Qoraxoniylar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qoraxoniylar xoqonligi 1025-yil
Taraz yaqinidagi Oysha bibi maqbarasi
Osiyo 1200-yilda
Qirg'izistonning O'zgen shahridagi Qoraxoniylar maqbarasi 11-12-asr

.

Qoraxoniylarturkiy sulola, Qoraxoniylar xoqonligida 840-1212 yillarda hukmronlik qilgan.

Qoraxoniylar, xoniylar, xoqoniylar — Qoraxoniylar davlatini boshqargan xoqonlar sulolasi. "Q." iborasi shartli ravishda sulola nomi sifatida qoʻllanilib, davlat hukmdorlari "qoraxon" — buyuk xon unvoni bilan yuritilgan. Shu bois sharq-shunos olim V.V.Grigoryev sulolaga "Q.", deb nom bergan va u ilmiy adabiyotlarda mustahkam oʻrnashib qolgan. Q.ning yirik vakillari: Abdulkarim Sotuq Bugʻroxon (859 — 955), Muso ibn Abdulkarim (955—970), Hasan ibn Sulaymon (977—992), Ahmad ibn Ali Arslonxon (998—1017; hokimiyat amalda ukasi Nasr ibn Ali qoʻlida boʻlgan, u Movarounnahrni bosib olgan), Mansur ibn Ali (1017—26), Ibrohim ibn Nasr Tamgʻachxon (1040—70), Ars-lonxon Muhammad ibn Sulaymon (1102—30). 1130 y.dan saljuqiylarta, 1140-y.lar boshida qoraxitoylarga qaram boʻlgan. Q.ning soʻnggi vakili Usmon ibn Ibrohim 1212 y. Muham-mad Xorazmshoh tomonidan agʻdarilib qatl qilingan.


"Qoraxoniylar" atamasi Xoqon Qoraxonning Islom dinini qabul qilganidan so'ng paydo bo'lgan. Numizmat Tornberg esa ularning xonlari tutib yurgan maqomiga qarab Ileklar deb atagan. Boshqalar esa Uyg'ur xoqonligi deb atashgan.

940 yil atrofida qarluqlar Tyanshan yaqinidagi Bolasog'un shahrini bosib olishadi. Va yangi sulola tuzishadi. Birinchi hukmdorlardan biri Satuq Bo'g'raxon Abdulkarim Islom dinini qabul qiladi va <<Doslan Qoraxon>> nomi bilan shuxrat topadi, keyinchalik butun sulola uning nomidan "Qoraxoniylar" deb atala boshlanadi.

Sulolaning buyuk xonlaridan biri Bog'raxon edi, Islom olamida Xorun oti bilan shuxrat topgan edi. U Movarounnaxr taxtini somoniy Nuxdan olib qo'yadi, uning merosxo'ri buyuk Ilekxon esa, Somoniylar davlatini yo'q qiladi.

