00′28″N 28°58′35″E / 41.007708°N 28.976290°E / 41.007708; 28.976290 G OKoordinatalari: 41°00′28″N 28°58′35″E / 41.007708°N 28.976290°E / 41.007708; 28.976290 G O
Masjid turi Masjid
Meʼmoriy uslub Usmonli meʼmorchiligi
Binokorlik sanasi 1491 yil
Minoralar soni 1
Qurilish materiali tosh

Firuz ogʻa masjidi (turkcha: Firuz Ağa Camii) – Turkiyaning Istanbul shahri, Fotih tumanida XV asrda qurilgan Usmonli masjidi. Yodgorlik Sulton Boyazid II ning bosh xazinachisi Firuz ogʻa tomonidan bunyod etilgan[1][2]. Vafotidan keyin Firuz ogʻaning marmar sarkofagi ham masjid majmuasiga joylashtirilgan.

Manzili[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bino Istanbul shahrining tarixiy markazida, Divanyolu koʻchasida, boshqa koʻzga koʻringan, tarixiy diqqatga sazovor joylar – Ahmadiya masjidi, Sofiya ibodatxonasi va Basilica sardoni yaqinida joylashgan[3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]