Hashar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Hashar — nemislar, hindular, oʻzbeklar, ayrim boshqa turkiy xalqlar orasida udumga aylangan ijtimoiy hamkorlik va begʻaraz yordam shakllaridan biri. Asosan, tezkorlik bilan bajarish zarur boʻlgan ishlar (hosilni zudlik bilan yigʻib olish) va katta mehnat talab inshootlarni bunyod etish (kanal qazish, yoʻl va koʻpriklar qurish)da qoʻllangan. Hashar ariq qazish, imorat qurish kabi ishlarda bir necha kun ham davom etgan. Masalan, Oʻzbekistondagi Katta Fargʻona kanali umumxalq hashar vositasida bunyod etilgan. 1966-yil 26-aprelda Toshkentda roʻy bergan zilzila oqibatlari ham umumxalq hashar orqali tugatilgan. Oʻzbekiston istiqlolidan soʻng hashar yangicha mazmun kasb etib, Roʻza va Qurbon hayitlari, Navroʻz, Mustaqillik bayramlari yoki muhim sanalar oldidan umumxalq xayriya hashari oʻtkazish anʼanaga aylandi.