Sofiya ibodatxonasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish
Aya sofya.jpg

Sofiya ibodatxonasi, Ayo Sofiya (Avliyo Sofiya) ibodatxonasiIstanbuldagi meʼmoriy yodgorlik. Vizantiya meʼmorligining buyuk mahobatli yodgorligi (532—537). Meʼmorlari trallik Anfimiy va miletlik Isidor. Sofiya ibodatxonasi tarhi 3 neflk gumbazli bazilika shaklida boʻlib, yon neflari 2 qatlamli, gumbazi yarim aylanasimon. Oʻrta nefi keng va baland, tomi ulkan gumbaz bilan qoplangan. Ibodatxona uzunligi 77 m, gumbaz diametri 31,5 m. Gumbazi 4 ustunga hamda bagʻalidagi ravoqlarga tayangan. Gumbaz asosiga 40 ta deraza ishlangan. Interyerida order tizimi (kolonnada, ravoq va boshqalar) dan foydalanilgan. Rangli marmar va koshinlar bilan serhasham bezatilgan. 6-asrda vayron boʻlgan gumbazi 1374-yilda kichik hajmda qayta tiklangan. 4 tomoniga nayzasimon minora ishlangan (16-18-asrlar). 2020-yilda qayta masjid boʻlib ochildi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]