William Thomson

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

TOMSON (Thomson) lord Kelvin Uilyam (1824.26.6, Belfast — 1907.17.12, Largs, Glazgo yaqinida; Vestminstr abbatligida dafn etilgan) — ingliz fizigi, termodinamika va gazlar kinetjasi nazariyasi asoschilaridan biri. London qirollik jamiyati aʼzosi (1851 yildan) va prezidenti (1890—95). Kembrij universitetni tugatgan (1845). Ilmiy xizmatlari uchun unga 1892 yilda lord Kelvin (Kelvin) unvoni berilgan. Ilmiy ishlari fizika, mat. va texnikaning turli sohalariga oid. U tasvir olishning elektr usulini ishlab chiqqan (1845). Fizikaga mutlaq temperatura va uning nomi — Kelvin shkalasi nomi bilan ataluvchi termodinamik temperatura shkalasi tushunchalarini kiritgan (1848), R. Klauziussgm mustaqil ravishda termodinamikaning ikkinchi qonunini taʼriflagan (1851) va energiyaning sochilishi iborasini fanga kiritgan. Koinotning "issiklik halokati" gipotezasini aytgan. Termoelektr hodisalarnint termodinamik nazariyasini yaratgan, J.P.Joul bilan birga Joul — Tomson effektini (1853—54), Tomson effektini kashf etgan (1856). 1870 yilda toʻyingan bugʻ elastikligining suyuklik sirti shakliga bogʻliqligini aniklagan. T.ning ilmiy ishlari, shuningdek, gidrodinamika, astrofizika, geofizikaning turli masalalariga oid. Ideal suyuqdikda sirkulyatsiyaning saklanish qonunini yaratib, uyurmali harakat nazariyasiga asos solgan.T. koʻpgina kashfiyotlar qilgan: kvadrant va mutlaq elektrometrlar hamda dengiz asboblarini yaratgan; magnit kompasi, koʻzgu galvanometri va boshqa asboblarni mukammallashtirgan. [[Transatlantik kabel orkali telegraf alokani uzatishni amalga oshirish qatnashchisi[1].


Manbalar[tahrir]