Cyril Norman Hinshelwood

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Cyril Norman Hinshelwood

Cyril Norman Hinshelwood (1897.19.6 — London1967.9.10) — ingliz fizik-kimyogari. London qirollik jamiyati aʼzosi (1929) va prezidenti (1955—60). Oksford universitetining Beylyel kollejini tugatgan (1924); shu universitetda professor (1937— 64). Asosiy ilmiy ishlari zanjir reaksiyalar sohasiga oid. Rus olimi Nikolay Semyonov bilan bir vaqtda zanjir reaksiyalar nazariyasi asoslarini yaratdi. Hinshelwood anorganik va organik lgoddalarning, mas, kaliy permanganat, aldegidlar, keton va boshqa moddalarning boʻlinish kinetikasini tadqiq etgan. Bakteriyalarning turli muhitlarda oʻsish muammolari bilan shugʻullangan (1938-yildan). Nobel mukofoti laureati (1956; N.N. Semyonov bilan hamkorlikda).[1][2]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Sir Cyril Norman Hinshelwood Biographical nobelprize.org Nobel Media AB 2018 (ingl.)
  2. "XINSHELVUD (Hinshelwood) Siril Norman" OʻzME. X-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil