Charles Scott Sherrington
Jump to navigation
Jump to search
Charles Scott Sherrington (1857.27.11 – 1952.4.3) — ingliz neyrofiziologi. London Qirollik jamiyati aʼzosi (1893 yildan), Peterburg Fanlar akademiyasi muxbir aʼzosy (1915 yildan). Kembrij universitetni tugatgan. Neyrofiziologiya (asosan, reflektor faoliyat) sohasidagi fundamental kashfiyot muallifi. Liverpul va Oksford universitetida professor (18951913; 19131935). Sh. nerv sistemasining integrativ faoliyati konsepsiyasini ishlab chiqqan; retseptiv maydon taʼlimoti asoschisi. Ilmiy faoliyati markaziy nerv sistemasi, asosan, orqa miya fiziologiyasi va reflekslarini oʻrganishga oid. Sh. asarlari klinik va eksperimental nevrologiya rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etdi. Nobel mukofoti laureati (1932; E.D.Edrian bilan hamkorlikda).[1]
Manbalar[tahrir]
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() |
|