Qoraxoniylarning poytaxti Buxoro shahri bo'lgan, keyin esa Samarqand shahri.Qoraxoniylar xoqonligiga kuchayib kelaytogan Xorazmshohlar imperiyasining sultoni Muhammad Alovuddin yakun yasaydi. хорезмов Алла эд-Дин Мухаммед около 1210. Ettisuv, Sharqiy Turkiston o’lkalarida IX asr ikkinchi yarmida turli turkiy qavmlar, elatlarning o’zaro birikuvi natijasida va qo’shiluvi davomida Qoraxoniylar davlati tashkil topdi. Mazkur davlatga asos solgan siymo Abdulkarim Sotuq Bug’roxon (859-955) yag’molar qavmiga mansub bo’lgan. Bu davlat hukmdorlari «arslonxon» yoki «qoraxon» unvonlari Qoraxon so’zining lug’aviy ma’nosi esa turkiy qabilalarda «ulug’», «buyuk» degan tushunchalarni anglatgan. Qoraxon «Tamg’achxon» ham deb yuritilgan. Bu davlatning qudrati yuksalib, u tez orada katta hududlarni o’z qo’l ostiga kirita boradi. Uning poytaxti Sharqiy Turkistonning Bolasog’un shahri bo’lgan. Abdulkarim Bug’roxon vafotidan keyin (955y) uning vorislari davrida Markaziy Tyan-Shan va Ettisuv o’lkalari egallanadi. Endilikda Qoraxoniylar Somoniylar hukmronlik qilayotgan Movarounnahr erlarini ham butunlay egallashga kirishadilar. Bu davrda Somoniylar davlati chuqur ichki ziddiyatlar, sinfiy ixtiloflar orqasida tanglik holatiga tushib qolgan edi. Bundan foydalangan Qoraxoniylar hukmdorlari - Hasan va Nasr Bug’roxonlar etakchiligidagi qo’shin Somoniylar qarshiligini qiyinchiliksiz engib, ikki bor (992 va 999 yillarda) Buxoroni egallaydi, somoniylar sulolasining so’nggi vakili Ismoil al99 Muntasir (1000-1005) hukmronligi barham topdi. Oqibatda butun Movarounnahr hududlari Qoraxoniylar tasarrufiga o’tadi. Shu tariqa, Qoraxoniylar hukmronligi katta hududlarga yoyiladi. XI asr o’rtalariga kelib Qoraxoniylar hokimiyati 2 ga bo’linib ketdi: 􀂾 Markazi Samarqand bo’lgan, Movarounnahrning katta hududlarini o’zida jam etgan G’arbiy xonlik. 􀂾 Markaziy bolasog’un bo’lgan Talas, Isfijob,Shosh (Toshkent), Sharqiy Farg’ona, Ettisuv va Qoshg’ar erlarini tarkibiga olgan Sharqiy xonlik Eloqxonlar -mahalliyhukmdorlar 􀂾 Ulug’ xojib 􀂾 Munshiy 􀂾 Bitikchi 􀂾 Qushchi 􀂾 Oshchi 􀂾 Og’ichi 􀂾 Biruk 􀂾 Tavochi Hoqon Qoraxoniylarning davlat boshqaruv tizimi bosh vazir devoni 􀂾 Devoni mustovfiy 􀂾 Devoni mushrif 􀂾 Devoni barid 􀂾 Devoni amid 􀂾 Devoni ushrot 􀂾 Devoni vaqf 􀂾 Voley-bek Qoraxoniylar davlatining boshqaruv tizimi mahalliy hududiy boshqarish tartibiga asoslangan. Xonlik hududlari nihoyatda bepoyon bo’lganligidan, har bir yirik hudud yoki viloyat eloqxonlar (mahalliy hukmdorlar) tomonidan nisbatan mustaqil tarzda idora qilingan (Masalan, Samarqand, Buxoro, Ettisuv v.b.). Eloqxonlar tegishli miqdordagi yillik xiroj yoki to’lovlarni markaziy xokimiyat hukmdori - Tamg’achxonga yuborib, amalda o’z mulklarini mustaqil boshqarganlar. Qoraxoniylarning Movarounnahrdagi hukmronligi murakkab ijtimoiysiyosiyvaziyatda, turli sulolaviy urushlar, ziddiyatli jarayonlar girdobida kechgan. Ayniqsa xonlikning muhim hayotiy markazlari hisoblangan Samarqand, Buxoro, Balx va Termiz kabi joylarni qo’lga kiritish uchun saljuqiylar, qoraxitoylar bilan ko’p bor urush harakatlari olib borilgan. Xususan, saljuqiylarning so’ngi podshohi Sulton Sanjar (1118-1157) Qoraxoniylarning Movarounnahrdagi hukmdori Arslonxon (1102-1130)ning 100 zaiflashib qolganligidan va mahalliy ruhoniylar fitnasidan foydalanib, Samarqand va uning atroflarini bosib oladi. Shundan so’ng Qoraxoniylar sulolasiga mansub mahalliy xonlar amalda Sulton Sanjarga tobe bo’lib qoladilar. Biroq ko’p o’tmay bu hududlar yangidan sharqdan bostirib kelgan Qoraxitoylar ta’siriga tushib qoladi.Faqat 1211 yilga kelib, ya’ni so’nggi Horazmshoh Alouddin Muhammad (1200-1220) davrida Qoraxoniylarning Movarounnahrdagi rasmiy boshqaruvi butunlay barham topadi. Qoraxoniylar davrida Movarounnahrning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida bir qator muhim o’zgarishlar yuz beradi. Birinchidan, Qoraxoniylar o’lkani zabt etgach, bu erda ko’p asrlardan buyon hukm surib kelgan erga egalik qilishning muhim shakli – dehqon mulkchiligini tugatib, bu mulklarni davlat tasarrufiga oladilar. Bu mulklar o’z navbatida qoraxoniylarga tobe bo’lgan sodiq amaldorlar,harbiy lashkarboshilar, davlat xizmatchilari yoki ularga yon bosgan yuqori ruhoniylar, din peshvolariga mulk qilib beriladi. “Dehqon” tushunchasi shundan boshlab amalda erni ishlovchi, unda mehnat qilib kun kechiruvchi ijtimoiy toifa maqomiga ko’chdi. Ikkinchidan, Qoraxoniylar davriga kelib er-mulkka egalik qilishning “iqto’” va iqtodorlik munosabatlari yanada chuqur ildiz otadi. Iqtodorlar o’z tasarrufidagi hududlarda yashovchi aholidan olinadigan soliqlar evaziga katta daromadlar olganlar. Uchinchidan, O’rta Osiyo hududlarining Qoraxoniylar davlati tarkibiga o’tishi erli aholi etnik tarkibida ham muhim o’zgarishlarni vujudga keltiradi. Qoraxoniylar hokimiyatining bu hududga yoyilishi ayni zamonda sharqiy hududlardan turkiy qavmlar, elatlarning bu erlarga kelib, o’rnashib, o’troqlashuviga sezilarli ta’sir ko’rsatadi. Bu esa, shubhasiz, o’zbek xalqining etnik shakllanish jarayoniga ta’sir etadi. Ayni chog’da turkiy tilning iste’mol doirasi to’xtovsiz kengayib bordi. Shu bilan birga bu tilning mahalliy xalq, elatlarning adabiy tili sifatidagi mavqei va maqomi ham tarkib topib bordi. Go’zal va nafis qadimgi turkiy, ya’ni eski o’zbek adabiyotining yuksak badiiy namunalari hisoblangan Mahmud Qoshg’ariy, Yusuf Xos Hojib va Ahmad Yugnakiylarning betakror ijodiyoti bunga yorqin dalil bo’la oladi.

