Vikipediya:Forum

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oʻtish: foydalanish, Qidir
Forum — Bosh sahifa
Crystal 128 three.png
Ishorat:
VP:FORUM

Bu boʻlim Vikipediyaga oid savollar muhokamalari uchun moʻljallangan.

Boʻlim haqida savol-javobArxivmavzu qoʻsh

Bosh sahifaYangiliklar (+) • Qoidalar (+) • Texnikaviy savollar (+) • Takliflar (+) • Yordam (+) • Qolganlar (+)

Mundarija

2012-yil may oyigacha boʻlgan muhokamalar arxivi bu yerdadir.


[tahrir] Tortishuv

Vikipediyachilar orasida bu maqola haqida qarama-qarshi fikrlar paydo boʻldi. Maqola bagʻishlangan shaxsiyat eʼtiborga loyiq, shaxsan Condoleezza Rice qoʻlidan Xalqaro Jasur Ayollar Mukofotini olgan. Boshqa tomondan esa Oʻzbekistonda huquqparvarlik mavzusida maʼlumot beruvchi veb-saytlar toʻsilmoqda, shu jumladan oʻzbekcha Viki ham. Menimcha, oldimizda ikkita tanlov bor:

  • UzVikini Oʻzbekistonda taqiqlangan axborotdan tozalash va toʻsiq bekor qilinishiga erishish.
  • Faqatgina Vikipediya serverlari joylashgan Kaliforniya shtati qonunlariga binoan ish tutish (Kaliforniyada taqiqlanmagan axborotni saytda qoldirish).

Tarozining bir pallasida Oʻzbekiston internet-auditoriyasi, ikkinchi pallasida esa Vikipediya prinsiplari turipti. Kim nima deydi? Abdullamunozara 06:55, 4 may 2012 (UTC)

