Ural

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ural (1775 y.gacha Yoyiq) - Jan. Ural va Kaspiyboʻyi pasttekisligidagi dare, Rossiya va Qozogʻiston hududlarida. Uz. 2428 km, havzasining mayd. 237 ming km2. Uraltov tizmasidan boshlanib, Kaspiy dengiziga quyiladi. Quyilish joyida 2 tarmoq — Yoyiq va Oltin (kema qatnaydigan) tarmoklariga boʻlinadi. Asosan, qordan toʻyinadi. Oʻrtacha suv sarfi kuyi oqimida 400 m3/sek. Noyab.da muzlab mart—apr. da muzdan boʻshaydi. Asosiy irmoklari: chapda — Or, Ilek; oʻngda — Sakmara. Baliq ovlanadi. Magnitogorsk sh. yaqinida 2 suv ombori, Irikli shaharchasida Irikli GES va suv ombori, Uralsk sh.dan (Qozogʻiston) quyiroqda Kushum kanali va suv ombori qurilgan. Uralskdan Aterovgacha kema qatnaydi. U. boʻyida Magnitogorsk, Orsk, Orenburg (RF), Aterov va b. shaharlar joylashgan.