Famagusta

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Famagusta, Amoxostos — Kiprning jan.sharqiy qismidagi shahar va port. Aholisi 37,7 ming kishi (2001). Savdo markazi. Oziq-ovqat va toʻqimachilik sanoati korxonalari mavjud. Dengizdan baliq ovlanadi. Arxeologiya yodgorliklari muzeyi bor. Shaharga miloddan avvalgi 3-asrda asos solingan va oʻsha davrda Arsinoya deb atalgan. Meʼmoriy yodgorliklaridan 14—16-asrlarda qurilgan shahar devori, gotika cherkovi, saroylar saklangan.