Kontent qismiga oʻtish

Oksford universiteti nashriyoti

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Oxford University Pressdan yoʻnaltirildi)

Oksford universiteti nashriyoti (inglizcha: Oxford University Press) — Oksford universitetiga qarashli nashriyot boʻlib, uning kelib chiqish tarixi 1480-yillarga borib taqaladi. 1586-yildagi farmon bilan rasman kitob chop etish huquqi berilgan[1], Kembrij universiteti nashriyotidan keyin dunyodagi ikkinchi eng qadimgi universitet nashriyotidir[2][3][4].

Bu Oksford universitetiga tegishli boʻlib, Oksford universiteti prorektori tomonidan tayinlanadigan Matbuot delegatlari deb nomlanuvchi 15 nafar akademikdan iborat guruh tomonidan boshqariladi. Nashriyot delegatlar kotibi tomonidan boshqariladi ,Oksford universitetining nashriyoti bosh ijrochi direktori va boshqa universitet organlarida asosiy vakili sifatida ishtirok etadi. Oksford universiteti nashriyoti ushbu boshqaruv tuzilmasidan XVII asrdan boshlab foydalanib keladi[5]. Nashriyot Oksford shahrining Uolton koʻchasida joylashgan.

Soʻnggi 500 yil davomida nashriyot birinchi navbatda pedagogik sohaga doir matnlarni nashr etishga eʼtibor qaratadi va hozirgi kunda akademik jurnallar, lugʻatlar, ingliz tilidagi manbalar, bibliografiyalar, indologiya, musiqa, klassika, adabiyot, tarix, shuningdek Injil boʻyicha kitoblar va atlaslarni nashr etish orqali ushbu anʼanani davom ettirmoqda. Nashriyot dunyoning koʻplab mamlakatlarida ofislarga ega, asosan oʻtmishda Britaniya imperiyasining (jumladan Hindiston hamda Qoʻshma Shtatlar) bir qismi boʻlgan joylarda ofislari joylashgan.

Bishop Fell tomonidan toʻplangan kasting turi uchun matritsalar, hozir OUP muzeyidagi „Fell Types“ deb nomlanuvchi toʻplamining bir qismi

Oksford universiteti taxminan 1480-yillarda chop etishni boshlagan va Injil, diniy kitoblar va ilmiy asarlarning asosiy nashr etuvchisiga aylandi[6]. Oksford kansleri, arxiyepiskop Uilyam Laud 1630-yillarda universitet bosmaxonasining huquqiy maqomini mustahkamlanishiga sabab boʻladi va Charlz Iga Stationers' Company va Kingʻs Printer bilan raqobatlashish uchun Oksfordga huquqlarni soʻrab murojaat qildi. U ketma-ket qirollik grantlarini qoʻlga kiritadi va 1636-yilda Oksfordning „Buyuk Xartiyasi“ (Great Charter) universitetga „har xil turdagi kitoblarni“ chop etish huquqini berdi[7]. Laud, shuningdek, Oksfordda Qirol Jeyms yoki Muqaddas Bitikning ruxsat etilgan versiyasini chop etish ruxsatni oladi[8]. Bu „imtiyoz“ keyingi 250 yil ichida nashriyotga katta daromad keltirdi[9].

Angliyadagi fuqarolar urushidan soʻng, Christ Church dekani, vitse-kansler Jon Fell, Oksford episkopi va delegatlar kotibi 1668-yilda bosma mashinalarni oʻrnatishga qaror qildi va bu universitetning birinchi markaziy bosmaxonasi edi[10]. 1674-yilda OUP Oksford Almanak deb nomlanuvchi keng jadvalli kalendarni chop qila boshladi, u Fell davridan to hozirgi kungacha har yili uzluksiz ishlab chiqariladi[11]. Fell chop etishni tashkillashtirish maqsadida birinchi rasmiy dasturni tuzdi, unda yuzlab asarlar, shu jumladan yunon tilidagi Injil, Kopt Injillari nashrlari va Church Fathersning asarlari, arab va suriy tilidagi matnlar, klassik falsafa, sheʼriyat, matematika, keng koʻlamli oʻrta asr allomalari, shuningdek, „hasharotlar tarixi, hozirgacha mavjud boʻlganlardan koʻra mukammalroq“[12] kabilarni chop etadi.

