Albert Camus

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Камю, Альберdan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search
Alber Kamyu
Tugʻilishi 7-noyabr 1913-yil(1913-11-07)
Mondovi, Jazoir
Vafoti 4-yanvar 1960-yil(1960-01-04)
(46 yoshda)
Villeblevin, Fransiya
Bilimi Absurdizm
Nobel prize medal.svg Adabiyot boʻyicha Nobel mukofoti (1957)
Qiziqishi Etika, Inson tabiati, Adolat, Sevgi, Siyosat
Koʻrsatgan taʼsirlari Fyodor Dostoyevski, Franz Kafka, Søren Kierkegaard, Herman Melville, Friedrich Nietzsche, Jan-Pol Sartr, Simone Weil
Olgan taʼsirlari Michael Novak, Thomas Merton, Jacques Monod, Jan-Pol Sartr
Mashhur fikrlari

"Absurd birinchi haqiqatdir"
"Doimo juda uzoqqa borgil, zero oʻsha yerdagina haqiqatni topasan."

"Isyon qilaman; demak mavjudman."

Albert Camus (talaffuzi: Alber Kamyu) (7-noyabr, 19134-yanvar, 1960) fransuz adibi va faylasufi boʻlgan. Ekzistensializmga oid deb qaralsa-da, Kamyu biror maktab yoki gʻoyaga tegishli boʻlgandan koʻra mustaqil mutafakkir boʻlishni afzal koʻrgan. U shaxsni gʻoyadan ustun qoʻygan. 1945 yilda bergan intervyusida Kamyu shunday degan: “Yoʻq, men ekzistensialist emasman. Sartre va men ismlarimizni yonma-yon koʻrishdan doimo taajjubda boʻlamiz....” (Les Nouvelles litteraires, 15 noyabr, 1945). Ikkinchi jahon urushi yillaridagi Qarshilik harakati qatnashchisi bo'lgan. Ijodiy faoliyati 1937 yildan boshlangan. "Begona" (1942) qissasi, "Sizif haqida asotir" (1942) falsafiy ocherki, "Anglashilmovchilik" (1944) va "Kaligula" (1945) dramalari — inson hayotining maʼnosi toʻgʻrisidagi oʻylardan iborat. "Vabo" (1947) roman-ramziy hikoyasi Qarshilik harakati haqida. Asarlari adabiyot va falsafani yana ham bir - biriga yaqinlashtirgan. Kamyu "Isyonkor odam" (1951) falsafiy ocherki, "Tubanlashuv" (1956) qissasi, "Saltanat va surgun" (1957), "Shved nutqi" (1958) kabi hikoyalar toʻplami muallifi. Nobel mukofoti laureati (1957). "Begona" qissasi va "Vabo" romani Ahmad Aʼzam tomonidan oʻzbek tiliga tarjima qilingan (1995).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
VikiIqtibos
Vikiiqtibosda
Albert Camus haqida sahifa mavjud.