Xiva xonligi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
1919'a kadar Xiva Xonligı Bayrog'i
Xiva Xonligi Bayrog'i, 1917-1920
Buxoro va Xiva xonligi XVI asrda

Xiva xonligi - oʻzbek davlatchiligi tarixi boskichlaridagi uchta xonlikdan biri (1512—1920 y.). Poytaxti — Vazir, Koʻhna Urganch, 16-a.ning 70-y.laridan — Xiva sh.

Temuriylar tasarrufida boʻlgan Xorazm hududini Shayboniyxon 1505 y.da bosib olgan. Shayboniyxon vafoti (1510) dan keyin Xorazm Eron safaviylari qoʻl ostiga oʻtdi. Ularga qarshi xalq qoʻzgʻoloni boʻlib, unga Vazir qalʼasi qozisi Umar va Baqirgʻon qishlogʻidan mulla Sayd Hisomiddin boshchilik qildi. Ikki yil davom etgan kurashlar natijasida eroniylar mamlakatdan quvib chiqarilgan va xorazmliklar taklifi bilan 1511 y. Vazir sh.ni egallagan shayboniylardan Elbarsxon Xorazm hukmdori deb tan olingan.

Elbarsxon (1511 —16) bilan birga Dashti Qipchoqdan Xorazmga kelgan xalkdar oʻtroklashganlar. Uning davrida xorazmliklar Turkmanistonning jan. qismi, Eron shim.dagi Saraxs, Orol va Mangʻishloqni egallashgan. Yangi yerlarni Elbarsxon oʻgʻillari va ukasi, qarindoshlariga boʻlib berishi natijasida mayda hokimliklar paydo boʻlgan. Elbarsxon vafotidan keyin uzluksiz oʻzaro nizolar sababli xonlar teztez almashib turgan. 16-a.da X.x.ni Sulton Hojixon (1516), Husaynqulixon (1516), Soʻfiyonxon (1516—22), Bujaqaxon (152226), Avaneshxon (152638), Alixon (153847), Akatoyxon (154756), Yunusxon (155657), Doʻstxon (1557—58), Hoji Muhammadxon (1559—1602) lar boshqarganlar. Bu davrda xalq, Elbarsxon avlodlari oʻrtasidagi oʻzaro qirgʻinlaridan tashqari Buxoro va X.x. oʻrtasida urushlar azobini ham tortishga majbur boʻlgan. Buxoroliklar Ubaydullaxon va Abdullaxon II hukmronlik davrlarida (153738; 1593; 159598) Xorazmga hujumlar qilib, qisqa vaqt X.x.ni Buxoroga boʻysundirganlar. Bu urushlar va 16-a.ning 70-y.larida Amudaryo oʻzanining oʻzgarib, Kaspiy dengiziga oqmay qoʻyganligi ham Xorazm iqtisodiyotiga salbiy taʼsir koʻrsatgan.

17-a. boshlariga kelib, Xorazm taxti uchun boʻlgan sulolaviy kurashlardan soʻng , taxtga oʻtirgan Arab Muhammadxon davrida X.x.da davlat parokandaligi oʻzining yuqori choʻqqisiga yetgan. Rus kazaklari, qozoqlar va qalmiqlarning talonchilik yurishlari, Arab Muhammadxonning oʻgʻillari Habash va Elbarslarning otalariga qarshi chiqishlari parokandalikni avj oldirgan. Bu kurashda ularning qoʻli baland kelib, otalarini qatl ettirishga erishadilar. Padarkush Elbars va Habash sultonlar (1621—23) akalari Asfandiyor (Isfandiyor, 1623—43) tomonidan taxtdan tushirilib, qatl qilingan. Eron shohi Abbos I homiyligida taxtga chiqqan Asfandiyorxon davrida mamlakat siyosiy hayotidagi keskinlik saqlanib qoldi. Orol boʻyidagi oʻzbek qoʻngʻirotlari Asfandiyorga boʻysunmay qoʻyishgan. Mamlakatda tarqoqlik va zulm kuchaygan. Bundan foydalangan yirik mulkdorlar Abulgʻoziy Bahodirxonpp 1643 y.da xon qilib koʻtarishgan. Abulgʻoziy Bahodirxon akasi vafotidan keyin 1644 y.da X.x. taxtiga oʻtirgan. U markaziy hokimiyatni mustahkamlab, Buxoro xonligining Chorjoʻy, Vardanza, Qorakoʻl, Karmana atroflariga bir necha marta harbiy yurishlar qildi.

