Defterdar masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Defterdar masjidi
turkcha: Defterdar Camii,
Defterdar Mahmut Efendi Camii
Mamlakat  Turkiya
Istanbul Eyüp shahri
Koordinatalar 41°02′31″N 28°56′15″E / 41.042°N 28.9376°E / 41.042; 28.9376 G OKoordinatalari: 41°02′31″N 28°56′15″E / 41.042°N 28.9376°E / 41.042; 28.9376 G O
Masjid turi Masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Usmonli meʼmorchiligi klassik uslubi
Binokorlik sanasi 1542 yil
Minoralar soni 1
Holati amaldagi

Defterdar masjidi yoki Defterdar Mahmut afandi masjidi (turkcha: Defterdar Camii, Defterdar Mahmut Efendi Camii) – Istanbulning[1] Eyüp (talaffuzi: Eyup) shahrida joylashgan XVI asrga oid Usmonli masjidi.

Arxitekturasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Masjid qurilishi defterdar (bosh xazinachi) Nazli Mahmut afandi (taxminan 1500–1546) tomonidan buyurtma qilingan va 1542-yilda meʼmor Xoʻja Sinon tomonidan bunyod etilgan. Boshqa masjid gumbazlari tepasiga yarim oy shaklidagi ramziy belgi oʻrnatilib qoʻyilsa, ushbu bino gumbazining tepasida yarim oy oʻrniga masjid asoschisining kasbini ifodalagan holda „siyoh idishi va qalam“ qoʻyilgan (defterdar soʻzi defter, „daftar, roʻyxatga olish“ va -dar, „bajaruvchi“ degan maʼnoni anglatadi). Gumbazdagi siyoh va qalam 1997-yilda sodir boʻlgan boʻron tufayli buzilib ketgan. Oradan oʻn yil oʻtib, 2007-yil 30-mayda masjid gumbazining tepasiga yangi siyoh idishi va qalam oʻrnatilgan[2].

Galereya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]