Oʻzbeklar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oʻtish: foydalanish, Qidir
Oʻzbeklar
O‘zbeklar
Mirza Abdulhuq and Rustom Beg in 1841.jpg
Umumiy aholi soni

28-30 million

Katta aholiga ega mintaqalar
Flag of Oʻzbekiston Oʻzbekiston 23 million [1]
[2]
Flag of Afgʻoniston Afgʻoniston 3.2 million [3]
Flag of Tojikiston Tojikiston 1.164 million [4]
Flag of Qirg`iziston Qirg`iziston 900,000 [5]
Flag of Turkmaniston Turkmaniston 480,000 [6]
Flag of Qozog`iston Qozog`iston 650,000 [1]
Flag of Rossiya Rossiya 126,000 [2]
Flag of Pokiston Pokiston 80,000
Flag of Xitoy Xalq Respublikasi Xitoy 14,800 [3]
Flag of Ukraina Ukraina 13,000 [4]
Tillar
O`zbek tili
Dinlar
Islom
Qarindosh etnik guruhlar
boshqa turkiy xalqlar
Uzbek in Hojent 1900.jpg
Uzbek Kids.JPG

Oʻzbeklar - Oʻrta Osiyoda yashaydigan turkiy millat. Oʻzbeklarning asosiy qismi Oʻzbekiston hududida istiqomat qiladi, shuningdek Afgʻoniston (3.5 mln), Tojikiston (1.15 mln), Qirgʻiziston (711 ming), Qozogʻiston (371 ming), Rossiya (126 ming), Pokiston (80 ming), Xitoy'ga qarashliq Uygʻuriston (14800), Ukraina (13 ming) singari oʻlkalarda yashayotgan oʻzbeklarni uchratish mumkin. Oz miqdorda Eron, Turkiya, Shimoliy Amerika va Gʻarbiy Yevropada ham yashaydi.

Mundarija

[tahrir] Tarix

"Oʻzbek" soʻzini ikki qismga boʻlish mumkin: "oʻz", yaʼni men, men oʻzim, oʻz maʼnosida va "bek", yaʼni sardor,bek maʼnosida. Oʻzbeklar tarixi ming yillarga borib taqaladi. Miloddan avvalgi 2-asrlardan boshlab oʻzbek soʻzi, oʻzbek kimligi paydo boʻla boshlagan. Turli qabilalar va insonlar Oʻrta Osiyoga joylashib Oʻzbek xalqini rivojlanishida tamal toshi qoʻygan. Oʻrta Osiyoga joylashgan ilk qabila, millatlar orasida Soʻgʻdiylar, Baqtriyaliklar, Fargʻonaliklar va Sak-Massagetlar bor edi. Demak oʻzbeklarning ajdodlarini yuqorida nomi keltirilgan qabilalar deyish mumkin. Milodiy asrlardan boshlab Oltoy tilida gapiruvchilar, ya'ni hozirdaga turkiy millatlar Amudaryo(yunonchada Oks) va Sirdaryo(yunonchda Yaksart) oralig'idagi yerlarga kela boshlaydilar.3-asrda Xunnlar O'rta Osiyo yerlariga keldi. 5-6 asrlarda O'rta Osiyoda Turk Xoqonligi davlati hukm surdi. Keyinchalik Arablar O'rta Osiyoni qo'lga olib o'z Arab Xalifaligini qurdilar va ayni zamonda Islom dinini olib keldilar. Bungacha hududda Zardo'shtiylik,Buddizm va Nasroniylik(nasoro kabi dinlar bor edi. 13-asr, ya.ni Chingisxon boshchiligidagi Mo'g'ullarning kelguniga qadar O'rta Osiyoda arablardan keyin Somoniylar, Saljuqiylar, Og'izlar,Qarluqlar, Qoraxoniylar kabi davlatlar bor edi. Mo'gullar kelgach hududdagi bir qancha turkiy qabilalar g'arbga, Eroniy qabilalar yashaydigan hududlarga ko'cha boshlaydilar. Mo'g'ul saltanati tahminan 150 yil hukmronlik qildi. 14 asrda O'rta Osiyoda Amir Temur(Temurlang,Tamerlan) markazi Samarqand bo'lgan Temuriylar Saltanati yoki Movarounnahr davlatini qurdi. Keyinchalik O'rta Osiyoga shimoldan ko'chmanchi qabilalar yashaydigan hududlardan Qipchoqlar, Mang'itlar, Naymanlar, Qo'ng'irotlar Muhammad Shayboniyxon boshchiligida kirib keldi. Ba'zi manbalarda ana shu qabilalarning kelishi O'rta Osiyoda "O'zbek" so'zining, millatining paydo bo'lishida katta rol' o'ynagan deya ta'kidlanadi. Shayboniylar davlatidan keyin ma'lum vaqt davomida hududda Safaviylar hukmdorlikni o'z qo'llariga oladilar. Keyinchalik O'rta Osiyoda xonliklar davri boshlanadi. 19 asr, Chor Rossiyasi bosqinigacha hududda Buxoro Amirligi, Xiva Xonligi va Qo'qon Xonligi hukmdorlik qildi. Turkiston 1924 yilgacha Rus Imperiyasi qo'li ostida edi. Shu yili O'zbekiston SSR tashkil etildi. 1991 yil 31-avgustda O'zbekiston mustaqillikka erishdi.

[tahrir] Tili

O‘zbek tili (o‘zbekcha) Oltoy tillari oilasining Turkiy tillar bo‘limi Qarluq guruhiga mansubdir. Zamonaviy O‘zbek tili Uyg‘ur tiliga juda yaqindir. Baz'i qismlari Turkcha,Ozarbaidjoncha, Turkmanchaga ham o‘xshaydi. O‘zbekchaning Arab imlosidagi, Lotin imlosidagi va Kirill imlosidagi yozuvlarini uchratish mumkin. Mustaqillikdan so‘ng hukumat Kirill alifbosidan Lotin alifbosiga o‘tishga qaror berdi va ayni paytda bu davom etmoqda.

[tahrir] Din

Arablar kelguniga qadar o'zbeklar Tangritanlik, Zardushtiylik, Buddizm va Nasroniylik dinlariga sig'inar edi. Milodiy 8-asrlardan boshlab o'zbeklar Islom dinini qabul qila boshladilar. Ayni paytda o'zbeklar musulmonlikning Sunniylik mazhabidadir.

[tahrir] Ishoratlar

  1. D. Carlson, "Uzbekistan: Ethnic Composition and Discriminations", Harvard University, August 2003
  2. CIA factbook 2005 - Uzbekistan
  3. CIA factbook 2005 - Afghanistan
  4. CIA factbook 2005 - Tajikistan
  5. CIA factbook 2005 - Kyrgyzstan
  6. CIA factbook 2005 - Turkmenistan

Bu maqola juda qisqa.

nothumb

Iltimos, maqolani kengaytiring.

Shaxsiy uskunalar
Nomfazolar

Variantlar
Koʻrinishlar<!--Views-->
Amallar
O‘zbek viki / Ўзбек вики
ishtirok / иштирок
o‘zgarishlar / ўзгаришлар
asboblar (ʻ ʼ)
Boshqa tillarda