Sinan posho masjidi (Istanbul)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Sinan posho masjidi
turkcha: Sinan Paşa Camii
Sinan posho masjidi
Mamlakat  Turkiya
Istanbul Beşiktaş
Koordinatalar 41°02′32″N 29°00′22″E / 41.042343°N 29.006245°E / 41.042343; 29.006245 G OKoordinatalari: 41°02′32″N 29°00′22″E / 41.042343°N 29.006245°E / 41.042343; 29.006245 G O
Masjid turi Masjid
Meʼmoriy uslub Usmonlimeʼmorchiligi
Meʼmor Xoʻja Sinon
Binokorlik 1554—1555—1556
Gumbaz yoʻgʻonligi 12.6 m (41 ft)
Minoralar soni 1
Qurilish materiali muqobil qatlamli tosh va gʻisht
Holati amaldagi

Sinan posho masjidi (turkcha: Sinan Paşa Camii) – Turkiyaning Istanbul shahri, aholi zich joylashgan Beşiktaş (talaffuzi: Beshiktosh) tumanida joylashgan Usmonli masjidi. Meʼmor Xoʻja Sinon tomonidan admiral Sinan Posho uchun qurilgan. Masjid bunyod etilgan koʻchaning roʻparasida barbarossa Hayrettin poshoning maqbarasi ham joylashgan.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Masjid vazir Damat Rustam poshoning ukasi, Usmonli admirali Sinan posho tomonidan vaqf qilingan. Masjid rejasi imperiya meʼmori Xoʻja Sinon tomonidan loyihalashtirilgan. Sinan posho 1554-yilda vafot etgan, vafotidan keyin masjidni qurish ishlari boshlab yuborilgan. Masjid darvozasi ustiga arab yozuvida zarhal harflar bilan qurilish ishlari 1555-yilning noyabr–dekabr oylarida yakunlanishi qayd etilgan. Hovlidagi oq marmar favvora havzasi atrofida turk tilida oʻyib yozilgan bitikda 1555–1556-yillar qayd etilgan[1].

Arxitekturasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Masjidning old hovlisi uch tomondan madrasa bilan oʻralgan. Madrasa binosi shiyponli tom bilan yopilgan boʻlib, qisqa ustunlar tomni ushlab turadi, madrasaning sinfxonalari mavjud emas. Hovli oʻrtasida toʻrtburchak shakldagi suv ichadigan favvora joylashgan. Masjid tosh va gʻishtdan bunyod etilgan. Inshootning shimoliy tomoni dastlab qoʻshaloq ayvonga ega boʻlgan, ammo 1749-yilda besh gumbazli ichki ayvon namozxona ichiga kiritib yuborilgan. Gumbazning oʻchami 12.6 metr (41 ft)ni tashkil etadi. Masjid gumbazidagi boʻyoqlar bilan ishlangan asl bezaklar saqlanib qolmagan. Bino minbari oddiy uslubda qurilgan boʻlib, uni qurishda oq marmardan foydalanilgan[1]. Masjid hududida dastlab hammom ham mavjud boʻlgan, biroq u 1957-yilda buzib tashlangan[1].

Sinan posho masjidining dizaynini 1437-yildan 1448-yilgacha mavjud boʻlgan Edirnedagi Üç Şerefeli (Uch tabrik) masjidi bilan solishtirish mumkin. Ikkala masjid gumbazi ham oltita ark ustida joylashgan boʻlib, ikkita alohida ustunlardan iborat boʻlgan[1][2].

Galereya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 Necipoğlu 2005.
  2. Goodwin 2003.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Goodwin, Godfrey. A History of Ottoman Architecture. London: Thames & Hudson [1971], 2003. ISBN 978-0-500-27429-3. 
  • Necipoğlu, Gülru. The Age of Sinan: Architectural Culture in the Ottoman Empire. London: Reaktion Books, 2005. ISBN 978-1-86189-253-9. 

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]