Edgar Adrian

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Edrian Edgar Duglas (1889.30.11, London 1977.4.8) - ingliz fiziologi. London qirollik jamiyati aʼzosi (1923-yildan; prezidenti 1950—55). Kembrij universitetini, Triniti kollejini tugatgan (1915) va shu kollejda fiziologiyadan leksiya oʻqigan (1937-yildan professor; 1951-yildan rektor). Ilmiy faoliyati sezgi aʼzolari va nerv oʻtkazuvchanligi elektrofiziologiyasiga oid. E. birinchilardan boʻlib elektronikani fiziologik tadqiqotlarda qoʻllagan. Nobel mukofoti laureati (1932; Ch. Sherrington bilan hamkorlikda).[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]