George Porter (1920.6.12, Steynfort, Yorkshir) — ingliz fizikkimyogari, London Qirollik jamiyati aʼzosi (1960). Kime professor (1963), Buyuk Britaniya Qirollik instituti direktori (1966-yildan), fotobiologiya boʻyicha Xalqaro komitet (1968-yildan), Buyuk Britaniya kimyogarlar jamiyati (1970-yildan) prezidenti. Gaz fazasida tezkor fotokimyoviy reaksiyalar ustida tadqiqot olib borgan. Impuls fotoanaliz usulini ishlab chiqqan. Nobel mukofoti laureati (1967, R. Norrish va M. Eygen bilan hamkorlikda)[1][2]