Bogota

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bogota
Flag of Bogota
Bayroq
Official seal of Bogota
Gerb
Bgota shahri joylashuvi
Bgota shahri joylashuvi
Davlat Kolumbiya
Tumanlar 16 tuman
Asos sana August 6, 1538
Hukumat
 - mer Samuel Moreno Rojas
Aholi (2005)
 - Jami 6 776 009
Vaqt hududi Markaziy Standart vaqt (UTC-5)
 - Yoz (DST) Markaziy Kunduz Vaqti (UTC-4)
Birodar shaharlar Miami, Dubay, Kadis, Tegucigalpa, London, Turin, Amsterdam, Chicago, Buenos Ayres, Mexiko shahri, Afina, Madrid, Tripoli, Seul, Amsterdam municipality
vebsayt: [1]


Bogota, Santa-Fe-de-Bogota — Kolumbiya poytaxti. Sharqiy Kordilyera togʻlarining gʻarbiy yon bagʻridagi soylikda (2500 m) joylashgan. Kundinamarka departamenti maʼmurii markazi, alohida maʼmurii birlik — poytaxt okrugini tashkil qiladi. Aholisi 6 mln.dan ortiq (1997, shahar atrofi bilan). Muhim transport yoʻllari tuguni. Xalqaro Eldorado aeroporti bor. Eng issiq oyning oʻrtacha temperaturasi 15°, eng sovuq oyniki — 14°. B.ga 1538 yilda ispanlar asos solgan. 1598 yildan ispan generalkapitan ligining , 1739 yildan Yangi Granada vitse-qirolligining poytaxti. 1819 yilda B. ispanlardan ozod qilindi va Yangi Kolumbiyaning poytaxtiga aylantirildi. 1831 yildan Yangi Granadaning , 1863 yildan Kolumbiya Respublikasining poytaxti.

B. mamlakatning iqtisodiy, siyosiy, madaniy va savdo markazi. Oziq-ovqat, toʻqimachilik, poyabzal, tikuvchilik, elektrotexnika, poligrafiya, mashinasozlik, farmatsevtika, kimyo va boshqa sanoat korxonalari bor. B. yaqinida rezina shinalar va soda ishlab chiqariladi, zumrad olinadi. Ispanlar mustamlakachiligi davrida va undan keyin qurilgan bir necha meʼmoriy yodgorliklari saqlangan: Katta sobor (1823 yilda qurib bitkazilgan), SanFransisko sobori (1569—1622), Milliy kapitoliy binosi (1847—1926) va boshqa Bogota oliy oʻquv yurtlari, jumladan Kolumbiya milliy un-ti va boshqa untlar, Kolumbiya akademiyasi, Milliy muzey, Milliy arxeologiya va etn. muzeyi, mustamlaka davri sanʼati muzeyi, Oltin muzeyi (indeyslarning qad. oltin buyumlari), Milliy kutubxona, astronomiya rasadxonasi bor.[1]

Bogota - Kolumbiya davlati paytaxti hamda eng katta shahri.

Havolalar[tahrir]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil