Amir Temur
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Amir Temur (boshqa nomlari Timur, Temur, Taimur, Timur Lenk, Timur i Leng, Tamerlane, Tamburlaine, yoki Taimur-e-Lang, tarjimasi Temur lang(Temur oqsoq), janglardan birida lat yeganlaridan soʻng shunday deb atala boshlangan) (1336—Fevral 1405) 14 asrning buyuk turkiy lashkarboshi, O`rta Osiyodagi Temuriylar Davlatining hukmdori (1370—1405) va 1506 yilgacha turgan Temuriylar sulolasining asoschisi.
[tahrir] Yetakchi
|
|
|||||||||||||||||||
|
|||||||||||||||||||
Amir Temur 1336 yil 9 aprelda Shahrisabzda (Kesh) dunyoga kelgan. Otasi oʻz zamonasining taniqli beklaridan boʻlgan. A. Temur yoshligidan harbiy sanʼatga qiziqa boshladi, keyinchalik yoshligidagi doʻstlarini yigʻib qoʻshin tuzdi va turli xon va beklarga yollandi. Taxminan 1358 yillarga kelib Amir Temur, dunyoga harbiy yetakchi sifatida tanildi. Oʻsha paytlarga kelib Temur, Chingizxon avlodidan boʻlgan va Chigʻatoy xonligining, xoni Chigʻatoy bilan jang qildi. Amir Temur hayotining keyingi 11 yilini biz, qisqacha qilib uning Yodnomasidan bilib olishimiz mumkin. Temur, Volga Bulg`orlarini magʻlubiyatga uchratgan va taxtdan olib tashlagan Ko`ragon bilan ittifoq tuzgandan soʻng, Xurosonga yurish qiladi. Uning keyingi yurishlari Xorazm va Urgenchga boʻldi.
Ko`ragon oʻldirilgandan soʻng, undan soʻng kim Ko`ragonning taxtini egallashi masalasida ziddiyatlar boshlandi. Lekin, bu hamma ziddiyatlar Qashg`ardan kelgan va Chingizxon avlodidan boʻlgan Tug`lug` Temur tomonidan toʻxtatildi. Shu paytni oʻzida Temur, bosqinchini toʻxtatish uchun joʻnatildi va oxir-oqibat Tug`lug` Temur magʻlubiyatga uchragandan soʻng, Temur oʻz qabilasining yetakchisi qilib tayinlandi.
|
Temuriylar sulolasi |
||
|
||
