Kavush

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kavush (shuningdek kalish yoki kovush) — oʻzbek milliy oyoq kiyimi. Oʻzbeklar kavushni odatda yozgi oyoq-kiyim sifatida dala ishlarda kiyishadi. Kavush shuningdek, mahsi bilan ham kiyiladi. Kavush arzon va qulay oyoq kiyim boʻlib, odatda uyda va dalada kiyiladi. Shahar va madaniyat ustivor joylarda kavush kiyilmaydi.


Kavush (fors.) — poyabzal turi; odatda mahsi b-n yoki sarpoychang kiyiladigan oyoq kiyimi. K. betlik, jagʻ, dastak, tagcharm va poshnadan iborat. Kalish shaklida, dastagi va jagʻi kalishga nisbatan ensiz. Baland va past poshnali boʻladi. Kosiblar tomonidan erkaklar (mardona), ayollar (zaifona), bolalar (bachkana) K. xillari tayyorlanadi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil