Bahor

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oʻtish: foydalanish, Qidir
Bahorda gullagan gilos daraxti

Bahor fasli, toʻrt fasldan biri boʻlib qish va yoz fasllarining oʻrtasida joylashgan fasldir. Bahor fasli 3 oydan iborat: Shimoliy yarimsharda - mart, aprel va maydan, janubiy yarimsharda esa sentabr, oktabr va noyabrdan.

Bahorda daraxtlar gʻuncha tugishga, havo asta-sekin isishga boshlaydi. Bu faslda qish faslida yogʻib oʻtgan qorlarning erishi va juda koʻp miqdorda yomgʻir, doʻl kabi yogʻinlarning yogʻishi suv omborlarini, koʻl va koʻlmaklarning toʻlishiga sabab boʻladi. Chaqmoq va Momoqaldiroq kabi tabiat hodisalari ham eng koʻp bahor faslida roʻy beradi. Bahor faslida yogʻinlarning va baʼzi tabiat hodisalarining koʻp miqdorda sodir boʻlishi baʼzi oʻlkalarda toshqin, sel, va yongʻin kabi falokatlarga sabab boʻladi.

Taqvimiy bahorga qaraganda, astronomik bahor kechroq, yaʼni yozgi tengkunlikda (shimoliy yarimsharda 20 yoki 21 mart, janubiy yarimsharda 22 yoki 23 sentabrda) keladi va yozgi quyosh turishi (shimoliy yarimsharda 20 yoki 21 iyun, janubiy yarimsharda 21 yoki 22 dekabrda) boshlanadi.


VikiOmbor
VikiOmborda Spring
haqida sahifa mavjud.


Fasllar
Qish | Bahor | Yoz | Kuz
Shaxsiy uskunalar
Namespaces

Variants
Koʻrinishlar<!--Views-->
Actions
O‘zbek viki / Ўзбек вики
ishtirok / иштирок
o‘zgarishlar / ўзгаришлар
asboblar (ʻ ʼ)
Boshqa tillarda