Boshqirdlar
| Boshqirdlar Башҡорттар |
||||||||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Umumiy aholi soni | ||||||||||||
|
2 millionga yaqin |
||||||||||||
| Katta aholiga ega mintaqalar | ||||||||||||
|
||||||||||||
| Tillar | ||||||||||||
| Boshqird tili Rus tili |
||||||||||||
| Dinlar | ||||||||||||
| Islom | ||||||||||||
| Qarindosh etnik guruhlar | ||||||||||||
| boshqa turkiy xalqlar |
Boshqirdlar (oʻzlarini bashkort deb ataydilar) — RFdagi turkiy xalq. Boshqirdistonning asosiy aholisi (864 ming). Rossiya Federatsiyasida jami 1,35 mln. (1992). Markaziy Osiyo respublikalarida ham yashaydilar. Yevropeoid irqiga mansub. B.ning ajdodlari Ural togʻining janubiy r-nlarida qad. davrdan yashab kelgan. 4-a.
da hunnlarning katta bir qismi hoz. Boshqirdistonning janubiy r-nlariga oʻrnashib, yerlik xalqlar bilan aralashib ketgan. 8— 10alarda Volga va Ural daryolari oraligʻida yashagan bir qancha urugʻqabilalar (buzan, tangaur, usergan va b.) ham keyinchalik B. tarkibiga kirgan. 9—15-a.lar mobaynida qipchoqlar, Volga bulgʻorlari, majorlar va noʻtylarttt bir qismi Boshqirdiston yerlariga oʻrnashib, B. bilan aralashib ketgan. B.ning elat boʻlib shakllanish jarayoni 16-a.da tugaydi. 16—19-a.larda Boshqirdistonning gʻarbiy r-nlariga Volga boʻylaridan Kozon tatarlari, misharlarning katta bir qismi va qisman marilar, udmurdlar kelib yerlik B. bilan aralashib, ularga singib ketgan. B. oʻtmishda chorvachilik (yilqichilik, qoʻychilik) va dehqonchilik bilan shugʻullangan. Boshkird tilida gaplashadi. B. islom dinining sunniy mazhabiga eʼtiqod qiladilar.[5]
Boshqird — Boshqirdiston Respublikasining tub aholisi, turkiyzabon xalqlarning biri hisoblanadi. Ularning koʻpchiligi Rossiyada, oz qismi esa Markaziy Osiyo davlatlarida istiqomat qilishadilar. Umumiy aholi soni 2 millionga yaqin. Boshqirdlarning tili Turkiy tilining qipchoq butogʻiga kiradi. Oz qismi Rus tili va Tatar tillarida ham gaplashadilar. Alifbosi Kirillitsaga asoslangan. Boshqirdlar etnik shakllanishi VII—X-asrlardagi har turli turkiy qabilalarining (usergen, boylar, surash, mangg'ovur, jag'albayli, tama, beshvul, kedey, tabin, ming, kerey, qangli, arg'in, v.b.) turtki boʻldi. XI—XIII-asrlarda hozirgi boshqird erida yashashgan, Edil va Madiyor qabilalariga qipchoqlarning taʼsiri kuchayib, qadimgi boshqird etnosining qipchoqlanishini tezlashtirdi . Botuning harbiy yurushlari, boshqurt eriga Qipchoq qabilasidan aholining koʻplab koʻchib kelishi, boshqirdlarning qipchoqlanishini undan ham jadallatdi. Qipchoq davri boshqird xalqining shakllanishining (XV—XVI-asrlar) boshlanishi boʻlib hisoblanadi XVI-asrning oʻrtasida Boshqirdlar Rossiya imperiyasining tarkibiga kirdi. Boshqirdlar harbiy hizmatga, oltin kon joylarida ishlashdi. Rossiya imperiyasining tarkibiga kirmasdan oldin, Boshqirdlar asosan koʻchmanchi mol chorvachiligi bilan shugʻullanib, ov qilsa, XVII—XIX-asrlarda dehqonchilik bilan shugʻullanib, oʻtroqlikka koʻchdilar. Tili va madaniyati, tatarlarga yaqin boʻlgani bilan, milliy urf-odatlari qozoqlarga oʻxshashligi koʻp.
Manbalar [tahrir]
| Ushbu maqolani yozishda Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |