Qatiq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ozarbayjon qatigʻi.

Qatiq sut mahsuloti boʻlib, tabiiy sutdan uni maxsus bakteriyalar yordamida achitish orqali olinadi. Qatiq oqish rangli, quyuq va nordon boʻladi. Pishirilgan sutdan tayyorlangan qatiq ivitilgan qatiq deyiladi. Uni maxsus xaltalarga sizdirib quyuq qatiq (suzma) olinadi. Qatiqni shundayligicha ichish mumkin (spirtli ichimliklar isteʼmolida mastlikda yordam qiladi) yoki taom va salatlarga qoʻshib isteʼmol qilish mumkin.

Qatiq — qaymogʻi olinib yoki olinmay pishirilgan sigir sutiga tomizgʻi solib ivitiladigan sut kislotali parhez mahsulot. Tarkibidagi yogʻ miqdoriga qarab yogʻli (3,2% sut yogʻi) va kam yogʻli (sut yogʻi 0,05% dan oshmaydi) qatiqlar boʻladi. Odatda oddiy qaymogʻi olinib yoki olinmay pasterizatsiyalangan sutga sut kislota hosil qiladigan streptokokkli tomizgʻi solib tayyorlanadi (qarang Kefir). Mikroorganizmlarning rivojlanishi natijasida hosil boʻlgan fermentlar taʼsirida sut tarkibidagi laktoza (sut qandi) sut kislotasiga aylanib, oʻz navbatida, sutdagi kazein (sut oqsili)ni ivitib, quyiltiradi. Natijada sut nordon mazali, quyuq, yanada foydaliroq neʼmatga aylanadi. Q. kishi organizmida sutga nisbatan yaxshi hazm boʻladi. Q.ni uy sharoitida tayyorlash uchun sut qaynatilib, keyin 30—35° gacha sovitiladi, soʻngra ivitiladigan idishlarga quyilib, tomizgʻi (1 litr sutga 1 osh qoshiqda qatiq yoki smetana) solib aralashtirib yuboriladi. Idishning qopqogʻini yopib, qalin qilib oʻrab qoʻyiladi. 4-5 soatdan soʻng Q tayyor boʻladi.

Q.ning oʻzi isteʼmol etiladi, ovqatlarga qoʻshiladi, kuvda pishib sariyogʻ (maska yogʻ) olinadi, ayron, suzma, qoqirim (guruch pishgan suvga Q. solib qaynatilgan quruq shoʻrva) tayyorlanadi.

Oʻzbekistonda asosan sigir,echki, tuya kabi hayvonlar sutidan qatiq tayyorlanib isteʼmol qilinadi .

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]