Kontent qismiga oʻtish

Rum Mehmed posho masjidi

Koordinatalari: 41°01′29″N 29°00′39″E / 41.024651°N 29.010859°E / 41.024651; 29.010859
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Rum Mehmed posho masjidi
turkcha: Rum Mehmet Paşa Camii
Mamlakat  Turkiya
Istanbul Üsküdar tumani
Koordinatalar 41°01′29″N 29°00′39″E / 41.024651°N 29.010859°E / 41.024651; 29.010859
Masjid turi masjid
Meʼmoriy uslub Usmonli meʼmorchiligi
Vizantiya meʼmorchiligi
Binokorlik 14691471
Minoralar soni 1
Minoralar soni 1

Rum Mehmed posho masjidi (turkcha: Rum Mehmet Paşa Camii) – Turkiyaning Istanbul shahridagi katta va aholi zich joylashgan Üsküdar (talaffuzi: Uskudar) tumanida joylashgan eski Usmonli masjidi.

Rum Mehmed posho masjidi Bosfor boʻgʻozi qirgʻogʻiga va Üsküdar tumanida joylashgan Şemsi posho, Yeni Valide va Mihrimah Sulton tarixiy masjidlariga yaqin hududda joylashgan. Yodgorlik Sharqiy Rim imperiyasining bosib olinishi va qulashi ortidan Usmonli imperiyasi davrida Osiyoda (Anadolu) qurilgan ilk masjid hisoblanadi[1].

Masjid 1471-yilda asli yunon millatiga mansub boʻlgan vazir Rum Mehmed Posho uchun qurilgan. Masjidni qurishda tosh va gʻishtdan foydalanilgan boʻlib, yodgorlik Usmonli va Vizantiya meʼmoriy elementlarni oʻzida mujassam etgan.

Rum Mehmed posho masjidi 1953-yilda qayta tiklangan.

  1. „Rumi Mehmet Paşa Cami İbadete Yeniden Açıldı“ (tr). erolkara.net Bilmek Gerek. 2023-yil 1-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 11-avgust.