Tabriz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya


Tabriz, Tavriz — Eronning shim.gʻarbiy qismidagi shahar. Ajichay daryosi vodiysida, 1364 m balandlikda joylashgan. Sharqiy Ozarbayjon viloyatining maʼmuriy markazi. Aholisi 1,2 mln. kishi (1997). Transport yoʻllari tuguni. Mamlakatning muhim savdo va sanoat markazlaridan. Mashinasozlik, neftni qayta ishlash, oziq-ovqat, koʻnpoyabzal sanoati korxonalari bor. Toʻqimachilik rivojlangan, ip va shoyi gazlamalar, gilamlar toʻqiladi. Universitetlar mavjud.Tabrizning ilk tarixi to'liq aniqlanmagan.Shahardagi eng qadimgi svilizatsiya belgilari mil.avv 1-ming yillikdagi temir davri qabr hovlisiga tegishli. Ular 1990-yillarning oxirida Moviy masjidining shimoliy tomonidan topilgan.[1]Shahar ham mill.avv 714-yil deb yozilgan. Mill avv 714-yilda Ossuriya qiroli Sargon2 ning asarida Tariu yoki Tauris shaklida yozilgan.[2] Shaharga 34-asrlarda Sosoniylar tomonidan asos solingan. 13-asr oxiri — 16-asr boshlarida Eron hududidagi turli davlatlarning poytaxti boʻlgan. 18—19-asr boshlarida Tabriz xonligining poytaxti. 19—20-asr boshlarida Qojar shohlari valiahdlari qarorgohi. Meʼmoriy yodgorliklardan Alishoh jome masjidi (1310—20), Koʻk masjid (1465) qoldiqlari saqlangan. Oʻrta asrlarda T. badiiy hunarmandchilik va tasviriy sanʼatning yirik markazi boʻlgan (Tabriz miniatyura maktabi).



Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]