Franz Kafka
Franz Kafka | |
![]() | |
Tavallud sanasi: | 3-iyul 1883-yil |
---|---|
Tavallud joyi: | Praga, Avstro-Vengriya |
Vafot sanasi: | 3-iyun 1924-yil (40 yoshda) |
Vafot joyi: | Vena, Avstriya |
Fuqarolik: | Avstro-Vengriya |
Kasb: | |
Faoliyat: | romannavis, hikoyanavis, sugʻurtachi |
Yoʻnalish: | modernizm |
Janr: | roman, qisqa proza |
Magnum opus: | "Jarayon" "Kuzatish" "Qoʻrgʻon" |
Franz Kafka (talaffuzi: Frans Kafka, 1883, Praga, Avstriya-Vengriya imperiyasi — 1924 Vena, Avstriya) — XX asrning nemis tilida ijod qiluvchi asosiy yozuvchilaridan biri, uning ishlarining koʻp qismi oʻlimidan keyin chop etilgan. Ijodini 1909-yilda hikoyalar yozishdan boshlagan. „Kuzatish“ (1913) hikoyalar toʻplami, „Hukm“, „Goʻloh“ (1913), „Oʻzgarish“ (1916) hikoyalari alohida nashr etilgan. Birinchi jahon urushidan soʻng Kafka „Axloq tuzatish koloniyasida“ (hikoya, 1919), „Qishloq shifokori“ (1919), „Yoʻqsil“ (1924) toʻplamlarini nashr etdi. Kafkani dunyoga mashqur qilgan „Amerika“ (tugallanmagan, 1914), „Jarayon“ (1915), „Qoʻrgʻon“ (1922) romanlari, „Xitoy devori qurilishida“ (1931) va boshqa hikoyalar toʻplami muallifning vafotidan soʻng eʼlon qilingan. Kafka asarlarida voqealarning mubolagʻali va ramziy tasvirlari orqali insonning nodonlik va jaholat qarshisidagi fojiaviy ojizligi aks ettirilgan. Ularda qonun va inson, nur va zulmat mavhumlik holatida berilgan, bu holatdan qutilishning iloji topilmaydi. Ijodi 20-asr Gʻarb adabiyotiga kuchli taʼsir koʻrsatgan (qarang: Ekspressionizm, Modernizm). „Otamga xat“ (Vafo Fayzullo tarjimasi, 2001), „Evrilish“, „Ochlik sanʼati“ va boshqa asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan.[1]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- The Kafka Project (ingl.)
- Kafka Project (ingl.)
- Franz Kafka Online — Franz Kafkaning hayoti va ijodi (ingl.)
- www.kafka.ru (rus.)
![]() |
Wikimedia Commonsda Franz Kafka mavzusiga oid fayllar bor. |
![]() |
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |