Yangi masjid (Istanbul)
| Yangi masjid | |
|---|---|
| Umumiy maʼlumot | |
| Maqomi | Tarixiy obida |
| Turi | masjid |
| Shahar | Istanbul |
| Mamlakat | Turkiya |
| Qurilishi boshlangan | 1597-yil |
| Yangi masjid (Istanbul) | |
Yangi masjid (turkcha: Yeni Cami, asli nomi Volidai Sulton masjidi, turkcha: Valide Sultan Camii) va keyinchalik Yangi Volidai Sulton masjidi (turkcha: Yeni Valide Sultan Camii) – 1660–1665-yillar mobaynida qisman rekonstruksiya qilingan va qurib bitkazilgan masjid.
Turkiyaning Istanbul shahrining Eminönü kvartalida joylashgan Usmoniylar imperiyasi davrida bunyod etilgan. U Oltin shohda, Galata koʻprigining janubiy uchida joylashgan. Masjid Usmonli Imperiyasidagi Ayollar saltanati davrining namunasidir. Masjid qurilishi 1597-yilda boshlangan. Bino sulton Murod IIIning rafiqasi Safiya Sulton homiyligi asosida qurilish ishlari boshlangan. Safiya Sulton 1595-yilda Mehmed III taxtga oʻtirganidan soʻng ikki yil oʻtib, Volidai Sulton sifatida qurilish ishlarini boshlagan va shu sababli masjid nomi „Volidai Sulton masjidi“ deb nomlangan. 1603-yildan soʻng qisman qurilgan inshoot asta-sekin xarobaga aylangan va 1660-yilgi[1] Buyuk Istanbul yongʻini paytida jiddiy zarar koʻrgan, shahardagi koʻplab mahallalar vayron boʻlgan[1][2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 1 2 Baer, Marc David (2004). „The great fire of 1660 and the Islamization of Christian and Jewish space in Istanbul“. International Journal of Middle East Studies. 36-jild, № 2. 159 181-bet. doi:10.1017/s002074380436201x. JSTOR 3880030.
- ↑ „Istanbul Fire Brigade: A chronological list of major fires in the history of Istanbul“. 2013-yil 28-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 27-dekabr.
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |