Xitoy Xalq Respublikasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Xitoydan yoʻnaltirildi)
Oʻtish: foydalanish, Qidir
Xitoy Xalq Respublikasi
中華人民共和國 / 中华人民共和国
Zhōnghuá Rénmín Gònghéguó
Xitoy Davlat Bayrog`i   Xitoy Davlat Gerbi
Bayroq Gerb
Shior:
Madhiya: The March of the Volunteers
Xitoy Xaritasi
Poytaxt Pekin
Rasmiy til(lar)
Hukumat Bitta-partiyalik davlat
 •  Prezident   Hu Jintao
 •  Premyer   Ven Jiabao
Mustaqillik  
 •  Chin Sulolasidan   1-yanvar 1912-yil
 •  Xitoy Respublikasidan   1-oktabr 1949-yil
Maydon  
 • Butun 9,596,960 km² (3-)
 • Suv (%) 3,8
Aholi  
 • 2010 roʻyxat 1,347,374,752 (1- oʻrin)
 • Zichlik 139,6/km²
YaIM (XQT) 2005- yil roʻyxati
 • Butun AQSh$8,182,000 mil. (2-)
 • Jon boshiga AQSh$6,263
Pul birligi Yuan Renminbi (CNY)
Vaqt Mintaqasi (UTC)
 • Yoz (DST)
Qisqartma CH
Internet domeyn .cn
Telefon prefiksi +86


Rasmiy nomi Xitoy Xalq Respublikasi. Poytaxti — Pekin shahri. BMT aʼzosi.

Xitoy G’arbiy Osiyoda joylashgan boʻlib, maydoni 9,6 mln. km2 ni tashkil etadi. Osiyodagi yirik davlat hisoblanadi, jahonda esa maydoni jihatidan Кanada va Rossiyadan keyin 3-oʻrinda turadi. Xitoy quruqlikda 14 davlat bilan chegaradosh, ular: Afgʻoniston, Butan, Myanma(Birma), Hindiston, Qozogʻiston, Qirgʻizston, Laos, Moʻgʻuliston, Nepal, Poкiston (talash hudud boʻlgan Кashmir), KXDR, Rossiya, Tojikiston va Vetnam. Chegaralarning umumiy uzunligi 22 117 km. Dengiz boʻylab esa Shimoliy Koreyadan Vyetnamgacha, Gʻarbiy Xitoy dengizi, Koreys koʻrfazi, Sariq dengiz va Janubiy Xitoy dengizi, Tayvan oroli bilan Tayvan boʻgʻozi orqali 14 500 kilometr uzunlikda tutashgan. Xitoyni 1949-yildan Kommunistlar partiyasi boshqarib keladi. Xitoy faqat bir partiyali mamlakat hisoblanadi.

Mundarija

[tahrir] Tarixi

Asosiy maqola: Xitoy tarixi.

[tahrir] Geografiyasi

Asosiy maqola: Xitoy tabiati.

Bambukzorlar

Xitoyda bambukning 500 ga yaqin turlari mavjud, oʻrmonlarining 3 foizi bambuklardan tashkil topgan. Qalin qamishzorlarni Xitoyning 18 provinsiyasida uchratish mumkin. Bambuklar asosan hayvonlarga ozuqa boʻladi, shuningdek, sanoat korxonalarida ham ishlatiladi.

Xuanxe (Sariq daryo)

Xitoydagi ikkinchi buyuk daryo, uzunligi 5464 km. Xuanxe yoki Sariq daryo oʻta tezlik bilan oqadi. Bu daryoda 1642 yilda 300 ming kishi oqib halok boʻlgan

Lushan togʻlari Xitoy tamaddunining oʻchogʻi sanaladi. Maydoni 5 ming kvadrat kilometrga teng bu togʻlar mamlakat janubi, Tszyansi provinsiyasining Intan shahri yaqinida joylashgan. SHimolda Xitoyning eng uzun daryosi — Yantszi bilan chegaradosh. Janub tomondan mamlakatning eng katta chuchuk suvli daryosi — Poyaku suvlari bilan yuviladi. Lushan togʻlari 2000 yillik tarixga ega boʻlib, ular ilk bora xitoy solnomalarida tilga olingan. Qadimda bu erda sehr-jodu bilan shugʻullanishgan va shu bois Lushan togʻlari xudosizlar manzili xisoblangan. Daosizm va buddizm oqimlari vujudga kelgach, oqim asoschilari bu erga ilk maktab va akademiyalarni qura boshlagan. Qurilmalarning ayrimlari shu davrga qadar saqlanib qolgan. Qoʻriqxona necha yuz yillardan buyon oʻz goʻzalligi bilan butun dunyoni oʻziga maftun qilib keladi. Uni madh etuvchi 4 mingdan ziyod sheʼr va dostonlar bitilgan.1996 yildan YUNYeSKOning jahon meroslarini saqlash qoʻmitasi tomonidan unga quyidagicha baho berilgan: "Lushan togʻlarining dunyoviy merosi shundaki, u xitoy millatining maʼnaviy-madaniy qadryatlari bilan bevosita bogʻliq. Xitoy xalqining qadriyatlari tabiat bilan uygʻunlashib ketganday goʻyo. U yirik madaniy manzarani aks etdiradi. 2007yili Lushan togʻi Milliy bogʻ sifatida tan olinib, jahon meroslarining roʻyxatiga kiritilgan. 1998 yilda esa geologik park sifatida YUNYeSKO xalqaro tarmogʻiga kiritilgan. Bu tarmoqqa 28 geoparklar kiritilgan boʻlib, ularning 7 tasi Xitoyda joylashgan.

[tahrir] Itisodiyoti

Xitoy Xalq Respublikasi aholisining soni boʻyicha dunyoda birinchi oʻrinda turadi. 2009 yil maʼlumotiga koʻra, Xitoy Xalq Respublikasi aholisi 1,329 mlrd kishini (Syangan MAR va Tayvan provinsiyasi, Aomen rayonidan tashqari) tashkil etdi. U hozirda dunyo aholisining 21 % ni tashkil etmoqda. Xitoy aholisining oʻrtacha zichligi 1 kv.km. ga 137 kishini tashkil etadi. Xitoy aholisi uning hududi boʻylab bir tekisda joylashmagan boʻlib, Sharqiy Xitoyning dengiz oldi rayonlarida aholining zichligi 1 kv.km. ga 410 kishidan ortiq aholi toʻgʻri kelsa, Markaziy Xitoyda aholining zichligi 1 kv.km. ga 200 kishidan ortiq toʻgʻri kelsa, gʻarbiy Xitoyning togʻli hududlarida bu koʻrsatkich 1 kv.km. ga 20 kishidan ham kam kishi toʻgʻri keladi.

[tahrir] Dini

Xitoyning anʼanaviy dini konfusiylik, koʻpchilik daosizm va buddizm diniga sigʻinishadi. Xitoyliklar orasida islom va xristian dinlariga ham eʼtiqod qiluvchilari bor. Xuey, uygʻur, qozoq, qirgʻiz, tatar, oʻzbek, tojik, dunsyan, salar va baoan xalqlari musulmonlar hisoblanadi. Tibetliklar, moʻgʻullar, tai va yugurlar lamaizm diniga eʼtiqod qilishadi. Vetveylar buddizmga eʼtiqod kilishadi, myao va yaolar xristian diniga eʼtiqod qilishadi, koʻpchilik daurlar, orochonlar va evenklar shamanizmga eʼtiqod qilishadi.

[tahrir] Madaniyati

Asosiy maqola: Buyuк Хitoy dеvori.

[tahrir] Xitoy haqidagi maqolalar

Asosiy maqola: Xitoy va xitoyliklar.

[tahrir] Galereya


Osiyo mamlakatlari

Afgʻoniston · Armaniston · Ozarbayjon1 · Bahrayn · Bangladesh · Butan · Bruney · Birma · Kambodja · Xitoy Xalq Respublikasi · Xitoy Respublikasi (Tayvan)2 · Kipr · Misr3 · Gurjiston1 · Hindiston · Indoneziya4 · Eron · Iroq · Isroil · Yaponiya · Iordaniya · Qozogʻiston1 · Shimoliy Koreya · Janubiy Koreya · Quvayt · Qirgʻiziston · Laos · Livan · Malayziya · Maldivalar · Moʻgʻuliston · Nepal · Ummon · Pokiston · Filippin · Qatar · Rossiya1 · Saudiya Arabistoni · Singapur · Shri-Lanka · Suriya · Tojikiston · Tayland · Sharqiy Timor4 · Turkiya1 · Turkmaniston · Birlashgan Arab Amirliklari · Oʻzbekiston · Vyetnam · Yaman3


1 Qisman Yevropada2 Xitoy Respublikasi (Tayvan) BMT tomonidan tan olinmagan.
3 Qisman Afrikada4 Qisman Okeaniyada.

Shaxsiy uskunalar
Nomfazolar

Variantlar
Koʻrinishlar<!--Views-->
Amallar
O‘zbek viki / Ўзбек вики
ishtirok / иштирок
o‘zgarishlar / ўзгаришлар
asboblar (ʻ ʼ)
Boshqa tillarda