Temir

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Temir / Ferrum (Fe)
Atom raqami 26
Koʻrinishi oqish-kumush rang, yumshoq, egiluvchan metall
Atom xossasi
Atom massasi
(molyar massasi)
55,847 m. a. b. (g/mol)
Atom radiusi 126 pm
Ionlashish energiyasi
(birinchi elektron)
759,1(7.87) kJ/mol (eV)
Elektron konfiguratsiyasi [Ar] 3d6 4s2
Kimyoviy xossalari
Kovalentlik radiusi 117 pm
Ion radiusi (+3e) 64 (+2e)74 pm
Elektrmanfiylik
(Poling boʻyicha)
1.83
Elektrod potensiali Fe←Fe3+ -0,04 В
Fe←Fe2+ -0,44 В
Oksidlanish darajasi 6, 3, 2, 0, -2
Termodinamik xossalari
Zichlik 7,874 g/sm³
Solishtirma issiqlik sigʻimi 25,1 J/(K·mol)
Issiqlik oʻtkazuvchanlik 80,4 Vt/(m·K)
Erish harorati 1 808 K
Erish issiqligi 13,8 kJ/mol
Qaynash harorati 3 023 K
Qaynash issiqligi ~340 kJ/mol
Molar hajm 7,1 sm³/mol
Kristall panjarasi
Panjara tuzilishi kubik markazlashgan
Panjara davri 2,870 Å
Panjara/atom nisbati n/a
Debye harorati 460,00 K

Temir (lot. Ferrum), Fe — Mendeleyev davriy sistemasining VIII guruxiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 26 ; at. m. 55,847. T. 4 ta barqaror izotop: 54Fe(5,84%), 56Fe(91,68%), 57Fe(2,17%) va 58Fe(0,31%) dan iborat. T. qadimdan ishlatib kelingan. Inson dastlab metiorit temirini bilgan. T.ning qad. xalkdar tilida atalishi bunga dalildir: qad. misrliklar tilida "benipet" — "osmon temiri" maʼnosini bildiradi; qad. yunoncha sideros, lotincha sidus — yulduz, osmon jismi bilan bogʻlaydilar. Mil. av. 14-a.lardagi xettlar yozuvida T. haqida osmondan tushgan metall deb eslanadi. Roman tillarida T.ning rumocha atalish negizi saklanib qolgan (mas., frans. fer, ital. ferro).

Mil. av. 2000y.larda Osiyoning garbiy qismida T.ni rudalardan olish usuli topilgan; shundan keyin T. Misr, Yunonistonda ham ishlatiladigan boʻldi; jez davrini temir davri egallay boshladi.

T. tabiatda eng koʻp tarqalgan element. Yer poʻstida massa jihatidan 4,65% T. bor. T.ning 300 dan ortiq minerallari maʼlum boʻlib, ular T. rudalarining asosini tashkil etadi. T.ning sanoat uchun ahamiyatli rudalariga magnetit (magnit temirtosh) Gʻe3O4 (tarkibida 72,4% Fe bor), gematit (qizil temirtosh) Gʻe2O3(70% Fe), gyotit (aGʻeO(ON) yoki Gʻe2O3N2O, lepidokrokit uGʻeO(ON) va gidrogyotit (limonit) Gʻe2O3xN2O (62% ga yaqin Gʻe), siderit FeCO3(48,2% Fe), ilmenit FeTiOj (36,8% Fe) va b. kiradi. Tabiiy silikatlar tarkibida ham T. bor. Bundan tashqari, tabiatda pirit FeS2 ham uchraydi. Planetalararo fazodan Yerga tushadigan meteoritlar tarkibida 8095% Fe va 520% Ni boʻladi.

Sof T. oq tusli yaltiroq metall. Zichligi 7,874 g/sm3, suyuqlanish trasi 1535°, qaynash trasi 2750°. 4 shakl oʻzgarishga ega (a, r, u va 5T.). Bulardan a T. hajmiy markazlashgan kub shaklida kristallanadi, zichligi 7,87 g/sm3, 769° ga qadar barqaror, ferromagnit xossaga ega. Bu trada oT. oʻzining ferromagnitligini yoʻqotib, paramagnit xossa namoyon qiladi va RT. ga aylanadi, lekin bu vaqtda uning kristallik tuzilishida deyarli oʻzgarish boʻlmaydi. 917° da rT. uT. ga (zichligi 7,59 g/sm3, 1000°da) aylanadi.

1394° da polimorf oʻzgarish sodir boʻlib, uT. 8T. ga (zichligi 7,41 g/sm3) aylanadi; 5T 1535° da suyuqlanadi. Suyuq T.ning zichligi 7,024 g/sm3 (1538° da), 6,962 g/sm3 (1600°), 6,76 g/sm3 (1800°). T. elektr tokini yaxshi oʻtkazadi. T. odatdagi trada passiv, lekin nam havoda tez zanglaydi. Qizdirilganida deyarli barcha metallmaslar bilan reaksiyaga kirishadi. T. suyultirilgan kislotalar bilan reaksiyaga kirishib, kislorodsiz sharoitda 2 valentli T. tuzlarini hosil qiladi; konsentrlangan HNO3 va H2SO4 da T. passivlanadi. T. odatdagi sharoitda ishqorlarda erimaydi. T. oʻz birikmalarida Q2, Q3 valentli, lekin uning —2, Q4 va Q6 valentli mahsulotlari ham maʼlum. T. koʻpgina kompleks birikmalar hosil kiladi. Mac, kaliy geksatsianoferrat (II) — K4 [Fe(CN)6] — sariq rangli kristall modda (sariq qon tuzi). Bu tuz eritmadagi Gʻe3Q ionini ochishda qoʻllanadi. Kaliy geksatsianoferrat (III) — K3[Fe(CN)6] — zaharli qizgʻish kristall modda (qizil qon tuzi) analitik kimyoda Fe2Q ionini ochishda ishlatiladi. T. texnikada, asosan, choʻyan va poʻlat holida olinadi. Tarkibidagi uglerod miqdoriga koʻra, T. yumshoq T. (<0,2%S), poʻlat (0,21,7%S) va choʻyan (1,75%S)ga boʻlinadi. Texnikada temir va uning rudalari qora metallar deb ataladi. Texnik sof T. elektromagnitlar oʻzaklari va elektr mashinalari yakorlari, akkumulyatorlar plastinalari uchun materialdir. T. kukuni payvandlashda, shuningdek, misni sementatsiyalashda ishlatiladi. T.ning sunʼiy radioaktiv izotoplari 55/ye(T|Gʻ2q2,6 soat) va 59/ye (T|Gʻ2q 45,6 sutka) — izotop indikatorlar.

T. zamonaviy texnika uchun eng zarur metallardan biri. Lekin sof T. yumshoq boʻlgani uchun oz ishlatiladi. T. birikmalari sanoat, qishloq xoʻjaligi. va qurilish ishlarida keng qoʻllanadi.

Hayvon organizmlari va usimliklarda urta hisobda 0,02% T. buladi. U qondagi gemoglobin tarkibiga kiradi, kislorod almashinuvi va oksidlanish jarayonlarida ishtirok etadi. Oʻzida koʻpgina mikdorda T. toʻplaydigan organizmlar (konsentratorlar) ham bor (mas., temir bakteriyalar 17— 20% gacha T. toʻplaydi). Hayvon va oʻsimliklar organizmidagi T. oqsillar bilan bogʻlangan buladi. Oʻsimliklarda T. yetishmasa, usishi sekinlashadi va xlorofill hosil bulishi kamayadi, koʻpayib ketsa ham zarar qiladi, mas., sholi kam don tugadi. Odam va hayvonlar T.ni ovkatdan oladi (jigar, goʻsht, tuxum, dukkakli donlar, non, yorma, lavlagida T. ayniqsa koʻp boʻladi). Odam organizmi uchun bir kechakunduzda 60— 100 mg T. kerak. Tarkibida T. boʻlgan dorilar (qaytarilgan T., T. laktak, T. glitserofosfat, T. (II) sulfat, Blo tabletkasi, ferramid, gemostimulin va b.) T. yetishmaydigan kasalliklarda hamda kuvvat dori sifatida ishlatiladi.

Temir birikmalari. T.ning bir nechta karbonili maʼlum. Pentakarbonil Gʻe(SO)5 — sariq rangli, uchuvchan, zaharli suyuqlik. Suyuqlanish trasi —20°, qaynash trasi 102,5°, zichligi 1460 kg/m3; 60° da parchalana boshlaydi. Organik erituvchilarda eriydi. 180—200° va 16—20 MPa bosim ostida GʻeQ5SO> Gʻe(SO)5 reaksiyasi asosida olinadi. Gʻe2(SO)9 — oltinsimonsariq kristallar; parchalanish trasi 100°. Organik erituvchilarda oz eriydi. Havoda astasekin oksidlanadi. Osongina dissotsiyalanadi:Gʻe2(SO)9 ^Gʻe(SO)5 QGʻe(SO)4; hosil boʻlgan Gʻe(SO)4 tezda turli ligandlarni (fosfinlar, toʻyinmagan organik birikmalar va b.) biriktirib olib komplekslar beradi. Gʻe(SO)5 ni fotoliz qilish yoʻli bilan olinadi. Gʻe3(SO)|2 — qoramtiryashil kristallar; 140—150° da parchalanadi. Organik erituvchilarda oz eriydi. Gʻe2(SO), ni qizdirish yoʻli bilan olinadi. T. karbonillari magnitlar, magnitofon lentalariga yugurtiriladigan oʻta yupqa qatlam, turli detallar, pigmentlar, ferritlar, katalizatorlar tayyorlash uchun qoʻllanadigan karbonil temir kukunlari ishlab chiqarish.da, temirorganik birikmalar sintezida ishlatiladi.