Abulgʻoziy Bahodirxon 1662 y.da Buxoro xoni Abdulazizxon bilan sulh tuzib, 1663 y.da hokimiyatni oʻgʻli Anushaxonta topshirgan. Shunga qaramay Xiva qoʻshinlari Buxoro, Samarqand, Qarshiga talonchilik yurishlarini davom ettirgan. 1685 y. Xiva qoʻshinlari Gʻijduvon yaqinida magʻlubiyatga uchragach, Buxoroning X.x.ga taʼsiri kuchaygan. Buxoro xoni Subhonqulixon Anushaga qarshi fitna uyushtirib, uning oʻgʻli Arang Muxammadxonta taxtni egallashga yordam berdi. Lekin uning hukmronligi juda qisqa boʻlgan. 17-a.ning oxiri — 18-a. boshlarida X.x.da Xudoydodxon (1687—88), Oʻzbekxon—Arnakxon (1688—90), Joʻji Sulton (169497), Valixon (169799), Shohniyozxon (1699—90), Shohbaxtxon (170203), Sayid Alixon (170305), Musaxon (1705—06), Yodgorxon (1706— 13) kabi oʻnlab xonlar almashgan. Bu mamlakat axvolini yanada ogʻirlashtirgan. Xuddi shu davrga kelib Rossiyaning Sharqqa boʻlgan qiziqishi ortgan va Petr I 1714—17 y.larda Aleksandr BekovichCherkasskiy (q. BekovichCherkasskiy harbiy yurishi) boshchiligida Xx.ga harbiy ekspeditsiya joʻnatgan. Xiva xoni Shergʻozixon (1714—28) Qayragʻoch darasidagi ochiq toʻqnashuvda katta talafotga uchragach, harbiy hiyla ishlatib, rus qoʻshinlarini 5 ta shaharga boʻlib yuborgan va ularni aloxddaalohida qirgʻin qilgan. Bu paytda ichki nizolar, zulm avj olgan, Orol boʻyi aholisi Xivaga boʻysunmay qoʻygan edi. 1728 y. Xivadagi Shergʻozixon madrasasi qurilishida qullar qoʻzgʻolon koʻtarib, xon va uning mulozimlarini qatl qilishgan. Shu voqeadan keyin X.x.da siyosiy oʻyin yana avj olgan. X.x.dagi oʻzaro urushlarda Elbarsxon (1728—39) hokimiyatni qoʻlga kiritgach, ichki nizolarni bostirib, qoʻshni hududlarga bosqinchilik yurishlarini amalga oshirgan. 1740 y. Eron shohi Nodirshoh X.x.ga bostirib kirib, uni oʻziga boʻysundirgan. 1741 y. xorazmliklarning qoʻzgʻoloni eroniylar tomonidan bostirilgan. 18-a. oʻrtalaridagi xonlar goh Eron shohdarining xohishi, goh Buxoro hukmdorlarining taʼsiri, goh mahalliy aholi qoʻngʻirot urugʻining yordami bilan teztez almashinib turgan. Bu davrda Tohirxon (1739—40), Abulxayrxon (7—8 kun), Nuralixon (1740—42), Abulgʻoziyxon II (1742—46), Gʻoyibxon (174656), Qoraboyxon (175657), Temurgʻoziyxon (1757—64) va boshqalar X.x.da rasman hukmronlik qilishgan. 18-a.ning 60-y.laridan badavlat shaharliklar va ruhoniylarning qoʻllabquvvatlashiga erishgan qoʻngʻirot urugʻlari X.x.da hokimiyatni qoʻlga ola boshlagan. Inoq Muhammad Amin (1770—90) 1770 y.da turkmanlarning qarshiligini sindirib, 1782 y.da Buxoro amirligi hujumini qaytarib, X.x.da qoʻngʻirotlarning amaldagi hokimiyatini mustahkamlagan. Avaz Muhammad Inoq davrida X.x.da markaziy hokimiyat mustahkamlanib, iqtisodiy ahvol birmuncha yaxshilangan. Bu bilan 19-a. boshlarida qoʻngʻirotlar sulolasi hokimiyatni rasman egallashiga zamin tayyorlagan. Muhammad Amin Inoq va Avaz Muhammad Inoqlar chingiziy sultonlar nomidan hokimiyatni boshqargan boʻlsalar, ularning vorisi Eltpuzar (1804—06) 1804 y.daAbulgʻoziyxon V Yodgorxon oʻgʻli (1802— 04)ni taxtdan tushirib, oʻzini xon deb eʼlon qilgan. Shuning uchun ham Eltuzarxon X.x. taxtiga oʻtirgan qoʻngʻirotlar sulolasining 1xoni hisoblanadi. Uning vorisi, inisi Muhammad Rahimxon I X.x.ni birlashtirishni nihoyasiga yetkazgan. 1811 y.da bir qancha yurishlardan keyin qoraqalpoqlarni ham X.x. tarkibiga qoʻshib olgan. U oʻtkazgan siyosiy, maʼmuriy, iqtisodiy islohotlar natijasida boshqaruv tizimi takomillashib, soliqlar tartibga tushgan.

