Kontent qismiga oʻtish

Yovuz Salim masjidi

Koordinatalari: 41°01′35.6″N 28°57′4.8″E / 41.026556°N 28.951333°E / 41.026556; 28.951333
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Yovuz Salim masjidi
turkcha: Yavuz Selim Camii
Mamlakat  Turkiya
Koordinatalar 41°01′35.6″N 28°57′4.8″E / 41.026556°N 28.951333°E / 41.026556; 28.951333
Yoʻnalishi sunniy
Masjid turi Masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Binokorlik 1520—1521—1527—1528
Balandligi 32.5 m (107 ft)
Minoralar soni 2
Minoralar soni 2
Minoralar balandligi 45 m (148 ft)?
Qurilish materiali ashlar, granit, marmar
Holati amaldagi

Yovuz Salim masjidi, shuningdek, Salim I masjidi yoki Yovuz Sulton Salim masjidi (turkcha: Yavuz Selim Camii) – XVI asrga oid Usmonli masjidi, Turkiyaning Istanbul shahri 5-tepaligida, Çukurbostan (talaffuzi: Chuqurboʻston) mahallasida, Oltin shox tomonga qaragan holda bunyod etilgan. Masjid kattaligi va geografik joylashuvi jihatidan Istanbuldagi eng diqqatga sazovor joylardan biri hisoblanadi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yovuz Salim masjidi Istanbuldagi ikkinchi eng qadimgi Usmonli masjididir. Bino meʼmor Alouddin (Acem Alisi) tomonidan Usmonli sultonlaridan biri Sulaymon I topshirigʻiga koʻra 1520-yilda vafot etgan Salim I xotirasiga bagʻishlab qurilgan[1]. Inshoot 1527–1528-yillarda qurib bitkazilgan. Masjid qurilishida Xoʻja Sinonning meʼmorchilik uslublaridan foydalanishga urinilgan degan taxminlar mavjud, ammo ushbu maʼlumotni tasdiqlovchi manbalar mavjud emas. Biroq masjid bogʻidagi maqbaralardan biri aynan meʼmor Xoʻja Sinonning loyihasi hisoblanadi.

Arxitekturasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tashqi koʻrinishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Masjid Konstantinopoldagi uchta Rim suv omborlarining eng kattasi boʻlgan Aspar sardoniga qarovchi terassada bunyod etilgan. Katta hovlida (avlu) har xil turdagi marmar va granitdan ishlangan ustunli ayvon mavjud. Masjidda, shuningdek, turli bezaklar bilan ishlov berilgan rangli, koshinli panellar ham mavjud boʻlib, ular Usmonli saroyida ishlaydigan bir guruh eronlik hunarmandlar tomonidan ishlangan[2]. Masjidning yon tomonida esa egizak minoralar mavjud.

Ichki koʻrinishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Masjidning ichki qismi tomonlari 24.5 metr (80 ft) boʻlgan oddiy kvadrat shaklidagi xonalardan iborat boʻlib, balandligi 32.5 metr (107 ft)ni tashkil qiladi, yuqori qismi gumbaz bilan qoplangan[3]. Asosiy xonaning shimoliy va janubiy qismlarida joylashgan gumbazli yoʻlaklar toʻrtta kichik gumbazli xonalarga olib boradi, ular sayohatchi darvishlar uchun hospis sifatida xizmat qilishi kerak boʻlgan.

Qabrlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Masjid orqasidagi bogʻda, Oltin shoxga qaragan ushbu hududda 1523-yilda qurib bitkazilgan sulton Salim I ning maqbarasi joylashgan. Bino tashqi tomondan sakkiz burchakli boʻlib, ayvon qismi oʻziga xos dizayndagi kafel panellari bilan bezatilgan[3].

Ikkinchi sakkiz qirrali, tashqi qismidagi toshga oʻyilgan uzun yozuvli maqbarada Sulaymon I ning toʻrt nafar farzandi qabri joylashgan. Maqbaralar Xoʻja Sinon tomonidan bunyod etilgan boʻlib, qurilish davri 1556-yilga toʻgʻri keladi. Bogʻdagi uchinchi maqbara 1861-yilda Sulton Abdulmajid I ning vafotidan biroz oldin qurilgan.

Galereya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Necipoğlu 2005.
  2. Necipoğlu 1990.
  3. 3,0 3,1 Goodwin 2003.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]