T.ning kristallogidrat koʻrinishidagi nitratlari olingan. Geksagidrat Fe(NO,)26H2O — och yashil kristallar. Suyuklanish trasi 60,5°. 100 g suvda 24° da 86,95 g (suvsiz tuz hisobida) eriydi. Suvsiz Fe(NO,)2 va uning gidratlari beqaror, xavoda osongina oksidlanadi. Nonagidrat Fe (NO3)39H2O — och binafsha rangli gigroskopik kristallar. Suyuklanish trasi 50,1°; zichligi 1810 kg/m3.100 g suvda 20° da 82,48 g (suvsiz tuz hisobida) eriydi. Geksagidrat Fe(NO3)36H2O — rangsiz, gigroskopik kristallar; zichligi 1680 kg/m3; suvda, etanolda, atsetonda eriydi. T. nitrat gidratlari T. qirindilariga 20—30% li HNO3 eritmasini taʼsir ettirib olinadi. Suvni tozalashda koagulyant, gazlamalarni boʻyashda xurush sifatida, oksid kattalizatorlar sintezida qoʻllanadi.

T. oltingugurt bilan sulfidlar hosil qiladi: T. (P)sulfid FeS, T. disulfid FeS2 va b. Tabiiy T. sulfidlari (pirit va markazit FeS2, pirrotin Fe7S8) Yer poʻstida keng tarqalgan (q. Oltingugurt) T. ning 2 ta xloridi maʼlum: T. (II) xlorid GʻeS12 va T. (Sh)xlordi GʻeS13 T. (II) xlorid GʻeS12 rangsiz kristallar; oksidlanishi sababli havoda sargʻayadi. Suyuqlanish trasi 677°, qaynash trasi 1026°; zichligi 3,162 g/sm3. Suvda, etanolda, atsetonda eriydi. T. qirindilariga 500° da gaz holatdagi xlorid kislota taʼsir ettirib yoki GʻeS13ni vodorod bilan kaytarib olinadi. Organik sintezda katalizator, GʻeS13 olishda, antianemik preparatlar komponenti sifatida qoʻllanadi.

T.(Sh)xlorid GʻeS13 — toʻq kizil tusli kristallar. Suyuklanish trasi 309°, qaynash trasi 320°; zichligi 2,898 g/sm3. Suvda, spirtda, atsetonda eriydi. Tabiatda molizit minerali koʻrinishida uchraydi. 400—500° da T.ga quruq holdagi xlor yoki 500° da Gʻe2O3 ga xlorid kislota taʼsir ettirib hosil qilinadi. Suvni tozalashda koagulyant, gazlamalarni boʻyashda xurish, katalizator sifatida, analitik kimyoda SCN~, Sn2Q ionlarini ochishda, fenol va yenollarni aniklashda qoʻllanadi.

Adabiyot[tahrir]

  • Gulyayev A. P., Metallovedeniye, 6 izd., M., 1986; Kasoʻmova S. S, Biogennie elementoʻ, T., 1990; A., Rahimov H.R., Muftahov A. A., Anorganik kimyo, T., 2003.

Rustam Maʼrupov.

Fe 26
55,847
[Ar]3d64s2
Temir

Temir - unsurlar davriy jadvalining 26 unsuri, metall.

Havolalar[tahrir]


Unsurlarning davriy jadvali
H He
Li Be B C N O F Ne
Na Mg Al Si P S Cl Ar
K Ca Sc Ti V Cr Mn Fe Co Ni Cu Zn Ga Ge As Se Br Kr
Rb Sr Y Zr Nb Mo Tc Ru Rh Pd Ag Cd In Sn Sb Te I Xe
Cs Ba * Hf Ta W Re Os Ir Pt Au Hg Tl Pb Bi Po At Rn
Fr Ra ** Rf Db Sg Bh Hs Mt Ds Rg Uub Uut Uuq Uup Uuh Uus Uuo
* La Ce Pr Nd Pm Sm Eu Gd Tb Dy Ho Er Tm Yb Lu
** Ac Th Pa U Np Pu Am Cm Bk Cf Es Fm Md No Lr