Bildirilgan fikrlar
  • Abdulla, bu masalada men to‘liq-to‘kis o‘zbek Vikipediyasining O‘zbekistonda to‘siqsiz ochilishini xohlayman va buning uchun har qanday chora ko‘rilishini qo‘llab-quvvatlayman. --Casual (talk) 07:59, 4 may 2012 (UTC).
  • Fikrimcha "UzVikini Oʻzbekistonda taqiqlangan axborotdan tozalash va toʻsiq bekor qilinishiga erishish" muhimroq. Aks holda, UzVikini rivojlantirish yo'lidagi harakatlar zoya ketadi va eng yomoni sayt to'silib qolaveradi. Lyncos (talk) 08:47, 4 may 2012 (UTC)
  • O'zbek Vikipediyasi O'zbekistonda ochilishi uchun O'zbekiston hukumatiga yoqmagan maqolalarni o'chirish kerak deb o'ylamayman. O'zbek diktatorlari istasa Vikipediyani to'sadi, istamasa to'smaydi. Vikipediya ochiq bo'lgan paytda ham o'zbeklar faol tahrir qilishmagan. Nataev (talk) 12:35, 4 may 2012 (UTC)
  • Salom hurmatli Vikipediya foydalanuvchilari va administratorlari. Avvalambor shuni ta'kidlab o'tishim jozki, man Vikipediya saytida yangi ishtirokchiman, LEKIN Vikipediya saytidan anchadan beri foydalanaman.
  1. Birinchidan bu saytga kim qaysi maqolani qo'yishni yoki kimga yoqish yoqmasligini na siz va na man hal qilolmaymiz (sizlarga offence qilmoqchimasman, lekin bu saytning o'z qonun qoidalari bor va u "Ochiq ensiklopediya deb aytiladi). Man bu yerda O'zbekiston hukumati va unga qarshi shahslar orasida tarafkashlik qilmoqchimasman, agar mani Mo'tabar Tojiboyeva haqida yozgan maqolam obektivlik qoidalariga mos kelmasa uni o'chirishlaringiz o'rinli bo'lardi, chunki vikipediya saytini nizomida faqat shu holatdagina maqola o'chiriladi deyilga, boshqa holatlar esa Vandalizm hisoblani buni qilgan foydalanuvchilar vikipediya saytidan o'chirilishlari lozim. Bu vikipediya saytining 1-qoidasi.
  2. Ikkinchidan, hurmatli Foydalanuvchi:Casual sizning birtomonlama mantiqingizga mantiqan qo'shilolmayman, CHUNKI O'zbekistonda vikipediya saytining o'zbek bo'limining yopilishiga undagi o'zbekiston hukumatiga qarshi sabab bo'lgan deb bilmayman, isbot sifatida sizga O'zbekistonda vikipediyaning boshqa tildagi variantlari ishlab turganini aytish kifoya deb bilaman (O'zbek huumatiga qarshi materiiallar ingliz, rus, ispan, fransuz tillardagi vikipediyalarda tiqilib yotibdi). Undan keyin Vikipediyaning o'zbek versiyasida O'zbekiston hukumatiga qarshi materiallar yo'q hisobi (Mo'tabar Tojiboyevadan boshqani shahsan ko'rmadim). Mani fikrimcha O'zbekiston hukumati o'zbek vikipediyasini hukumatga qarshi materiallar bilan to'lib ketishidan hayqib buni oldini olish maqsadida yopgan bu sahifani. Undan keyin orangizda hech kim kafolat berolmaydi, agar hamma O'zbekistonga qarshi materiallarni o'chirsak o'zbek vikipediyasi qaytadan ochilishiga (albatta shunaqa shartnomangiz bo'lmasa hukumat va sizni orangizda).
  3. Uchinchidan bu yerdagi unday maqolalarni cheklash shahsan manga o'hshagan odamlarni hafsalasini pir qiladi, chunki mani soham ko'proq siyosat va geopolitika bilan bog'liq, agar man obektiv maqolalarni o'zbek tilida yozmoqchi bo'lsam sizning bu yangi qoidangiz bevosita manga katta to'siq qo'yadi (lekin man oppositsiya tarkibiga kirmayman). Albatta man o'zbekistonda vikipediya yopilishiga qarshiman, lekin O'zbekiston halqini bir tomonlama (huddi sovet hukumati va hozirgi o'zbekiston qilganidek) bilim berib ularni omi bo'lib qolishiga sabab bo'luvchi inson bo'lishni rad qilaman. O'zbekistonda o'zgarishlar ro'y berishiga va fikrlar hilma hilligi rivojlanishiga ishonaman, ana shu paytda biz ham hozirgi rejimga "yordam berganlar" degan qora ro'yhatiga tushib qolishdan o'zimizni asrashimiz lozim. Agarda biz obektiv va neytral bo'lib qolsak na u yoq taraf na bu yoq taraf bizga hamla qilolmaydi.
  4. To'rtinchidan O'zbekistonda vikipediya ochilishi uchun uni muhim ma'lumotlardan tozalab propaganda saytiga aylantirishdan ko'ra boshqa choralarni o'ylab ko'rishni taklif qilaman. Misol uchun ta'qiqlangan saytni ochishni reklama qiladigan programmalar linklar(ularni tarqatishni va buning oqibatlarini o'z ma'suliyatimga olishga tayyorman)ini tarqatish va internet foydalanuvchilariga shu orqali kirish imkoniyatini yaratish yoki agar boshqa usullari bo'lsa.
Hullas fikrlarimdan bilgan bo'lsangiz kerak man maqolalarni qaysidir tashkilotga yoki hukumatga "yoqmagani" uchun saralashga qarshiman. E'tiboringiz uchun rahmat Kommunist Xursand.abdullayev (talk) 10:53, 14 may 2012 (UTC)
Shaxsiy uskunalar

Variantlar
Koʻrinishlar<!--Views-->
Amallar
O‘zbek viki / Ўзбек вики
ishtirok / иштирок
o‘zgarishlar / ўзгаришлар
asboblar (ʻ ʼ)