Buxoro

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Shahar
Buxoro Kalon-Ensemble Buchara.jpg
Mamlakat Oʻzbekiston
Viloyat Buxoro Viloyati
Koordinatalari 39°46′0″N 64°26′0″E / 39.76667°N 64.43333°E / 39.76667; 64.43333Koordinatalari: 39°46′0″N 64°26′0″E / 39.76667°N 64.43333°E / 39.76667; 64.43333
Ichki boʻlinishi mahalla
Hokim Valijon Urinov
Ilk eslatilishi VI asr
Maydoni 39.4 km²
Markazi balandligi 225 m
Rasmiy tili oʻzbekcha
Aholisi 267 000 
Milliy tarkibi Oʻzbeklar
Tojiklar
Forslar
v.b
Vaqt mintaqasi UTC+5
Telefon kodi 65
Pochta indekslari 2001XX
Avtomobil kodi 20 (1998—2008), 80-84 (2008)
Rasmiy sayti http://bukhara.uz/
Buxoro (Oʻzbekiston)
Buxoro

Buxoro O‘zbekiston shaharlaridan biri, Buxoro viloyatining maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy markazi. Buyuk ipаk yo‘lida yirik tijorat markazlaridan bo‘lgan. Oʻzbekistonning janubiy-gʻarbida, Zarafshon daryosi quyi oqimida joylashgan. Toshkentdan 616 km. Buxoro 2 ta shahar tumani (Fayzulla Xoʻjayev va Toʻqimachilik)ga boʻlingan. Aholisi 264 ming kishi (2001).

Tarixi[tahrir]

Buxoro shahri sharqning mashhur qadimiy shaharlaridan biri. Arxeologik maʼlumotlarga koʻra, Buxoroga miloddan avvalgi 1-ming yillik oʻrtalarida asos solingan. Zarafshon daryosining quyi oqimida joylashgan Buxoro shahri va uning atrofidagi yerlar qadimda nihoyatda xushmanzara — hayvonot va oʻsimlik dunyosi betakror, koʻl va oqar suvlarga boy boʻlib, tarixchi Narshaxiyning „Buxoro tarixi“ asaridagi maʼlumotlar buni tasdiqlaydi.

Nomlanishi[tahrir]

Buxoro nomi ilk oʻrta asr Xitoy manbalarida turlicha (An, Ansi, Ango, Buxo, Buku, Buxe, Buxaer, Buxuaer, Buxala, Buxuala, Fuxo, Puxuala va boshqalar) atalgan. Bu atamalardan avvalgi uchtasi Buxoro shahrining xitoycha nomlari boʻlib, qolgani „Buxoro“ soʻzining xitoy tilidagi talaffuzidir. Oʻrta asr arab manbalarida esa Buxoro shahri Numijkat, Navmichkat, Bumichkat (Yangi qoʻrgʻon), AlMadina assufriyya (Mis shahar), Madinat attujjor (Savdogarlar shahri), Foxira (Faxrli shahar) kabi nomlar bilan tilga olingan. „Buxoro“ atamasi sanskritcha „vixora“ soʻzining turkmoʻgʻulcha shakli — „buxor“ („ibodatxona“) dan kelib chiqqan deb taxmin qilingan. Keyingi tadqiqotlarda bu atama sugʻdiycha „bugʻ“ yoki „bag“ („tangri“) hamda „oro“ („jamol“) soʻzlaridan iborat boʻlib, „tangri jamoli“ degan maʼnoni anglatadi, degan fikr ilgari surilmoqda.

Siyosiy tarixi[tahrir]

Buxoro shahrining islomga qadar boʻlgan siyosiy tarixi xususidagi maʼlumotlar miloddan avvalgi 7-8 asrlar bilan chegaralanadi. Miloddan avvalgi 7-asrlarda Ahamoniylarga boshqaruvi ostida, milloddan avvalgi 329-yilda Iskandar Zulqarnayn tomonidan bosib olingan. Milodiy 5-asrlarda Eftaliylar davlatiga qarashli boʻlgan. Buxoro 6-8 asrlar boshida Buxorxudoiylar hokimligi poytaxti edi. 709 yilda uni Arab xalifaligi fath etgan, 9-10 asrlarda esa Usmoniylar poytaxti boʻlgan. 999 yilda Buxoroni Qoraxoniylar, 1220 yilda. Moʻgʻullar bosib olgan. 1370 yildan Buxoro Amir Temur va Temuriylar davlati, 16-asr boshidan Shayboniylar (1533 yilda bu davlat poytaxti Samarqanddan Buxoroga koʻchirilishi tufayli Buxoro xonligi deb atala boshlagan) va 1533 yildan 1920 yilgacha Buxoro xonligi (amirligi) markazi boʻlgan, soʻng Buxoro bosqini natijasida shoʻrolar tomonidan bosib olingan. 1920 yil 8 Sentyabrdan Buxoro shahri Buxoro Xalq Sovet Respublikasi (BXSR) ning poytaxti boʻlgan. Buxoro shahri 1925 yildan OʻzSSR va 1991 yil 1 Sentyabrdan mustaqil Oʻzbekiston Respublikasi tarkibida.

Arxeologik tadqiqotlar[tahrir]

Buxoro shahrini arxeologik jihatdan faol oʻrganish ishlari 70-80-yillarga toʻgʻri keladi. Oʻzbekiston FA Arxeologiya institutitining maxsus arxeologik jamoasi (A. R. Muhammadjonov, I. Ahrorov, J. Mirzaahmedov, Sh. Odilov) va Oʻzbekiston Madaniyat vazirligining Meʼmoriy yodgorliklarni taʼmirlash va asrash in-ti otryadi (Ye. G. Nekrasova boshchiligida) tomonidan olib borilgan tadqiqotlar natijasida hozirgi Buxuro viloyati hududida miloddan avvalgi 4-3-ming yilliklardayoq ovchilik va baliqchilik bilan shugʻullangan, toshdan turli qurol va buyumlar yasash mahoratlari yuksak darajaga yetgan neolit davriga mansub qabilalar yashagani aniqlandi. Milolddan avvalgi 2-ming yillikning 2-yarmida Zarafshon daryosi oʻzaniga yaqin yerlarga, ayniqsa uning qad. tarmoqlari (Vobkentdaryo, Mohondaryo, Gujayli va boshqalar) havzalariga chorvadordehqon qabilalar kelib joylashib, ular botqoq yerlarda dehqonchilik qilish bilan birga yaylovlarda chorvachilik bilan ham mashgʻul boʻlganlar. Arxeologlar Qorakoʻl tumanidagi Zamonbobo degan joydan mazkur qabilalar manzilgohlaridan birining qoldiqlarini topib oʻrgandilar. Shu bois bu madaniyat fanda Zamonbobo madaniyati deb ataldi. Miloddan avvalgi 1-ming yillikda Buxoro vohasida astasekin sunʼiy sugʻorish tarmoqlari va mustahkamlangan qishloqlar vujudga kela boshlaydi. Zarafshon daryosining kad. tarmogʻi — Shoxrud boʻylaridagi dastlabki qishloqlarning, jumladan hoz. Buxoro shahri oʻrnida boʻlgan qishloqning barpo boʻlishi aynan ana shu davrga toʻgʻri keladi. 70-yillarda Buxoroning eski shahar qismida olib borilgan arxeologik qazishmalar natijasida Buxoroni arxeologik jihatdan oʻrganish tarixida birinchi marta materik qatlamga qadar yetib borishga va madaniy qatlamlanish chuqurligi 20 m dan ortiq ekanligini aniqlashga muvaffaq boʻlindi. Mir Arab madrasasi yaqinidagi arxeologik qazishma chogʻida materik qatlam ustida toʻq jigarrang torf qatlami (40-70 sm) borligi, uning ichida esa yovvoyi va xonaki hayvonlar suyaklari qoldiqlari hamda sopol idish va buyumlar parchalari koʻp ekanligi maʼlum boʻldi. Torf qatlami Madrasa tomon tobora qalinlashib borib, bino ostiga kelganda qalinligi 7,5 m ga yetgan. Bu esa qadimda Buxoro hududidan Zarafshon daryosi tarmoqlaridan biri — ilk oʻrta asr manbalarida qayd etilgan „Rudi zar“ („Oltin irmoq“) ning oʻtganligini isbotlaydi. Arxeologik tadqiqotlar keyinchalik qurib qolgan mazkur tarmoqning har ikki qirgʻogʻi boʻylab bir qancha mustahkamlangan qishloqlarning vujudga kelgani va ular Buxoroning eng qadimgi shahar oʻzagini tashkil qilganini tasdiqladi. Shahar oʻzagi 3 qism — „Oltin irmoq“ning oʻng qirgʻogʻida joylashgan ark, yaʼni qalʼa hamda uning oʻng va soʻl qirgʻoqlaridagi qishloqlardan iborat boʻlgan. Bu yerdan topilgan koʻplab ashyoviy dalillar, xususan sopol idish va buyumlar Buxoro tarixining turli davrlari (milolddan avvalgi 1-ming yillikning 3choragidan 20-asr boshlariga qadar) ga oid boʻlib, ulardan 2 tasi milolddan avvalgi 5-asrga taalluqli ekanligi aniqlandi. Bundan tashqari, Buxoro arkida olib borilgan arxeologik qazishmalar vaqtida yana koʻplab yangi va nodir ashyoviy dalillar topildiki, ular shaharning qadimgi tarixini oʻrganishda muhim ahamiyatga egadir. Bu yerda 13-15,5 m, shuningdek 16,5-18,5 m chuqurlikdan 2 ta paxsa devor qoldigʻi topildi. Ular Buxoroning qadimiy mudofaa devori harobalari boʻlib, biri (miloldiy 4-5 asrlar) ning balandligi 2,5-3 m, ikkinchisi (miloddan avvalgi 4-3 asrlar) niki 2-2,5 m.

Shahar yoshi aniqlashga doir tadqiqotlar[tahrir]

Shuningdek, shaharning yoshini aniqlash maqsadida butun Buxoro vohasi boʻylab, chunonchi yirik arxeologik yodgorliklar — Poykend, Qoʻrgʻoni Vardonze, Romitan, Varaxsha, Xoja Boʻston, Qoʻzimontepa, Oqsochtepa va boshqa shahar harobalarida keng arxeologik qazishmalar olib borildi. Konimex tumanida miloddan avvalgi 6—5-asrlarga doir yodgorliklar (Chordara shahar harobasi, Qumrabod — I, Qumrabod — II, Arabon — I, Arabon — II nomli mustahkamlangan qishloqlar, miloddan avvalgi 6-asrga oid Shodibek va Qalqonota qoʻrgʻonlari) topib oʻrganildi (1975—77). Ulardan yuqori darajada rivojlangan hunarmandchilik va meʼmorlikka doir koʻplab ashyoviy dalillar topildi. Oʻsha davrga taalluqli qishloqlar qoldiqlari Jondor tumanidagi Xojaxotin, Laylakxoʻr, Boshtepa, Oqtepa va boshqalar joylardan ham topildi.

Shahar yoshi belgilanishi[tahrir]

Arxeologik tadqiqotlar jarayonida Buxoro xususidagi yozma manbalarda keltirilgan maʼlumotlar bilan arxeologik topilmalar qiyoslanib, quyidagicha xulosaga kelindi. Zarafshon daryosining quyi oqimidagi dastlabki manzilgohlar jyoz davri (miloddan avvalgi 2-ming yillikning 2-yarmi) dayoq vujudga kelib, ular sinchli yarim yertoʻlalardan iborat boʻlgan (qurib qolgan Mohondaryo tarmogʻi mintaqasida olib borilgan tadqiqotlar buni tasdiqlaydi); miloddan avvalgi 6—5-asrlarda Zarafshon daryosining yirik tarmogilari deltalari joylashgan yerlarda mustahkamlanmagan manzilgoxlar paydo boʻlgan. Miloddan avvalgi 4-asrda esa Buxoro arki qurilajak hudud baland mudofaa devori va keng xandaq bilan oʻrab olinib, uning etagida uchta mustahkamlangan manzilgoh joylashgan (bu xil manzilgohlar miloddan avvalgi 1-ming yillik boshidan Oʻrta Osiyoning dehqonchilik qilinadigan viloyatlariga xosdir). Mazkur manzilgohlardan biri Firobdiz, ikkinchisi Navmichkat, uchinchisi Buxoro deb atalgan. Keyinchalik bu uch manzilgoh oʻzaro birlashib va toʻxtovsiz taraqqiy etib borib, kattagina shaharga — Buxoro vohasining savdohunarmandchilik va maʼmuriy markaziga aylangan.

Buyuk ipak yoʻli[tahrir]

Buxoro shahrining Buyuk ipak yoʻli chorrahasida joylashganligi ilk davrlardan boshlab hunarmandchilik tarmoqlari (kulolchilik, temirchilik, misgarlik, zardoʻzlik, zargarlik, shishasozlik, kandakorlik, badiiy kashtachilik va h.k.) va savdo-sotiq ishlarining rivojlanishiga turtki boʻldi.

Sovet hukmronligi davrida[tahrir]

Rossiya istilosi davrida bir necha mayda qayta ishlash korxonalari vujudga keldi. 20-asr boshida Buxoroda 12 ta mahalla, 360 dan ortiq guzar, 250 dan ziyod Madrasa, 390 ta masjid, qariyb 150 ta karvonsaroy, 350 ta hovuz boʻlgan. Buxoro madrasalarida 10 mingdan ortiq talaba oʻqigan. Buxoroda 1920-yillardan boshlab sanoat korxonalarining soni va salmogi ortib bordi. Viloyat hududida gaz va neft konlarining topilishi shaharda yangi sanoat tarmoklarini rivojlantirishga asos boʻldi. Uysozlik, madaniymaishiy xizmat tarmoqlarini barpo etish jadallashdi. Obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlari tubdan yaxshilandi. Xalqaro va mahalliy turizm yoʻlga qoʻyildi.

Hozirgi kunda[tahrir]

Hozirgi kunda Buxoro shahrida 30 dan ortiq yirik sanoat korxonasi mavjud. Viloyat sanoat korxonalari yalpi mahsulotining yarmidan koʻprogʻi Buxoroda ishlab chiqariladi. Korxonalarda asosan mahalliy xom ashyo qayta ishlanadi. Ayrim korxonalar gaz va neft sanoati hamda q.x.ga xizmat qilishga ixtisoslashgan. Buxoro toʻqimachilik k-ti („Buxoroteks“), qorakoʻl z-di, zardoʻzlik, pillakashlik fkalari, paxta, yogʻekstraksiya, vino, gʻisht, remontmexanika z-dlari, un, goʻsht, uysozlik k-tlari, poyabzal, tikuvchilik fkalari hamda hunarmandchilik tarmoqlari ishlab turibdi. Shaharda 10 dan ortiq xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikda qurilgan qoʻshma korxonalar faoliyat koʻrsatadi: „BuxTel“ (Isroil) mayonez, „OmegaSitora“ (Gretsiya) moʻyna buyumlari, „GufikAvitsenna“ (Xindiston) dori-darmon, „Marmar“ (AQSH) qurilish materiallari ishlab chiqaradi. 1996 yilda Buxoroda Koreya Respublikasida ishlab chiqarilgan telefon st-yalari oʻrnatildi. Buxoroda Oʻzbekiston paxtachilik i.t. in-tining filiali, bogʻdorchilik, niholchilik tajriba xujaligi va „Sohibkor“ xujaligi joylashgan.

Iqlimi[tahrir]

Iqlimi kontinental, yillik oʻrtacha tra 15, G, iyulniki 29,5°, yanv.niki 0°. Mayd. 0,02 ming km2.

Transport[tahrir]

Buxoroda 20 dan ortiq yoʻnalishda avtomobil transporti qatnaydi. 1986 yildan trolleybus qatnovi yoʻlga qoʻyiddi. Xalkaro aeroport Buxoroni Toshkent orqali respublika viloyatlari va 20 dan ortiq xorijiy davlatlar bilan oʻzaro aloqalar oʻrnatishda xizmat qiladi. Buxoroda 100 dan ortiq yirik tarixiy meʼmoriy yodgorliklar: Buxoro arki, Somoniylar maqbarasi, Chashmai Ayyub maqbarasi, Matki Attori masjidi, Namozgoh masjidi, Poyi kalon ansambli, Qalʼadevor qoldiqlari, Minorai kalon, Masjidi kalon, Mir Arab madrasass, Tim va toqilar, Labihovuz ansambli, Ulutbek madrasasi, Chor minor, Bolohovuz masjidi, Sitorai Mohi Xosa ansambli va boshqalar saqlangan. Bular shaharning yangi kismidagi zamonaviy koʻp qavatli binolar (hokimiyat uyi, „Buxoro“, „Zarafshon“, „Varaxsha“, „Guliston“ mehmonxonalari) bilan uygʻunlashib ketgan.

Madaniyat[tahrir]

Buxoro yirik ilmmaʼnaviyat, maʼrifat markazlaridan. 1996 yil martdan Oʻzbekiston FA Samarqand boʻlimining Buxoro mintaqaviy markazi faoliyat koʻrsatmoqda. 1997 yilda 3 oliy oʻquv yurti (davlat unti, oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi inti, tibbiyot inti), 5 kollej, 3 akademik litsey, tarix faniga ixtisoslashgan maktab, 47 umumiy taʼlim maktabi, 89 maktabgacha tarbiya muassasalari, 28 ommaviy kutubxona, Buxoro davlat meʼmoriybadiiy muzey koʻrikxonasi, 2 teatr mavjud. „Buxoro haftanomasi“ gaz. chiqadi (adadi 2000).

1997 yilning Oktyabrida Buxoro shahrining 2500 yilligi Oʻzbekistonda keng nishonlandi. 50 dan ortiq tarixiy-meʼmoriy obidalar taʼmirlandi, yangi istirohat bogʻlari, xiyobonlar barpo qilindi.[1]

Mashhur arboblar[tahrir]

Buxoro zaminida mashhur, donishmand allomalar voyaga yetgan, oʻqib ijod etgan. Abu Hafsi Kabir Buxoriy (767— 832), Imom al-Buxoriy, Abu Ali ibn Sino, Narshaxiy, Daqiqiy, Rudakiy, Balʼamiy, Abduxolik Gʻijduvoniy, Bahouddin Naqshband, Sayfiddin Boharziy, Nosir Buxoriy, Shamsiddin Buxoriy, Ubaydulloh Buxoriy, Mushfiqiy, Hofiz Tanish Buxoriy, Turdi Farogʻiy, Ahmad Donish, Fitrat, Sadriddin Ayniy, Fayzulla Xoʻjayev, Ibrohim Moʻminov, Jalol Ikromiy shular jumlasidandir.

Buxoro post office.jpg

Tarixiy va arxitektura yodgorliklari[tahrir]

Buxoro — o‘rta asrning 140 dan ortiq arxitektura yodgorliklarini o‘zida saqlagan „muzey shahardir“. Koʻp asrlar avval qurilgan Poi Kalon, Qo‘sh Madrasa, Ismoil Somoniy maqbarasi, minorai kalon kabi ansambllar bugungi kungada ham barchaning diqqatida.


  • Ark (11-20asrlar)
  • Gaukushon ansambli (Masjid,Minora,Madrasa), (16asr)
  • Zayniddin Xoja xonaqohi (1555)
  • Sayfiddin Boxarziy maqbarasi(13asrning ikkinchi yarmi-14asr)
  • Buyonqulixon maqbarasi(14asrning ikkinchi yarmi,15yoki16asr)
  • Namozgoh masjidi(12-16asrlar)
  • Fayzabod xonaqohi(1598/99)
  • Chоr Bаkr (shayx Jubayra sulolasi dafn etilgan joy)(1560/63)

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Adabiyotlar[tahrir]

  • Narshaxiy, Buxoro tarixi, T., 1966;
  • Istoriya at-Tabari, T., 1987;
  • Hofiz Tanish Buxoriy, Abdullanoma [1 —2 j.lar], T., 1999—2000;
  • Hasanxoja Nisoriy, Muzakkiri ahbob, T., 1993;
  • Mir Muhammad Amin Buhariy, Ubaydullaname, T., 1957;
  • Abduraxmoni Tali, Istoriya Abulfeyzxana, T., 1959;
  • Fazlellax ibn Ruz bixan Isfaxani, Mexmannameyi Buxapa, M., 1976;
  • Axmad Danish, Istoriya Mangitskoy dinastii, Buxoro shahri. „Oʻzbekturizm“ milliy kompaniyasining „Buxoro“ mehmonxonasi. Dushanbe, 1967;
  • Mirza Abdal Azii Sami, Tarixi salatini mangitiyya, M., 1962;
  • Insoniyatning ilmiy va madaniy merosi — uchinchi ming yillikka (1997 yil 18— 20 okt., Buxoro-Xiva), T., 1997.