Qoraxoniylar sulolasi

Bilge Kyul Qadir-kag`on (850 - 880)
Bozir Arslan-xon (? - 910)
Ogulchak Qodir-xon (910 - 920)
Satur Bogra-xon (920 - 955)
Musa Bogra-xon (955 - 958)
Suleymon Arslan-xon I (968 - 970)
Ali Arslan-xon I (970 - 998)
Axmed Togan-xon I (998 - 1017)
Mansur (1017 - 1024)
Axmed Tog`on-xon II (1024 - 1026)
Yusuf Qodir-xon (1026 - 1032)
Suleymon Arslan-xon II (1032 - 1040)

Qoraxoniylar
Sharqiy kag`onligi

Suleymon Arslan-xon II (1032 - 1056)
Mohammed Bogra-xon (1056 - 1057)
Ibrohim I (1057 - 1059)
Maxmud Torgul-kara (1059 - 1074)
Umar Torgul-teg`in (1074 - 1075)
Zarun Abu Ali (1075 - 1103)
Axmed Nur ad-Davla (1103 - 1128)
Ibrohim II (1128 - 1158)
Mohammed (1158 - ?)
Yusuf Abul Muzaffar (? - 1205)
Abul Fatx Mohammed (? - 1211)

Qoraxoniylar
G`arbiy kag`onligi

Ali-teg`in (1020 - 1034)
Yusuf (1034 - 1060)
Arslan-teg`in (1034 - 1060)
Mohammed I (1042 - 1052)
Ibrohim I (1052 - 1068)
Nasr I (1068 - 1080)
al-Xidr Abu ShoJa (1080 - 1081)
Axmed I (1081 - 1089)
Yakub (1089 - 1095)
Masud I (1095 - 1097)
Suleymon (1097)
Maxmud I (1097 - 1099)
Jibrail (1099 - 1102)
Mohammed II (1102 - 1130)
Nasr II (1128 - 1129)
Axmed II (1128 - 1130)
al-Xassan (1130 - 1132)
Ibrohim II (1132)
Maxmud II (1132 - 1141)
Ibrohim III (1141 - 1156)
Ali II (1156 - 1160)
Masud II (1160 - 1178)
Nasr III (1163 - 1173)
Mohammed III (1171 -1174)
Ibrohim IV (1178 - 1203)
Osman (1203 - 1212)

Qoraxoniylar
Farqona kag`onligi

Nasr-teg`in (1013)
Mansur Abul Muzaffar (1013 - 1024)
Mohammed Ain ad-Davla (1041 - 1052)
Ibrohim (1059)
Abd al-Mumin (-)
Ali (-)
al-Xasan (-)
Xuseyn Jalol (1132 - 1156)
Maxmud Togan-xon (1156 - 1164)
Ibrohim Arslan-xon (1164 - 1178)
Nasr (1178 - ?)
Mohammed (? - 1182)
Qodir-xon (? - 1209)
Maxmud (? - 1213)