Gagauzlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gagauzlar — Moldaviya (153 ming kishi) va Ukraina (40 ming kishi)da yashovchi turkiy xalq. Shuningdek RF(10 ming), Bolgariya, Ruminiya, Gresiya, Turkiya, qisman Qozogʻiston (Sirdaryo boʻylari) va Oʻzbekistonda (Toshkent viloyati) ham yashaydi. Umumiy soni — 220 ming kishi (1990-y.lar oʻrtalari). Gagauz tiliaya soʻzlashadi. Dindorlari — pravoslavlar. G.ning ajdodlari turkiy oʻgʻuz, uz, qipchoqlar va b. boʻlib, keyinchalik ularning tarkibiga slavyanlashgan bolgarlar aralashib ketgan. G.da antropologik jihatdan mongoloidlik xususiyatlari saqlangan. G.ning moddiy-maʼnaviy madaniyati bolgarlarga yaqin.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil