Piyale posho masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Piyale posho masjidi
turkcha: Piyale Paşa Camii
usmonli turkcha: پیاله پاشا جامع
Cornelius Gurlitt tomonidan 1912-yilda nashr etilgan masjidning kesmalari va rejasi
Mamlakat  Turkiya
Istanbul Beyoğlu tumani, Kasımpaşa mahallasi
Koordinatalar 41°02′48″N 28°57′58″E / 41.0466°N 28.966°E / 41.0466; 28.966 G OKoordinatalari: 41°02′48″N 28°57′58″E / 41.0466°N 28.966°E / 41.0466; 28.966 G O
Yoʻnalishi sunniy
Masjid turi Masjid
Meʼmoriy uslub Usmonli meʼmorchiligi
Meʼmor Xoʻja Sinon
Binokorlik 15651573
Oʻlchami uzunligi: 30.5 m (100 ft) (namozxona)
eni:19.5 m (64 ft)
Gumbazlar soni 6
Gumbaz yoʻgʻonligi tashqi qismi: 22.2 m (73 ft)
ichki qismi: 9.1 m (30 ft)
Minoralar soni 1

Piyale posho masjidi (usmonli turkcha: پیاله پاشا جامع, turkcha: Piyale Paşa Camii) – Tersane masjidi (soʻzma-soʻz: kemasozlik masjidi) nomi bilan ham tanilgan XVI asrga oid Usmonli masjidi. Bino Turkiyaning Istanbul shahri, Beyoğlu tumani, Kasımpaşa mahallasida joylashgan.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Piyale posho masjidi Usmonli imperiyasi meʼmori Xoʻja Sinon tomonidan vazir va buyuk admiral Piyale Mehmed poshoga atab bunyod etilgan. Masjid qurilishi 1565–1573-yillarda amalga oshirilgan[1].

Arxitekturasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Masjiddan keltirilgan boʻlishi mumkin boʻlgan Iznik koshinlar

Xoʻja Sinon tomonidan loyihalashtirilgan boshqa masjidlardan farqli oʻlaroq, Piyale posho masjidi oltita bir xil gumbazdan iborat boʻlib, har birining diametri taxminan 9 m (30 ft)ga teng. Istanbulda ana shunday bir nechta gumbazga ega boʻlgan ikkinchi masjid Vasat Atik Ali posho masjidi hisoblanadi. Gumbazlar namozxona markazida bir juft nozik granit ustunlar bilan mustahkamlangan[1]. Masjid minorasi qiblaga qaragan devorlar bilan oʻralgan markaziy qismda bunyod etilgan boʻlib, XIX asrning oʻrtalarida qayta qurilgan. Bino ichki makonining uchta devori atrofida och koʻkish fonda sulus yozuvida oq rangda ishlangan Iznik koshinlari mavjud. Masjidning ichki devorlari dastlab turli bezaklar bilan bezatilgan, ammo keyinchalik oq rangga boʻyalgan. Qibla devorining derazalaridagi vitrajlar masjid dastlab qurilgan paytda mavjud boʻlmagan[1].

Masjidning shimoli-gʻarbida joylashgan gumbazli va sakkiz burchakli maqbarada Piyale posho hamda uning oʻgʻil-qizlari qabri joylashgan. Maqbarada hammasi boʻlib oʻn uchta sarkofag bor. Poshoning rafiqasi Gevherxon Sulton (Selim II ning qizi) erining vafotidan keyin yana turmushga chiqqan va Sofiya ibodatxonasi yonidagi Selim II maqbarasiga dafn etilgan[1].

Parijdagi Louvre[2][3], Lissabondagi Kalouste Gulbenkian[4][lower-alpha 1] hamda Londondagi Viktoriya va Albert muzeyida bir qancha yarim oy shaklidagi bezaklar mavjud[6] boʻlib, ular XIX asrda Piyale posho masjididan olib ketilgan deb taxmin qilinadi[7]. Bezaklar derazalarning pastki qatori yuqori qismida joylashgan boʻlgan. Yana bir ehtimolga koʻra, ushbu bezaklar masjid bilan bogʻliq boʻlgan, keyinchalik vayron qilingan kioskdan olib kelingan[8]. Yarim oy shaklidagi ikkita bezaklar hamda mehrobdan keltirilgan boʻlishi mumkin boʻlgan bir juft koshinlar 2004-yilda Christie kim oshdi savdosida sotilgan[9][10].

Galereya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Eslatmalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. The Calouste Gulbenkian Museum owns a second panel that is not on display.[5]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 Necipoğlu 2005.
  2. Inv. no. OA 7508, Paris: Musée du Louvre, qaraldi: 10 February 2012.
  3. Inv. no. OA 7509, Paris: Musée du Louvre, qaraldi: 10 February 2012.
  4. Inv. no. 1598B, Lisbon: Museu Calouste Gulbenkian, 2015-04-02da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 12 January 2015.
  5. Queiroz Ribeiro 2009, s. 108.
  6. Inv. no. 1889:1 to 16-1897, London: Victoria and Albert Museum, qaraldi: 10 February 2012.
  7. Denny 2004.
  8. Denny 2005.
  9. Sale 6895 Lot 326: Two Iznik polychrome pottery tiles, London: Christie’s auction house, 27 April 2004, qaraldi: 10 February 2012.
  10. Sale 6895 Lot 241: Two Iznik pottery half tiles, London: Christie’s auction house, 27 April 2004, qaraldi: 10 February 2012.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]