Shahrisabz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Shahrisabz — Qashqadaryo viloyatidagi shahar. Shahrisabz tumani maʼmuriy markazi (1926 yildan). Kitob—Shahrisabz vohasida. Katta Oʻzbekiston trakti yoqasida joylashgan. Sh. jan.dan Tanxozdaryo, shim.dan Oqsuv daryosi oqib oʻtadi. Urtacha bal. 658 m. Aholisi 90 ming kishi (2004). Sh. Oʻzbekistondagi qadimiy shaharlardan biri. Arxeologik maʼlumotlarga koʻra, shaharga mil. av. 1 ming yillikning oʻrtalarida asos solingan. Sh.mil. boshlarida va ilk oʻrta asrlarda turli nomlar bilan atalgan (q. Kesh). 13-asrdan Sh. nomi ham urf boʻlgan.

Moʻgʻullar istilosi davrida shahar tarixi yozma manbalarda deyarli yoritilmagan. 1351 yilda zarb etilgan kumush tangalarda "Shahrisabz" nomi uchraydi. Sharafuddin Ali Yazdiy (15-asr) shahar toʻgʻrisida: "Shahrisabz, uni turkiylar Kesh deb ataydilar" deb yozgan. Sh. yaqinidagi Xoja Ilgor qishlogʻi (hoz. Yakkabogʻ tumani hududi)da Sohibqiron Amir Temur tavallud topgan. Sh. oʻsha davrda "Qubbatulilm valadab" nomi bilan yuritilgan. Xusrav Dehlaviy, Bedil, Mirzo Gʻolib kabi allomalarning otabobolari Sh.da tugʻilgan.

Amir Temur va Temuriylar davrida Sh. ulkan saltanatning yirik shahriga, barlos beklarinint yozgi qarorgohiga aylantirilgan. Oqsaroy va Dor ussiyodat majmuasi qurilgan. Shahar atrofi qalʼa devori bilanoʻrabolingan. Ispaniya elchisi Klavixo oʻz qundaligida Sh.da koʻplab mahobatli binolar va masjidlar borligini va qurilayotganligini taʼkidlaydi. Keyinroq ham koʻplab meʼmoriy obidalar (Dor uttilovat majmuasi, Koʻk gumbaz masjidi va boshqalar) qurildi. Hofizi Abru shaharda koʻhna devor (bandi qadim) boʻlganligi, biroq u 15-asr boshlarida buzilib ketganligini ham yozadi. Oʻsha paytda Sh.ning 4 darvozasi: Ark (shim.), Kunchiqar (sharqiy), Kushxona (gʻarbiy), Termiz (jan.) darvozalari boʻlgan.

1556 yilda Sh.ni Abdullaxon II egallagan. Keyinchalik Sh. Buxoro xonligining Qarshi viloyati tarkibida boʻlib kelgan. 16-asr oʻrtalarida ham Sh. mustahkam mudofaa devorlari bilan oʻralgan edi.

Mahmud ibn Vali (17-asr) oʻzining "Bahr alasror" ("Sirlar dengizi" — "Geografiya") asarida Sh.ni quyidagicha taʼriflagan: "Kesh — Movarounnahr shaharlaridan biri, yamyashil bogʻlari va koʻzga quvonch baxsh etuvchi gulzorlari tufayli u hozir Shahrisabz nomi bilan shuhrat topgan. U jahondagi eng chiroyli shaharlardan biri hisoblanadi; iqlimi juda yaxshi va diltortar...".

Ashtarxoniylar davrida Sh. siyosiy mavqeini ancha yoʻqotgyn. Sh.da hokimiyat uchun kurashda avval mangʻitlar, soʻngra qoʻngʻirotlar urugʻi gʻolib chiqib markaziy hokimiyat — Buxoro xonligini tan olmaslikka urinishgan. 18-asr 1-choragida Dashti Qipchoq qozoqlari Zarafshon va Qashkdsaryo vohalariga talonchilik hujumlari uyushtirganda Sh.da bir necha muddat shahar hayoti izdan chiqqan. 1750—52 yillardan Sh. Buxoro amirligi tasarrufiga oʻtdi. 18-asr oʻrtalarida shahar qaytadan qad rostlagan.

SH. hokimi Bobobek, Kitob begi Joʻrabek, amir Muzaffarning katta oʻgʻli Abdulmalik (Katta toʻra) boshchiligida katta qoʻshin bilan 1868 yilda ruslar bosib olgan Samarqand shahrini qaytarib olish uchun otlanishgan, ammo chekinishga majbur boʻlganlar. 1870 yil avgustda Turkiston gubernatori K.P. Kaufmannit buyrugʻi bilan general Abramov qoʻmondonligidagi maxsus qoʻshin Sh. va Kitobni bosib olgan. Biroq rus qoʻshini qoʻmondonligi Sh. va Kitobni Buxoro amiri tayinlagan beklarga topshirib, Samarqandga qaytishgan. Sh. 1920 yilgacha Buxoro xonligi tarkibida boʻlgan.

SH. aholisining asosiy qismi savdosotiq va hunarmandchilik bilan shugʻullangan. 18— 19-asrlarda Sh.da 6 darvoza, 7 karvonsaroy va 6 ta madrasa, bir nechta bozor, shahar tashqarisida Namozgoh masjidi bor edi.

20-asr oʻrtalarida Sh.da "Hujum", badiiy buyumlar, tikuvchilik, keyinroq pillakashlik fkalari ishlay boshladi. 1930—40 ylarda Sh.dagi tarixiy yodgorliklarning ahvoli achinarli holda boʻlgan, ulardan omborxona, turar joy va boshqalar maqsadlarda foydalanilgan. Sh. va uning tarixiy madaniy merosi ataylab keng doirada targʻib qilinmagan.

Mustaqillik yillarida Sh. qiyofasi tubdan oʻzgardi. Shahar markazi qayta qurildi. 1996 yilda shahar mayd. 2460 gektarga kengaygan.

SH.dagi eng katta maydon — Amir Temur maydoni. Shahar markazidan eng katta Ipak yoʻli koʻchasi oʻtadi. 11 ta yirik sanoat korxonasi (shu jumladan, "Hujum" badiiy buyumlar f-kasi, "Sado" trikotaj f-kasi, "Konserva" va "Sharob" aksiyadorlik jamiyatlari, toʻqimachilik, pillachilik fkalari va boshqalar), 8 qoʻshma korxona (shu jumladan, Oʻzbekiston—Buyuk Britaniya "Mevalar kamalagi"; Oʻzbekiston—AQSH "Shahinterneshnl"; Oʻzbekiston—Rossiya "Kompasqoqsuv"; Oʻzbekiston—Turkiya "Shahri Kesh"; Oʻzbekiston—Turkiya— Yaponiya "Oqsaroy toʻqimachi LTD" va boshqalar), kichik, oʻrta biznes subʼyektlari faoliyat koʻrsatadi. Savdo va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari mavjud. Buxoro oziqovqat va yengil sanoat texnologiyasi intining umumtexnika fti, kasb-hunar kolleji va akademik litseylar ishlab turibdi. 10 ta jamoat kutubxonasi, madaniyat uyi, madaniyat va istirohat bogʻi, teatr, tarix va moddiy madaniyat muzeyi, 3 ta bolalar musiqa va sanʼat maktabi, 2 ta bolalar sport maktabi bor. 3 ta tennis korti, 3 ta suzish havzasi, stadion, 18 ta sport zali mavjud. Markaziy kasalxona (1050 oʻrin), yangi jarrohlik markazi aholiga xizmat koʻrsatadi. T.y. vokzali, avtovokzal, aeroport ishlab turibdi. "Keshg va "Shahrisabz" mehmonxonalari bor. Sh.da Amir Temurning ulugʻvor haykali (haykaltaroshlar: Ilhom va Kamol Jabborovlar, meʼmor Botir Usmonov) oʻrnatilgan (1996).

SH. zaminida bir qancha olim va ulamolar, shoirlar voyaga yetgan, jumladan, Abu Muhammad Keshiy (964 yilv.e.), Abu Jaʼfar Keshiy (951 yilv. e.), Abul Fazoil Keshiy (12-asr), Shamsuddin Kulol (Amir Temurning piri) va boshqalar Sh.da 20 ga yaqin tarixiy meʼmoriy yodgorlik saqlanib qolgan. Temuriylar davrida qurilgan Oqsaroy qasrining peshtoq devori, Dor usSiyodat va Dor utTilovat majmualari, Koʻk Gumbaz masjidi, Gumbazi Sayidon, Shamsuddin Kulol maqbarasi, Jahongir maqbarasi, Hazrati Imom masjidi, shuningdek, Chorsu bozori (16-asr), Chubin madrasasi (16-asr), Abdushukur Ogʻaliq (19-asr), Eshonpir (19-asr), Kunduzak masjidlari kabi meʼmoriy obidalar saqlanib qolgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2002 yil 29 martda Sh.ning 2700 yillik yubileyini nishonlash toʻgʻrisida qaror qabul qilindi. Ushbu yubiley butun mamlakatimizda va Sh.da keng nishonlandi. Bu tantanalarda YUNESKO vakillari ham qatnashdi. Sh. Jahon madaniy merosi roʻyxatiga kiritilgan (2002 yil dek.). Shaharda koʻplab anjumanlar va konferensiyalar oʻtkaziladi.

SH. ahlining Temuriylar davri ulkan madaniy va maʼnaviy merosi, noyob tarixiy yodgorliklarini asrabavaylash, yosh avlodni buyuk ajdodlarimizning munosib vorislari qilib tarbiyalash va ularni ozod mamlakatimiz buyuk istiqbolini yaratishga qodir kishilar qilib voyaga yetkazish ishiga qoʻshgan alohida xizmatlari eʼtiborga olinib hamda sohibqiron Amir Temur tavalludining 660 yilligi munosabati Sh. "Amir Temur ordeni" bilan mukofotlandi (1996 yil oktyabr).

Adabiyot[tahrir]

  • Shahrisabz — ming yillar merosi, T., 2002; Shahrisabz shahrining jahon tarixida tutgan oʻrni, T., 2002; Qadimiy Kesh— Shahrisabz tarixidan lavhalar, T., 1998; Yaqubov B., Shahrisabz va Kitob tarixidan, Qarshi, 1996; Nosir Muhammad, Nasaf va Kesh allomalari, T., 2001.

Qahramon Rajabov.