Jacques Monod

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Mono Jak Lyusyen (1910-1976) - fransuz biologi va mikrobiologi. Sorbonna universitetini tugatgan (1931). 1940 yildan boshlab Paster institutida ishlagan. Sorbonna, keyinchalik de Frans kolleji prof. Ilmiy ishlari bakteriyalar irsiyati va bakteriya hujayrasi enzimologiyasining molekulyarbiologik aspektlariga bagishlangan. Fermentlar va viruslar sintezini irsiy nazorat qilishni kashf qilgan. Nobel mukofoti laureati (1965; F.Jakob va A. M. Lvov bilan hamkorlikda).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil