Guruch

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Guruch — sholini oqlab olinadigan asosiy don; oziq-ovqat mahsulotlaridan biri. Sholi oqlanganda silliq, yirik G. bilan birga oqshoq ham tushadi. G. ning qaysi navli sholidan olinishiga qarab turlari koʻp. Mas, devzira, jaydari, avangard, alanga, gulzor, kizil G. va b. Tarkibida oʻrtacha 14% suv, 75,2% uglevod (asosan kraxmal), 7,7% oqsil, 0,4% yogʻ, 2,2% kletchatka va 0,5% kul boʻladi. Vatani Osiyo boʻlib, shu qitʼada yashovchi xalqlarning pazandachiligida asosiy masallik, hisoblanadi. G.dan toʻyimli, tez hazm boʻladigan taomlar tayyorlanadi (q. Sholi).

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil