Oʻrta Osiyo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

O'rta Osiyo (eski nomi Turkiston): 1) Jo'g'rofiy ma'noda Markaziy Osiyoning SSSR tarkibiga kirgan qismi. Unga Ustyurt platosi, Turon pasttekisligi, To'rg'ay platosi, Qozog'iston va qisman Kopetdog', Pomir, Tyan-Shan tog'lari kiradi. 2) Siyosiy-ma'muriy ma'noda O'zbekiston, Qirg'iziston, Turkmaniston, Tojikiston (ba'zida Qozog'iston ham qo'shiladi) davlatlari maydoni.

O'siyo qit'asining asosan markaziy qismlarini o'z ichiga olgan bulib g'arb tarafdan Kaspiy Dengizidan to sharq tarafdagi Xitoy, shimoldan Rossiya janubga Afg'onistongacha bulgan hududlarni o'z ichiga oladi. Bu geografik hududlar jamlanmasi yana Markaziy Osiyo deb ham ataladi.

Zamonaviy manbalarning ko'pchiligida Sovet Ittifoqi parchalangandan keyin mustaqillikka erishgan quyidagi 5 davlatlar nazarda tutiladi:

Turli mutahassislar jumladan UNESKO bu hududga yana Afg‘oniston, Shimoliy Erondagi Huroson, Mo‘g‘uliston, Xitoyning Uyg‘ur mintaqasi, Janubiy Sibirdagi Tuva respublikasini ham kiritishadi.

O'rta Osiyo tarixi qadimdan buyon Buyuk Ipak Yuli bilan bog'liq bulgan. Buning natijasida G'arb bilan Sharqni bog'lab turuvchi aylanma yo'l sifatida xizmat qilgan. Shu jumaladan turli xil odamlarni olib utishda, qimmat-baho mollar, ipak, tillo buyumlar, dori-darmonlar, qo'lyozmalar va h.k larni olib utishda, savdo-sotiq infrastrukturasini yaratishda juda katta urin egallab turgan.

Shuningdek qarang [tahrir]