Şemsi posho masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Şemsi posho masjidi
turkcha: Şemsi Paşa Camii,
Chamsi-Pasha
Şemsi posho masjidi
Mamlakat  Turkiya
Istanbul Üsküdar tumani
Koordinatalar 41°01′33″N 29°00′41″E / 41.02583°N 29.01139°E / 41.02583; 29.01139 G OKoordinatalari: 41°01′33″N 29°00′41″E / 41.02583°N 29.01139°E / 41.02583; 29.01139 G O
Yoʻnalishi sunniy
Masjid turi Masjid
Meʼmoriy uslub Usmonli meʼmorchiligi
Meʼmor Xoʻja Sinon
Binokorlik 15801581
Gumbaz yoʻgʻonligi 8.2 m (27 ft)
Minoralar soni 1
Qurilish materiali granit, marmar, koshinlar
Masjidning kirish qismi
Madrasa

Şemsi posho masjidi (turkcha: Şemsi Paşa Camii, shuningdek, Chamsi-Pasha deb ham ataladi) – Turkiyaning Istanbul shahridagi yirik va aholi zich joylashgan Üsküdar tumanida joylashgan Usmonli masjidi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Şemsi posho masjidi Usmonli imperiyasi meʼmori Xoʻja Sinon tomonidan Şemsi posho uchun loyihalashtirilgan. Masjid Xoʻja Sinonning Istanbuldagi eng kichik loyihalaridan biri boʻlsa-da, masjidda ishlangan miniatyura tasvirlarining oʻlchamlari va dengiz boʻyidagi goʻzal joylashuvi binoni shahardagi eng jozibali masjidlardan biriga aylantirgan. Shuningdek, yodgorlik Xoʻja Sinoning meʼmorchilik uslublarini tabiat bilan uygʻunlashtirgan holda yaratgan mashhur namunalaridan biridir.

Arxitekturasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Majmua Bosfor boʻgʻozining sharqiy qismidan gʻarbga tomon yoʻnaltirilgan holda bunyod etilgan. Bosfor boʻgʻoziga qarab turuvchi bogʻ ikki tomondan madrasa bilan oʻralgan boʻlib, bogʻning boshqa tomonlarida masjid hamda dengiz devori joylashgan. Masjidni oʻrab turgan kattaroq majmua Üsküdar qirgʻogʻida joylashgan boʻlib, ushbu bino ham saroy meʼmori Xoʻja Sinon tomonidan qurilgan. Masjid portali ustidagi yozuvlarga koʻra, majmuaning qurilish ishlari 1580-yilda yakunlangan. 1940-yilda arxitektor Süreyya Yücel boshchiligidagi Diniy Vaqflar Bosh boshqarmasi tomonidan keng qamrovli restavratsiya loyihasi amalga oshirilgan. Majmuaning ikkita darvozasi mavjud boʻlib, biri quruqlikka, ikkinchisi dengizga qaragan, quruqlik darvozasi sharqiy hududni egallagan hamda masjidning qibla devori ortidagi devor bilan oʻralgan xususiy qabristonga qaragan holda bunyod etilgan.

Dengiz devori boʻylab masjid va madrasa joylashgan hovliga olib boruvchi darvoza joylashgan. Qabriston devori boʻylab sharqdagi ikkinchi darajali darvoza ham tor yoʻlak orqali shu hovliga olib boradi. Namoz zalini shimoli-gʻarbiy va janubi-gʻarbiy tomondan masjid ayvoni oʻrab turadi. Ayvon ham, arkada ham shiyponli tomlar bilan qoplangan boʻlib, ularni ustunlar koʻtarib turadi. Masjid portigi 1940-yildagi restavratsiya paytida qayta qurilgan. Uning tepasiga namozxonaning janubi-gʻarbiy burchagiga tutashgan bitta balkonli yagona minora koʻtarilgan. Shimoli-gʻarbiy devoridagi marmar portal orqali kirilgan namoz oʻqish zali diametri sakkiz metrga teng boʻlgan yagona gumbaz bilan oʻralgan. Namoz oʻqish zalida toʻqqizta derazalar mavjud. Oddiy uslubda qurilgan marmar mehrob muqarnas bilan bezatilgan.

Mavzoley namoz oʻqish zaliga biriktirilgan boʻlib, unga shimoli-gʻarbiy tomondan kiriladi. Mavzoleyning Bosfor boʻgʻoziga qarovchi uchta derazasi, shuningdek, rangli oynalar bilan bezatilgan devor ustida joylashgan toʻqqizta ustki derazalari mavjud. Binoni bezatishda portal qismidagi stalaktit oʻymakorligidan hamda boʻyalgan gul va geometrik naqshlardan foydalanilgan. Portal yozuvlari yoʻqolib ketgan boʻlsa-da, namoz oʻqish zalidagi yozuvli lavhalar saqlanib qolgan. Qabr masjid va majmua kabi kesilgan toshlardan qurilgan. L shaklidagi madrasa oʻn ikkita gumbazli hujra va katta sinfxonasidan iborat boʻlib, ularning hammasi arkada bilan, tom qismi esa oʻn toʻqqizta ustun bilan qoplangan. Madrasa hujralari bir qatorda joylashgan. Yetti metr kvadrat oʻlchamli darsxona gʻarbiy qismning markazini egallagan va madrasa devorining orqasida joylashgan. Sinfxonaning uchta devorida oltita deraza mavjud boʻlib, gʻarbiy devorda oʻchoq va ikkita tokcha uchun joy qoldirilgan. Har bir madrasa hujrasida ikkitadan deraza, oʻchoq va bir yoki ikkita tokchali chuqurchalar bor. Qayta tiklashdan soʻng arkada kengaytirilgan va madrasa 1953-yilda kutubxona sifatida qayta taʼmirlangan. Oʻquv zali sifatida sinfxonadan foydalanilgan.

Galereya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Egli, Hans G. 1997. Sinan: An Interpretation. Istanbul: Ege Yayınları, 138–140.
  • Kuran, Aptullah. 1986. Mimar Sinan. Istanbul: Hürriyet Vakıf Yayınları, 193–196.
  • Gültekin, Gülbin. 1994. „Semsi Pasa Külliyesi.“ In Dünden Bugüne Istanbul Ansiklopedisi. Istanbul: Tarih Vakfi, VII, 158–159.
  • Necipoglu, Gülru. 2005. The Age of Sinan: Architectural Culture in the Ottoman Empire. London: Reaktion Books, 452–498.
  • Sözen, Metin. 1988. Sinan: Architect of the Ages. Istanbul: Turkish Ministry of Culture and Tourism, 312–315.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]