Uolton koʻchasidagi Oksford universiteti matbuot binosi

Umuman olganda, XVIII asr boshlarini matbuotning kengayishi toʻxtab qolgan davr sifatida taʼriflash mumkin. Bunga Fellning boshqaruvdan ketganligini sabab qilib koʻrsatish mumkin. Ushbu vaziyat Uilyam Blekstounning aralashuvi tufayli oʻzgardi. Nashriyotning xaotik holatini xushlamagan va vitse-kansler Jorj Xaddesfordga qarshi boʻlgan Blekstoun delegatlarning vakolatlari va majburiyatlarini qatʼiy belgilab beradigan, ularning muhokamasi va hisobini rasman qayd etadigan va bosmaxonani ishdan boʻshatish uchun keng qamrovli islohotlar oʻtkazishga chaqirdi[13]. Shunga qaramay, Randolf bu taklifni eʼtiborsiz qoldirdi va Blekstoun qonuniy harakatlar bilan tahdid qilgandan keyingina oʻzgarishlar boshlandi. Universitetda 1760-yilga kelib Blekstounning barcha islohotlarini tadbiq etish boshlandi[14].

Bugungi kunda Nyu-York shahridagi Shimoliy Amerika filiali AQShda Oksford Injillarini sotishning asosiy boʻlimlaridan biridir. Shuningdek, Makmillanning barcha kitoblarini marketing bilan ham shugʻullanadi. 2021-yil oxiriga kelib OUPning AQShdagi filiali oʻn sakkizta turdagi Pulitser mukofotiga sazovor boʻlgan kitoblarni nashr etdi[15]. 2020-yil iyul oyida, COVID-19 pandemiyasi paytida uning High Streetdagi kitob doʻkoni yopildi. 2021-yil 27-avgustda OUP uning bosma boʻlimi Oxuniprintni yopdi. Ushbu voqea OUPning koʻp asrlik bosib chiqarish tarixining „yakuniy bobini“ edi[16].

Oksford inglizcha lugʻatining yigirma jildidan ettitasi (ikkinchi nashr, 1989)

Oksford universiteti nashriyoti turli xildagi lugʻatlarni (masalan Oksford inglizcha lugʻati, qisqaroq Oksford inglizcha lugʻati, ixcham Oksford inglizcha lugʻati, Oksford inglizcha lugʻatining ixcham nashrlari, zamonaviy ingliz tilining ixcham Oksford inglizcha lugʻati, qisqa Oksford inglizcha lugʻati, Oksford marketing lugʻati, Oksford ilgʻor oʻrganuvchilar lugʻati, ingliz tili ikkinchi yoki chet tili sifatida (misol uchun Letʼs Go), ingliz tili imtihonlari (misol uchun Oksford ingliz tilidan test), bibliografiyalar (misol uchun Oxford Bibliographies Online[17]), musiqa, klassika, adabiyot, tarix, Injil va atlaslarga oid kitoblarni nashr etadi.

Klarendon stipendiyalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2001-yildan beri Oksford universiteti nashriyoti Oksford universiteti bitiruvchilari uchun Klarendon stipendiyasini moliyaviy qoʻllab-quvvatlaydi[18].

  1. „A Short History of Oxford University Press“. Oxford University Press. Oxford University Press. Qaraldi: 2022-yil 29-aprel.
  2. Balter, Michael. „400 Years Later, Oxford Press Thrives“. The New York Times (1994-yil 16-fevral). Qaraldi: 2011-yil 28-iyun.
  3. „About Oxford University Press“. OUP Academic. Qaraldi: 2018-yil 3-avgust.
  4. „A Brief History of the Press“. Cambridge University Press. Qaraldi: 2018-yil 3-avgust.
  5. Carter p. 137
  6. Carter, passim
  7. Sutcliffe p. xiv
  8. Carter ch. 3
  9. Barker p. 11
  10. Carter ch. 5
  11. Barker p. 22
  12. Carter p. 63
  13. I. G. Phillip, William Blackstone and the Reform of the Oxford University Press (Oxford, 1957) pp. 45–72
  14. Carter, ch. 21
  15. „OUP Major Book Awards“. OUP Academic. Oxford University Press. Qaraldi: 2022-yil 6-fevral.
  16. Flood, Alison. „Oxford University Press to end centuries of tradition by closing its printing arm“. The Guardian (2021-yil 9-iyun). Qaraldi: 2021-yil 9-iyun.
  17. „About“. Oxfordbibliographies.com.
  18. „History of the Clarendon Fund“. University of Oxford. Qaraldi: 2018-yil 12-fevral.