Qirgʻizlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qirgʻizlar
кыргыздар
Tschingis Ajtmatow.jpg Kurmandjan.jpg Nazaraliev.jpg
Chingiz Aytmatov Kurmanjan Datka Jengishbek Nazaraliev
110x125px 2012-03-20 Almazbek Atambayev.jpeg
Bubusara Beyshenalieva Almazbek Atambayev
Umumiy aholi soni

4.5 million

Katta aholiga ega mintaqalar
Flag of Qirg`iziston Qirg`iziston 3,804,800 [1]
Flag of Oʻzbekiston Oʻzbekiston 250,000 [2]
Flag of Xitoy Xalq Respublikasi Xitoy 143,500 [1]
Flag of Tojikiston Tojikiston 81,000 [manba kerak]
Flag of Afgʻoniston Afgʻoniston 30,000 [2]
Flag of Rossiya Rossiya 103,422 [3]
Flag of Qozog`iston Qozog`iston 11,000 [4]
Flag of Ukraina Ukraina 3,000 [5]
Flag of Turkiya Turkiya 4,000 [6]
Flag of Pokiston Pokiston 2,000 [7]
Tillar
Qirgʻiz tili
Dinlar
Islom
Qarindosh etnik guruhlar
boshqa turkiy xalqlar

Qirgʻizlar — xalq, Qirgʻizistonning asosiy aholisi (2,23 mln. kishi). Oʻzbekiston (175 ming kishi), Tojikiston (64 ming kishi), RFda (42 ming kishi, 1990-y.lar oʻrtalari), shuningdek, Xitoyda (150 ming kishi, 1987 y.) yashaydi. Qirgʻiz tilida soʻzlashadi. Dindorlari — sunniy musulmonlar.

Qirgʻiz nomi ilk bor geegun shaklida xitoycha „Xanshu“ („Xan sulolasi tarixi“; mil. 1-a.) yilnomasida mil. av. 203 y.gi voqealar bayonida tilga olinadi. Qirgʻizlarning kelib chiqishi haqida turli qarashlar mavjud, xususan ularning Yenisey qirgʻizlari deb atalmish xalqdan tarqalgani masalasi munozarali. Qirgʻizlarning ilk etnik tarixi qad. qabila ittifoklari (hunlar, dinlinlar, saklar va usunlar) bilan bogʻliq. Turk xoqonligi va koʻchmanchi davlat uyushmalari davrida (6—10-a.), keyinchalik qirgʻizlar tarkibiga kirgan qabilalar Sayan-Oltoy, Irtish boʻyi, Sharqiy Tyanshanning turkiy aholisi orasida shakllanganlar. Qirgʻizlarning bir qismi 9—12-asrlarda, katta qismi esa oʻrta asrlar davomida gʻarbga koʻchib, Issiqkoʻl atroflari, Yettisuv havzasi, Tyanshan (Tangritog) yon bagʻirlari, Fargʻona vodiysining togʻoldi hududlari va Dashti Qipchoq oʻlkalariga borib joylashgan.

Qirgʻizlarning asosiy qismi Tyanshan va Issiqkoʻl oraligʻini makon tutib, bu yerdagi bir necha turkiy qabilalar bilan birgalikda hoz. qirgʻiz xalqini tashkil qilgan. Qirgʻiz xalqi tarkibiga, shuningdek, Yettisuv va Movarounnahrning turkiy qabilalari, jumladan qarluqlar va uygʻurlar, keyinroq moʻgʻul qabilalari, 16—17-a.da esa kelib chiqishi qozoqnoʻgʻaylar bilan bogʻliq qabilalar kirgan. Qirgʻizlarning bir qismi boshqa turkiy xalqlarning etnogenezida qatnashgan. Xususan, 92 oʻzbek urugʻiga oid shajaranomalarning barchasida qirgʻiz etnonimi qayd qilingan. Shuningdek, Oʻzbekistonning bir nscha viloyatlarida qirgʻiz nomi etnotoponim sifatida saqlanib qolgan.

Qirgʻizlar qoʻchmanchi va yarim koʻchmanchi chorvachilik, ayrim tumanlarda dehqonchilik bilan shugʻullangan.


Tarixi[tahrir]

Dini[tahrir]

Madaniyati[tahrir]

19 — asrning 2-choragigacha qirgʻizlar savodini, asosan, diniy madrasalarda oldi. 19-asrning 80-yillarida ilk bor rus maktablari ochila boshladi. 1940-yilda qizgʻiz alifbosi rus grafikasiga koʻchirildi. koʻplab oliy oʻquv yurtlari, laboratoriyalar va madaniyat mahkamalari ochildi. 1954-yili Qirgʻiz KSR i tashkil topdi. 20-asrlargacha qirgʻiz musiqasi folklorlik darajada boʻldi. Milliy musiqa asboblari : qoʻmuz, surnay, karnoy, va boshqalar. 1930 — 40-yillarda musiqaviy ijodlari (opera, balet, simfoniya, v.x.) paydo boʻldi. 1939-yili toʻngʻich qirgʻiz operasi — „Aychurek“ namoyish etildi. 1930-yili milliy drama teatri tashkil tipdi. 1936-yili undan opera va balet teatri ajralib chiqdi. 1939-yili Kompozitorlar ittifoqi tashkil topdi. 1942-yili Frunzeda (Bishkek) kinoxronika studiyasi ochilib, u 1961-yili „Qirgʻizfilm“ kinostudiyasi deb ataldi. Studiya 1970 — 80-yillarda koʻpgina muoffaqiyatlarga erishdi.

Qirgʻiz milliy kiyimlari[tahrir]

Qirgʻiz oshxonasi[tahrir]

Qirgʻiz qabilalari[tahrir]

Taniqli qirgʻizlar[tahrir]

Manbalar[tahrir]

  1. 2009 Census preliminary results (Ruscha)
  2. Censuses 1970—1989 show 0.9 % Kyrgyz population share in Uzbekistan total, 2000 estimates were also 0.9 % (Ethnic Atlas of Uzbekistan), actually Uzbekistan population is 27,767,100 (2009), so 0.9 % is appr. 250,000