Muhammad Shayboniy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Shayboniyxondan yoʻnaltirildi)
Muhammad Shayboniy
Muhammad Abulfath Shayboniy
Shaybani.jpg
Taxallus: Shayboniyxon
Tavallud sanasi: 1451-yil
Vafot sanasi: 1510-yil 12-dekabr
Kasb: Xon
Yoʻnalish: Nazm
Janr: Gʻazal

Muhammad Shayboniy (1451-yil1510-yil 12-dekabr, Marv) - taniqli oʻzbek shoiri, davlat arbobi, oʻzbekxonlar sulolasining asoschisi, «hazrati imomuz-zamon xalifatur-rahmon» (zamona imomi va xalifasi) unvoniga erishgan. Muhammad Shayboniy Shayboniylar deb ataluvchi yirik sulolaning asoschisidir.

Shayboniyxon, Sulton Muhammad Shayboniyxon (1451— 1510) — shayboniylar sulolasi asoschisi. Abulxayrxonning nabirasi, Shohbudogʻ sultonning oʻgʻli. Abulxayrxon unga Shohbaxt deb laqab qoʻygan. Otasining erta vafotidan soʻng , bobosining qaramogʻida qolgan Sulton Muxammad Shaybon Boyshayx otaligʻida voyaga yetgan. U 15-a. 80y.larida Abulxayrxon vafotidan soʻng Dashti Qipchoqning asosiy hududida oʻz hukmronligini oʻrnatmoqchi boʻlgan. Sh. 1490 y.lardan oʻzaro kurashlar va ichki nizolar tufayli tobora zaiflashib borayotgan Temuriylar hududi boʻlgan Movarounnaxrda ham oʻz hukmronligini oʻrnatish uchun harakat boshlagan. 15-a. oxiri — 16-a. boshlarida Movarounnahrga qilgan yurishlari natijasida hokimiyat boshqaruvi uning qoʻliga oʻtgan. U uzbek, fors tillarida gʻazal, ruboiylar ham bitgan. Uning ana shu gʻazal, ruboiylaridan ayrimlari va "Baxrul xudo" nomli dostoni, oʻgʻli Temur sultonga atab yozgan pandnasihatlardan iborat kitobi (yagona nusxasi Turkiyada saklangan) bizgacha yetib kelgan. Sh. Turkistonning Sigʻnoq, Sabron, Yassi sh.larini ham oʻz qoʻl ostiga kiritgan. 1504 y. Hisor, Qunduz, Badaxshon, Balx, 1505 y.da Xorazm, 1507 y.da Hirot ham Sh. qoʻl ostiga oʻtgan. Keyinroq Eronning Mashhad va Tuye sh.larini ham egallagan. 1510 y.da Marv yaqinidagi Mahmudobod qishlogʻida Eron shohi Ismoil Safaviyning 12 ming kishilik askari bilan Sh. qoʻshini oʻrtasidagi jangda uning qoʻshinlari magʻlubiyatga uchragan va Sh.ning oʻzi ham halok boʻlgan. Uning boshsiz tanasi Samarqanddagi Baland Sufaga dafn qilingan. Baland Sufa Registon maydonida Tillakori va Sherdor madrasalari oʻrtasidagi burchakda joylashgan boʻlib, bu yerga keyinchalik boshqa shayboniylar ham dafn etilgan (q. Shayboniylar daxmasi).

Adabiyot[tahrir]

  • Istoriya Uzbekistana, t. 3, Bartold V.V., Sheybanidi Sochineniya, t. 2 (ch.2), M., 1964.

Roziya Mukminova.


Hayoti[tahrir]

Buxoroda tugʻilgan, mashhur hukmdor Abulxayrxonning nabirasi. 15011507 yillarda Turkistonda markazlashgan davlat qurdi. Saroy adabiyotining mavqeini yaxshilashga uringan. U haqda «Tarixi gizida yoki Nusratnoma», Binoiyning «Shayboniynoma», Hasanxoja Nisoriyning «Muzakkiri ahbob», Muhammad Haydarning «Shayboniynoma» va «Boburnoma» asarlarida maʼlumotlar bor. Alisher Navoiy ham oʻzining «Majolisun-nafois» asarida shoir asarlari haqida maʼlumot beradi.

Oʻzbek Adabiyoti

Milodiy VII asrgacha
VIII-XIII asrlar (Qadimgi)

XIV-XV asrlar (Temuriylar davri)
XVI-XIX asrlar (Mumtoz)

XIX-XX asrlar (Milliy uygʻonish)
1905-30 yillar (Jadid davri)
1930-80 yillar (Sovet davri)
1990 yillaridan keyin (Mustaqillik)

Oʻzbekiston Yozuvchilar Uyushmasi

Ijodi[tahrir]

«Devon» tartib bergan, u Istanbulda Tirqori saroyi muzeyida saqlanadi, undan koʻchirilgan nusxa OʻzMU Oʻzbek mumtoz adabiyoti kafedrasining qoʻlyozmalar jamgʻarmasida mavjud.

Shoir ijodi yuzasidan xorijiy olimlar F.Koʻprulu, Y.Ekman, O.Akbiyik, Yo.Qorasovning tadqiqotlari maʼlum. Oʻzbek olimlari E.Axmadxoʻjaev va I.Bekjon uning «Bahrul-hudo» nomli qasidasini topishdi. Aspirant Sharipova M. «Shayboniy gʻazallari poetikasi» mavzuida nomzodlik dissertatsiyasi (ilm.rahbar prof. H.Boltaboev) tayyorlamoqda.

Ilmiy adabiyot[tahrir]

  • Ahmedov B. Tarixdan saboqlar. — T.: Oʻqituvchi, 1994;
  • Fitrat. XVI asrdan soʻngra oʻzbek adabiyotiga umumiy bir qarash. Kitobda: Tanlangan asarlar. 2-jild. — T.: Maʼnaviyat, 2000.
  • A.Ibrohimov. Bizkim, oʻzbeklar… -T.: Sharq, 1999. B.29-46.