Olloqulixon (1825—42), Rahimqulixon (1842—45) va Muhammad Aminxon (1846—55) davrlarida Xiva qoʻshinlarining Xurosonga yurishlari kuchaydi, Marv sh. uchun Buxoro amirligi bilan teztez urushlar boʻlib turgan. Xiva xonlari bu davrda Sirdaryoning Orol dengiziga quyiladigan joyidan Turkmaniston hududidagi Kushkagacha boʻlgan yerlarni boshqargan. 1855 y.da Saraxsni qamal qilish paytida Muhammad Aminxonning halok boʻlishi mamlakatda parokandalikka sabab boʻlgan. Abdullaxon (1855— 56), Qutlugʻmurodxonlar (1856) 6 oydan koʻp hukmronlik qilmaslaridan oʻddirilgan. 1856 y.da taxtni Sayd Muhammadxon (1856—64) egallagan.

X.x.da soʻnggi mustaqil hukmdor Feruz taxallusi bilan ijod qilgan Muhammad Rahimxon II (1864—1910) boʻlgan. Uning davrida xonlikning siyosiy, iqtisodiy, madaniy jihatdan oʻsishi koʻzga tashlanadi. Lekin, 1873 y. Rossiya X.x.ni bosib olgan, Muhammad Rahimxon II va K.P.Kaufman imzolagan Gandimiyon shartnomasiga koʻra, X.x. Rossiyaga qaram davlatga aylanib qolgan. Asfandiyorxon (1910— 18) Rossiyadagi oʻzgarishlar sabab X.x.da zulmni kuchaytirgan. Shu bilan birga Rossiya hukumati talabi bilan 1910—13 y.larda vazir Islomxoʻja boshchiligida islohotlar oʻtkazishga harakat qilgan. 1914—16 y.larda soliqlarning koʻpayishi, iqtisodiy ahvolning ogʻirlashishi sababli xalqning norozilik harakati kuchaydi.

1917 y. Rossiyadagi fev. inqilobi taʼsirida Yosh xivaliklar va b. siyosiy kuchlarning talabi bilan Asfandiyorxon majlis chaqirish va nozirlar kengashini tuzish toʻgʻrisidagi manifestga imzo chekkan. 1917 y. oxirlarida X.x.dagi sovetlarga moyil kuchlarning olib chiqib ketilishi majlisning tugatilishiga asos boʻlgan. 1918 y. yanv.da soʻnggi rus askarlarining X.x.dan chiqib ketishi Junaidxon Xiva sh.ni egallashiga imkon bergan. Asfandiyorxon Junaidxon qoʻlida qoʻgʻirchoq hukmdorga aylanib qolgan. Siyosiy oʻyinlar sababli 1918 y. okt. oyida Junaidxon tomonidan Asfandiyorxon oʻldirilgan va soʻnggi xon Sayd Abdullaxon (1918 y. okt. — 1920 y. 2 fev.) taxtga chiqarilgan. Bu davrda X.x. mustaqil davlat sifatida faoliyat yurgizgan. Yosh xivaliklar qizil armiyaning yordami bilan 1920 y. 2 fev.da Sayd Abdullaxonni taxtdan tushirishgan va X.x. tugatildi deb eʼlon qilishgan.

