Chuvashlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Chuvashlar
Чăвашсем
Umumiy aholi soni

2 millionga yaqin

Katta aholiga ega mintaqalar
Flag of Rossiya Rossiya 1,637,094 [1]
Flag of Qozog`iston Qozog`iston 22,305 [2]
Flag of Ukraina Ukraina 10,593 [3]
Flag of Oʻzbekiston Oʻzbekiston 10,074 [4]
Flag of Turkmaniston Turkmaniston 2,281 [5]
Flag of Belarus Belarus 2,242 [6]
Flag of Moldova Moldova 1,204 [7]
Flag of Qirg`iziston Qirg`iziston 848 [8]
Flag of Gurjiston Gurjiston 542 [9]
Flag of Latviya Latviya 534 [10]
Flag of Estoniya Estoniya 495 [11]
Flag of Ozarbayjon Ozarbayjon 489 [12]
Tillar
Chuvash tili, Rus tili
Dinlar
Koʻpchiligi masihiylik diniga mansub
Qarindosh etnik guruhlar
boshqa Turkiy xalqlar

Chuvashlar (oʻzlarini chavash deb ataydilar) — xalq, Chuvashiyaning asosiy aholisi (907,6 ming kishi), shuningdek, Boshqirdiston, Tatariston, Ulyanovsk va Samara viloyatlari (RF) va b. yerlarda yashaydi. RF da jami — 1773,6 ming kishi (1990-y.lar oʻrtalari). Chuvash tilida soʻzlashadi. Dindorlari — pravoslavlar. Ch. dehqonchilik, hunarmandchilik va asalarichilik bilan shugullanadi.

Chuvashlar — turkiy xalqlar. Rossiya tarkibidagi Chuvashiston Respublikasining tub xalqi. 2002-yilgi sanoq boʻyicha Rossiyada 1 637 200 chuvashni tashkil qilgan, ularning 889 268 Chuvashistonda. Chuvashlar Boshqiristonda, Tataristonda, Samara, Ulyanovsk, Tyumen, Rostov, Volgagrad, Kemerova, Orenburg, Moskva shaharlarida istiqomat qilishadi. Jahonda 1 800 000-dan ziyod chuvash bor. Qolgan chuvashlarning koʻpchiligi Ukraina, Qozog'iston va Estoniyada istiqomat qilishadi.

Chuvashlar Chuvashistonda aholining 67 % tashkil qiladi.

Chuvash xalqining nomlanishi Bulgʻorlarning suvar yoki suvaz qabila ittifoqining nomidan paydo boʻlgan boʻlib hisoblanadi. Ular savirlardan chiqqani haqida maʼlumot bor.

Hozirgi kunda chuvashlarning orasida pravoslav xristianlar, musulmonlar bor.

Manbalar[tahrir]