Oltin Oʻrda
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jo'ji ulusi (Ulug' Ulus), o'zbek tilida — Oltin Oʻrda (Andoza:Lang-kk, Andoza:Lang-tt, Andoza:Lang-mn) — Chingizxonning to'ng'ich o'g'li Jo'ji avlodlari tomonidan boshqarilgan davlat. 1208-yilda Mo'g'il imperiyasi tarkibida tashkil topgan. Jo'jining o'g'li Botu tomonidan davlat chegaralari kengaytirilgan. To'liq suverenitetni 1266-yil Mangu Temur paytida qo'lga kiritgan. Oltin Oʻrda ko'chmanchi ahlosining asosiy qismini qipchoqlar tashkil qilishgan. O'troq aholini- volga bulg'orlari, mordva, mariy va xorazmliklar tashkil qilishgan. 1312-yilkdan boshlab islomiy davlatga aylangan. XVI asr boshlarida yo'q bo'lib ketgan.
[tahrir] Oltin Oʻrdaning tashkil topishi
Oltin Oʻrda XIII asr o'rtalarida erkin yurt sifatida tashkil topgan. 1251-yilning boshida Qoraqorumda Jo'jilar va Tuluylar quroltoy tashkil qilishadi va Munkeni buyuk xon deb saylashadi. Botu esa <<urug'da eng katta>> sifatida saylanadi, bu bilan Oltin Oʻrdaning erkinligi rasman tasdiqlanadi.
Botu paytida poytax Saroy Botu bo'lgan; XIV asr boshlarida poytaxt Saroy Berkaga ko'chiriladi.
Oltin Oʻrda ko'p millatli yurt bo'lgan. Saroy Botu, Saroy Berka, Urganch, Kaffa Oltin Oʻrdaning yirik shaharlari bo'lishgan.
[tahrir] Oltin Oʻrdaning tuzilishi
Oltin Oʻrda ikkiga Oʻng qanot va Soʻl qanotga bo'lingan edi.
Oʻng qanot g'arbiy Qozog'iston, Volgabo'yi, Shimoliy Kavkaz, don, dnepr dashtlari , Qrimni o'z ichiga olgan edi. Markazi Volga bo'ylarida joylashgan edi. O'ng Qanot Botu avlodlari tomonidan to'g'gridan-to'g'ti boshqarilar edi.
Soʻl qanot markaziy Qozog'iston va Sirdoryoni o'z ichiga olgan edi. Bu yerda Botuning ukasi O'rdu-Ichenning avlodlari tomonidan boshqarilar edi. Poytaxti Sig'noq shahri bo'lgan. SibirdaOltin Oʻrdaga qaram bo'lgan mahalliy sulola — Taybug'inlar boshqarishardi.
[tahrir] Oltin Oʻrda merosxo'rlari
Oltin Oʻrda bir necha xonliklarga bo'linib ketdi: Qozon, Qrim, Astraxan, Sibir, Qozog' xonliklari va Nog'ay O'rdasiga bo'lin ketdi.