Fattoh Shodiyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Fattox Qayumovich Shodiyev
Tavallud sanasi: 15-aprel, 1953 (1953-04-15)(61 yosh)
Tavallud joyi: Jizzax viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR
Fuqaroligi: Qozogʻiston
Turmush oʻrtogʻi: Gulnora Shodiyeva
Otasi: Qayum Shodiyev
Onasi: Ra’no Shodiyeva

Shodiyev Fattox Qayumovich (rus. Шодиев Фаттах Каюмович; 1953-yil 15-aprel, Jizzax viloyati, Oʻzbekiston SSR) – yirik tadbirkor, milliarder, millati - oʻzbek. Alijon Ibragimovning hamkori. Eurasian National Resources Corporation (ENRC) hamraisi[1].

Biografiya[tahrir]

“Sirdaryo haqiqati” gazetasida muharrir boʻlgan. 1976-yilda Moskva davlat xalqaro aloqalar institutini bitirgan. Uning kursdoshlaridan Alisher Usmonov maʻlum. 1976-1991-yillarda SSSRning Yaponiyadagi savdo vakolatxonasida ishlagan. 1991-yildan beri tadbirkor[2]. Qozogʻiston Fanlar akademiyasi a’zosi. Siyosiy fanlar doktori. Belgiyada yashaydi. Forbes jurnalining 2011-yildagi ro’yxatiga ko’ra, uning boyligi 3,7 milliard dollar[3].

Mukofotlari[tahrir]

Iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishga qo’shgan hissasi uchun[4] Qozogʻistonning mukofotlari[5] bilan taqdirlangan.

Oilasi[tahrir]

Oilali, 3 ta farzandi bor[6]. O’g’li – Shodiyev Sobir Fattoxovich, taniqli oʻzbek yozuvchisi Gʻafur Gʻulomning avlodiga uylangan[7]. Qizlari – Munisa va Nafisa. Munisa Shodiyeva Eurasian National Resources Corporation (ENRC)da muhim lavozimda ishlaydi,

Manbalar[tahrir]

--Umarxon III (munozara) 14:10, 7-Dekabr 2014 (UTC)