16—19-a.lar davomida X.x. hududlari doimo oʻzgarib turgan. Dastlab xonlik hududi Xorazm vohasidagina joylashgan boʻlsa, keyinchalik uning chegarasi jan.da Eron va Marvgacha, shim.da Ural daryosigacha boʻlgan yerlarga choʻzilgan, sharkda Buxoro amirligi, gʻarbda esa Kaspiy dengizi kirgʻokdarigacha yetgan. Ruslar bosqinidan keyin Amudaryoning chap qirgʻogʻida 62237,2 km2 yer maydoniga ega kichik vassal davlatga aylanib qolgan. Aholisining soni ham doimo oʻzgarib turgan. Oʻrtacha 1 mln. kishi atrofida aholi yashagan. Uning koʻpchiligini oʻzbeklar, turkmanlar, qoraqalpoqlar, kam sonli forslar, arablar, ruslar va b. tashkil qilgan.

X.x. boshqaruv tizimi, asosan, Buxoro va Qoʻqon xonliklaridek boʻlib, farqi, 19-a. boshlaridan xon huzurida Kengash (Devon) boʻlgan. Eng yuqori amaldorlardan tashkil topgan kengash vakolati cheklangan. Asosiy qarorlar xon tomonidan qabul qilingan boʻlsada, amaldorlarning xonlik boshqaruvidagi mavqei baland edi. Mansab va unvonlar harbiymaʼmuriy, harbiy va diniy toifalarga boʻlingan. Inoq, otaliq, biy, amir ulumaro, mehtar, qushbegi, beklarbegi, devonbegi va b. unvon va mansablar xonlik iqtisodiy, siyosiy, moliyaviy, harbiy hayotida muhim oʻrin tutgan. Xonlik sud ishlari, asosan, diniy ulamolar qoʻlida boʻlib, ularning mamlakat hayotida taʼsiri kuchli boʻlgan.

Xonlikda davlat tili oʻzbek tili boʻlib, Buxoro va Qoʻqondan farqli oʻlaroq barcha farmonlar, davlat hujjatlari faqat oʻzbek tilida yozilgan. 16 — 18-a.larda X.x.ning maʼmuriy jihatdan boʻlinishi viloyat deb atalgan boʻlsa, 18-a.dan beklik deb atala boshlagan. Dastlab xonlikda 16 ta viloyat, 2 ta noiblik boʻlgan boʻlsa, keyinchalik viloyatlar soni 22 taga yetgan. Ularni xon tomonidan tayinlangan hokim va noiblar boshqargan. Xiva sh. esa xon va bosh vazir tomonidan boshqarilgan.

Ijtimoiy hayotda xon va uning amaldorlari va diniy ulamolarning mavqei yuqori boʻlib, iqtisodiy hayotning asosini tashkil qiluvchi yer ham, asosan, ular qoʻlida boʻlgan. Kam yerli va yersiz dehqonlar ulardan ijaraga yer olib ishlaganlar va ularning ahvoli juda ogʻir boʻlgan. Sunʼiy sugʻorishga asoslangan dehqonchilik mamyaakat iqtisodida muhim oʻrin tutgani uchun Amudaryodan chiqarilgan kanallarni qazish davlat ahamiyatiga molik ish hisoblangan. Shuningdek, chorvachilik, hunarmandchilik, savdosotiq ham iqgisodiy hayotda muhim oʻrin tutgan.

Xonlik harbiy qoʻshini va qurol aslahasini yaxshilash juda past darajada boʻlgan. Qoʻshinni koʻproq yarim koʻchmanchi turkmanlar tashkil etgan. Oldingi davrlardagi harbiy sohadagi ijobiy tajribalar rivojlantirilmay tashlab qoʻyilgan.

X.x. Buxoro, Qoʻqon, Eron va Rossiya kabi qoʻshni davlatlar bilan savdosotiq ishlari olib borgan. Soliqdar barcha musulmon davlatlaridagidek xiroj, zakot, boj va juzʼyadan iborat boʻlgan. Shu bilan majburiy mehnatning baʼzi turlari amalga oshirilgan.

Boshlangʻich maktabda oʻqish, yozishni oʻrgangan bolalar madrasalarda oʻqitilgan. 19-a.da X.x.da 1500 ga yaqin boshlangʻich maktab va 103 Madrasa mavjud boʻlgan. Xiva sh.ning oʻzida 22 ta Madrasa boʻlgan. 19-a.da X.x.da adabiyot, tarixnavislik, xattotlik, musiqa sanʼati, meʼmorlik va madaniyatning boshqa sohalarida muayyan yutuqlar qoʻlga kiritilgan.

Munis, Ogahiy, Feruz, Komil Xorazmiy, Kamron, Bayoniy, Xisraviy, Murodiy, Rojiy, Mutrib Xonaxarobiy, Laffasiylar asarlari oʻzbek adabiyoti rivojida oʻziga xos oʻringa ega. Tanbur chizigʻi notasini yaratgan Komil Xorazmiy "Maqomi Feruz Shohiy" asari va "Panjgoh" maqomi bilan oʻzbek millati sanʼatiga katta hissa qoʻshgan. Abulgʻoziyxon "Shajarayi turk", "Shajarayi tarokima" asarlari bilan Xorazm tarixnavislik maktabini boshlab bergan boʻlsa, Munis va Ogahiylar tarixnavislik va tarjimonlik maktabini yaratib, "Firdavs uliqbol", "Zubdat uttavorix", "Gʻiyos uddavlat", "Jome ulvoqeoti sultoniy", "Shohid ul iqbol" asarlari bilan tarix sohasini rivojlantirdilar. Bayoniyning "Shajarayi Xorazmshohiy", "Xorazm tarixi" asarlari Oʻzbekiston tarixini oʻrganishda asosiy manbalar hisoblanadi.

Hoz. Xiva sh.da saqlanib qolgan qad. meʼmorlik inshootlari, asosan, xonliklar davrida qurilgan. Bularga Anushaxon hammomi, Shergʻozixon madrasasi, Muhammad Aminxon madrasasi, Koʻhna Ark, Toshxovli, Karvonsaroy, Islomxoʻja minorasi, Qalʼa devori, Nurillaboy saroyi va b. kiradi.

Adabiyot[tahrir]

  • Abulgʻoziy, Shajarayi turk, T., 1992; Ogahiy, Asarlar, 56j., T., 1978— 80; Bayoniy, Shajarai Xorazmshohiy, T., 1994; Xiva ming gumbaz shahri, T., 1997.

Neʼmat Polvonov.

1505 yil Shayboniyxon qoʻshinlari Xorazmni egallab oladi. Lekin 1512 yilga kelib xonlik hokimiyati koʻchmanchi oʻzbeklarning boshqa urugʻi (shajarasi) rahbari Ilbarsxon qoʻliga oʻtadi. Shu vaqtdan boshlab Xiva xonligi yuzaga keladi, uning poytaxti turli yillarda Vazir, Qoʻhna Urganch va Xiva shaharlari boʻlgan. Xonlik tarkibiga Xorazmdan tashqari Mangʻishloq, Balxan togʻlari, Dehiston, Oʻzboy(Uzboy) va Oʻrta Xuroson hududlari kirgan. Buxoro xonligi bilan Oʻrta Osiyoda hukmronlik huquqi yoʻlidagi kurashda Xiva askarlari Qorakoʻl, Chorjoʻy, Vardanzini xorabazorga aylantirdi va Karmanagacha yetib keldi. 1662 yil Xiva xoni Abulgʻozi navbatdagi urushdan soʻng Buxoro xoni Abulaziz bilan sulh tuzdi. Lekin uning oʻgʻli Anushaxon (1663-1687yy.) davrida Buxoroga hujumlar yana davom ettirildi. 1685 yil xivaliklar Samarqandni egallab olishga muvaffaq boʻlishdi. Lekin Gʻijduvon yonida Anushaxon magʻlubiyatga uchradi va Samarqandni tashlab chiqishga majbur boʻldi. Koʻp oʻtmasdan Buxoro xoni Anushaxonga qarshi fitna uyushtirdi, unda Anushaning oʻgʻli Ernak(Ereng) ham ishtirok etdi. 1687 yil Anusha hibsga olinib, koʻzi koʻr qilindi. 1668 yil Buxoro xoni Subxonquli Xorazmni oʻziga boʻysindirdi va uning hukmdori etib Shohniyozni tayinladi- keyinchalik u xonlik unvonini qabul qildi. Shohniyoz xonlik hokimiyatini mustahkamlash va Buxoroga tobelikdan xalos boʻlishga intildi. Shu maqsadda 1700 yil Buxorodan yashirin holda Petr I ga elchi joʻnatib, qoʻl ostidagi xalqi bilan oʻzini Rossiya fuqaroligiga qabul qilishni soʻradi. Xon Arab Muhammad (1702-1714yy.) ham Rossiya koʻmagiga umid qilgan koʻrinadi. Shergʻozixon (1715-1728yyy.) hukmronligi davrida feodal fitnalari davlatni boʻlak-boʻlakka ajratib tashlagan. 1717 yil Xiva xonligi Rossiya davlatining A.Bekovich-Cherkasskiy boshchiligidagi harbiy ekspedisiyasi hujumini bartaraf etishga muvaffaq boʻlgan. Shergʻozidan soʻng xonlik taxtiga Ilbars (1728-1740yy.) oʻtirdi. Eron shohining Afgʻoniston va Hindistonga qilgan yurishidan foydalangan Ilbars Xurosonga hujum qildi. Ushbu voqea, shuningdek Xiva tomonidan Eron hukmronligining rad etilishi va Buxoroni harbiy jihatdan qoʻllab quvvatlanishi Nodirshohni Xorazmga yurish qilishga undadi. Hazorasp yonida Ilbars magʻlub boʻldi. Toʻrt kunlik qamaldan soʻng Nodirshoh poytaxtni zabt etdi. Xiva armiyasining katta qismi Nodirshoh qoʻshinlari tarkibiga kiritildi. Xivada Nodirshoh vakili va Eron harbiy garnizoni qoldirildi. Lekin xonlikning shimoliy qismida Eron hukmronligi kuchga ega emas edi. Bu yerda orolliklar orasida 1730—1732 yillarda Rossiya fuqaroligini qabul qilgan Kichik qozoq ulusi xoni Abul Xayrning oʻgʻli Nuralining mavqei baland edi. 1741 yil xivaliklar Eronga qarshi bosh koʻtarishdi. Xiva qoʻzgʻolonchilar tomonidan ozod etildi hamda vakil va garnizon yoʻq qilindi. Xonlik taxtini Nurali egalladi. Bu voqealardan xabar topgan Nodirshoh oʻgʻli Nurullomirzoga Xorazmga qarshi yurishni buyuradi. Nuralini taxtga koʻtargan Xiva korchalonlari Marvga boʻyin egib borishadi. Ularning iltimosiga koʻra Nodir Xiva xonligiga Ilbarsning oʻgʻli Abu Muhammadni tayinlaydi. 18 asrning 40-yillarida Xivada bir necha xon almashdi.

Itchan Kala Duvarları
Muhammad Amin Xon Madrasasi
Kala Garp Kapısı

Xonlar (1515-1920)[tahrir]



Bu maqola vikilashtirilishi kerak.

nothumb

Iltimos, bu maqolani Vikipediya qoida va yoʻllanmalariga muvofiq tartibga keltiring.