Islom
Mundarija |
[tahrir] "Islom" atamasi va ma'nosi
- Asosiy maqola: S-L-M.
Islom so'zi, arab tilidagi Aslama so'zining uch-harfli s-l-m o'zagidan olingan bo'lib, o'zbek tilidagi lug'aviy ma'nosi "qabul qilish, taslim bo'lish, itoat etish yoki tobe bo'lish" dir. Shu yerdan Islomning ma'nosi, Xudoga iymon keltirib unga itoat qilish, iymon keltirganlar esa, buni unga o'zlarining ibodati, uning buyurgan amallarini bajarishi, hamda polietizm (ko'pxudolik)ni inkor etish bilan namoyish etishlari lozim. Bu so'z Qur'onda bir nechta ma'nolarda kelgan. Ba'zi oyatlarda Islomning sifatlaridan bir bu insondagi ichki pushaymonlik deb urg'u beriladi:"Kimni Alloh hidoyat qilmoqchi bo'lsa, uning ko'ksini Islomga ochib qo'yadir."[1] Boshqa bir oyatda Islom va din atamalari o'zaro bog'lanadi:""[2] Yana shuningdek, boshqalar nazdida, Islom iymonning faqatgina tildagi tasdig'i bo'libgina qolmay, balki bu Xudoga qaytish faoliyatidir. [3]
[tahrir] Islomning besh ustuni
1. Iymon.
2. Har kuni besh mahal namoz o'qish.
3. Ramazon oyida 30 kun ro'za tutish.
4. Zakot berish.Zakot Islomda moliyaviy ibodatdir.Ya'ni boyligi nisobga (muayyan miiqdorga)yetgan musulmonalrning yilda bir marta haqdorlarga berishi farz.
5. Haj qilish. Bu amal moddiy jihatdan qurbi yetadiganlarga farzdir.
[tahrir] Demografiyasi
Jahonda qariyb 1,2 mlrd. kishi Islom diniga eʼtiqod qiladi. Musulmonlarning ⅔ qismidan koʻprogʻi Osiyoda yashaydi va bu qitʼa aholisining 20%idan ortiqrogʻini tashkil etadi. Qariyb 30% musulmonlar Afrikaga toʻgʻri keladi (qitʼa aholisining deyarli yarmi).Dunyoda musulmon jamoalari mavjud boʻlgan 120 dan ortiq mamlakatdan 40 dan ziyodida musulmonlar aholining koʻpchiligini tashkil qiladi - Shimoliy Afrika, Gʻarbiy Osiyoning barcha mamlakatlarida (Kipr, Livan, Isroil mustasno), Senegal, Gambiya, Niger, Somali, Afgʻoniston, Pokiston, Bangladesh, Indoneziya va boshqa baʼzi mamlakatlarda aholining 80% idan ortigʻi musulmonlardir; bir qancha mamlakatlarda musulmonlar aholining yarmidan 80% igacha tashkil qiladi (Gvineya, Mali, Livan, Chad, Sudan). Malayziya va Nigeriyada qariyb yarmi, baʼzi bir mamlakatlar (Gvineya-Bisau, Kamerun, Burkinafaso, Sʼyerra-Leone va b.)da musulmonlar ozchilikni tashkil qilsa ham, taʼsir doirasi kuchli. Musulmonlarning soni jihatdan eng yirik davlatlar — Indoneziya, Hindiston, Pokiston va Bangladesh; musulmonlarning anchasi Markaziy Osiyo mamlakatlari, Xitoy, Tailand, Efiopiya, Tanzaniya, Kiprda, Yevropaning ayrim mamlakatlari (Yugoslaviya, Albaniya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya va b.), Shimoliy va Janubiy Amerika qitʼasi mamlakatlari (AQSh, Kanada, Argentina, Braziliya, Gayana, Surinam, Trinidad va Tobago)da, Avstraliyada, Fiji orollarida yashaydi.[4]
[tahrir] Islom va bilim
[tahrir] Islomda ibodat
[tahrir] Boshqa dinlar
[tahrir] Islomda bo'linish
[tahrir] Sunniylik
[tahrir] Shialik
[tahrir] So'fiylik
[tahrir] Qo'shimcha mutolaa uchun
[tahrir] Havolalar
Cite error: <ref> tags exist, but no <references/> tag was found