Margʻilon
|
||||
|---|---|---|---|---|
| [[Image:{{{Shahar_belgisi}}}|140px]] | ||||
| Tashkil topgan sanasi |
mil. avv. III-II asr | |||
| Maydoni |
40 km² | |||
| Aholisi |
190 ming kishi |
|||
| Shahar hokimi | [[]] | |||
| Pochta indeksi |
1511ХХ | |||
| Telefon kodi |
8-10-998-732 | |||
| Vebsayt | www.margilon.uz | |||
Margʻilon (boshqa nomlari Margilan, Margelan) — Oʻzbekiston shaharlaridan biri. Farg`ona viloyatida joylashgan. Aholisi 190,2 ming kishi. Shaharda 30 dan artiq millat va elatlar istiqomat qiladi. Jumladan, 91,9 % o`zbeklar, 3,1 % ruslar, 1,4 % tatarlar. Shahr iqlimi — kontinental, qish yumshoq, yoz esa juda issiq keladi.
Geografik kordinatlari:40°28' 16 N Shimoliy kenglik, 71°43' 29 E Sharqiy uzunlikda. Dengizdan 487 metr balandlikda. Margʻilon shahri ming yillardan beri oʻzining usta-hunarmandlari, olimu fuzalolari bilan dunyoga mashhurdir. 2007-yil YUNESKO qaroriga binoan shahrning 2000 yillik tantanalari oʻtkaziladi.
[tahrir] Margʻilon Tarixi
Afsonalarga koʻra, Margʻilonga Iskandar Zulqarnayn tomonidan asos solingan.Aytishlaricha Zulqarnayn ovqatlangani toʻhtaganda, unga Murg` yaʼni tovuq va Non berilgan ekan va shundan Murg`inon boʻlib shaharni nomi kelib chiqqan ekan.Lekin boshqa ishonchliroq maʼlumotlarga qaraganda Marg`ilon Miloddan Keyingi IX asrda Buyuk Ipak Yo`lidagi muhim shahrlardan boʻlgan.XV asrda yashab oʻtkan vatandoshimiz va Boburiylar imperiyasining asoschisi Bobur oʻzinig Boburnoma kitobida «koʻb yahshi narsalarga boy shahar.Uning Shaftolilari va Anorlari ham koʻb yahshidur» deb yozgan.Va uning aytishicha «Samarqand ning va Toshkent ning eng koʻzga koʻringan bezori va urishqoqlari Margʻilonliklardir».Bu «sharaf» hozirgi zamonlargacha ham yetib kelgan.Margʻilon savdogarlari O`rta Osiyo savdo-sotigʻ ishlarida muhim rol oʻynaganlar va Sovet davrida bu shaharni odamlarini qonun bilan chiqishmovchiliklari boʻlgan.Buni ustiga oʻsha paytlarda Marg`ilon, O`zbekistonning-Qora Bozorini(Noqonuniy bozor) markazi boʻlgan.Hozirgi kunda Marg`ilon konservativ Islomning markazlaridan.
Yana shaxarda,Oʻzbekistondagi eng yirik Shoi ishlab chiqaradigan Yodgorlkik Shoi Korhonasi va Marg`ilon Shoi Korhonalari joylashgan.Farg`ona Vodiysiga shoi toʻqish qachon kelganligi nomaʼlum, lekin eski zamonlardan maʼlumki Marg`ilon bu sohada juda mashhur boʻlgan.
[tahrir] Shaharning Turistik Joylari
Xonaqa masjidi — 4 asrlik tarixga ega boʻlgan jomeʼ masjidi.
Said Ahmad Hoʻja Madrasasi — XIX asrdan bera faoliyat koʻrsatib kelayotgan madrasa.
Toron Masjidi — XIX asrdan qolgan kichkinagina masjid.