Artilleriya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Artilleriya (frans. artillere – tayyorlamoq, shaylamoq) – 1) qo‘shin turi; 2) qurollar turi; 3) artilleriya qurollari haqidagi fan.Dengiz, havo va quruqlikdagi A.ga bo‘linadi. Dengiz A.si o‘z navbatida qirg‘oq va kema A.siga, havo A.si bal-listik va taktik xususiyatiga ko‘ra zam-barak, gaubitsa, tankka karshi minomyot, reaktiv va zenit (havo) A.ga bo‘linadi. Quruqlikdagi A. yer usti, zenit va max-sus A.ga ajratiladi. Yer usti A.si yerdagi kuchlarga qarshi jang qilish uchun, zenit A.si esa samolyotlarga va (ba’zan) yerdagi kuchlarga qarshi o‘t ochish uchun ishlatiladi. Maxsus A. asosan reaktiv qurollarga qarshi qo‘llaniladi. A. to‘plarining ka-librlari 20 dan 400 mm gacha va undan katta, ogirligi bir necha kg dan o‘nlab va yuzlab t gacha bo‘lishi mumkin. Ballistik xususiyatiga kura A. qurollari nishonga to‘g‘ri otuvchi (pushka) va qiyalatib otuvchi tuplar (minomyot, gaubitsa va morgiralar)ga ajratiladi.A. fan sifatida A. qurollarining tuzilishi, ulardan foydalanish, ularni loyihalash, ishlab chiqarish, jangda ishlatish 652haqidagi ilmlarni o‘z ichiga oladi. A. ko‘p ayerli tarixga ega. Qadim za-monda Xitoy, Yevropada tosh otadigan (irg‘itadigan) mashinalar bo‘lgan. Amir Temur qal’alarni zabt etishda tosh ota-digan ana shunday mashinalar (palaxmonlar)dan, Bobur Hindistonni zabt etishda borund (porox) bilan ishlaydigan "to‘fak" dan foydalangan. Otish uchun arablar po-roxdan foydalana boshlashgach (14-asr), A. davri boshlanadi. Dastlabki to‘plar yog‘och taglikka o‘rnatilgan temir karnay shaklida bo‘lib, o‘q sifatida temir, tosh parchalari ishlatilgan. Keyinroq (15-asr) to‘plar mis va jezdan quyila boshlandi. A. texnikasi mukammallashdi, faqat qamal va himoya uchungina emas, balki dala janglarida ham ishlatila boshlandi. A. piyoda askarlarga yordam beruvchi mustaqil qo‘shin turiga aylandi. Tutun-siz poroxlarning qo‘llanilishi, stvol va sna-ryadlarning uzaytirilishi, to‘pning o‘q otish vaqtida orqaga tepishiga chek qo‘yish A.ga tez va uzoqqa otish imko-nini berdi. O‘t ochishga tayyorgarlik, nishonga to‘g‘rilash va o‘q uzish jarayonlarining mexaniqlashtirilishi A.ning yuksak operativ-taktik tezkorligini ta’minladi.A.ning so‘nggi taraqqiyoti reaktiv va atom A.sini yaratish va takomillashti-rishdan iborat. O‘zbekiston qurolli kuchlarida ham A.ning ahamiyati katta.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil